Vetinariya 2016. pmd



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/79
Sana18.02.2022
Hajmi1,33 Mb.
#453806
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Bog'liq
veterinariya jarrohligi

 
IV
 
bo‘lim 
 
OFTALMOLOGIYA 
 
1-mavzu. Ko‘z kasalliklari 
Anatomotopografik ma’lumotlar.
Ko‘zlar kallaning ko‘z ko-
salarining orbitalarida joylashgan bo‘lib, ichkari tomonidan konus-
ga o‘xshash fibroz parda – periorbita bilan qoplangan, o‘zining 
tashqi asosiy chekkasi orbitaning qirrasiga, uchi bo‘lsa ko‘zning 
ko‘rish teshigi yoki ko‘z yorig‘i atrofiga birlashgan periorbita ko‘z 
olmasi, ko‘z tomir, nerv va atrof muskullarini hamma tomonlama 
o‘rab olgan. Periorbita qavati ko‘pincha tashqi tomondan ekstro-
orbital yog‘ moddasi bilan qoplangan. Orbita bo‘shlig‘iga kirish 
qovoqlar yordamida chegaralanadi. Ular hisobidan hosil bo‘lgan 
ichki burchak oralig‘ida ko‘z yosh burmasi va uchinchi qovoq 
(kon’yunktiva burmasi va tog‘ay) qo‘shilgan. 
Ko‘z olmasi.
Ko‘z olmasini tortuvchi muskuli bilan birga 
xususiy fassiya o‘raydi va peribulbar (tenonov) bo‘shlig‘ini hosil 
qiladi. 
Qon bilan ta’minlanishi.
Asosan ko‘z yosh arteriyasidan yuqori 
qovoqning tashqi qismi va ko‘z yosh bezi ichki tomoni esa ko‘z osti 
arteriyasi tarmog‘i bilan ta’minlanadi. Bu tarmoqlar birga qo‘shilib 
qovoqning tashqi qirrasida ko‘z arteriya kamonini tashkil qiladi. 
Innervatsiya.
Orbitaning sezish qobiliyatini asosan, yuqori jag‘ 
nerv tarmoqlari: ko‘z yosh, yuqori qovoq va ko‘z yosh tepacha- 
larining g‘altaksimon nervlari ta’minlaydi, pastki qovoqqa esa ko‘z 
osti va yanoq nerv tarmoqlari, qovoq muskullariga esa yuz nervi 
tarmoqlari tarqaladi. 
Kon’yunktivit.
Ko‘zning shilliq pardasi yallig‘lanishi 
kon’-
yunktivit 
deyiladi. Kon’yunktivit hamma turdagi qishloq xo‘jalik 
hayvonlarida uchrab turadi. 


75 
Sabablari.
Bu kasallikning paydo bo‘lishiga mexanik ta’sirlar 
(lat yeyish, yot jismlar kirishi), qovoqlarning qayrilib qolishi, 
parazitlardan telyaziya va boshqalar, kimyoviy moddalar ta’siri 
(ohak changi, molxonalarda ammiak gazi ko‘payishi, o‘tkir ta’sir 
qiladigan surtma, ishqor, kislota va boshqalar), shuningdek, infek- 
sion kasalliklar (itlarning o‘lat kasalligi, otlarning soqov kasalligi, 
kontagioz plevropnevmoniya va boshqalar) sabab bo‘ladi. 
Klinik belgilari.
Kataral kon’yunktivitda hayvon ko‘zidan yosh 
oqadi, yorug‘likka qaray olmaydi, kon’yunktiva shishadi va 
qizaradi. Yiringli kon’yunktivitda–kon’yunktiva nihoyatda shishib 
ketadi, ko‘zning ichki burchagidan yiring chiqib turadi, ba’zan 
qovoqlarning chetlarida va kon’yunktivada eroziya va yarachalar 
paydo bo‘ladi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish