Amaliy mashg‘ulot.
Hayvonlarda tuyoq kasalliklarini tekshirishda birinchi navbatda
hayvonning xulqi va o‘ziga xos bo‘lgan boshqa odatlarini (tishlash,
oldingi oyoq bilan tepish, orqa oyoqlarida tikka turish va
boshqalar)ga e’tibor berish zarur hisoblanadi va bu veterinardan
doimiy ravishda hushyorlikni talab qiladi. Orqa oyoqni fiksatsiya
qilish uchun oldingi oyoqdagi bog‘lamga halqa ilintirib, keyin
undan uzun arqon o‘tkazib bir uchini bo‘yin yoki dum ildiziga
bog‘lanadi, ikkinchi uchini ushlab tortilganda oyoq majburan
yuqori ko‘tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |