Patalogoanatomik o‘zgarishlar. Kasal itlarning jasadini ochganda ularda anemiya, oriqlik, assit rivojlanganligi aniqlandi. Ingichka ichaklarning bo‘shlig‘ida ko‘p miqdorda sestodalar aniqlanadi, ular birlashib o‘rama hosil qiladi, bu esa ichaklarni berkilib qolishiga olib keladi. Ingichka ichaklarni shilliq pardasi qizargan va kataral yallig‘langan bo‘ladi.
Tashxis. Tiriklik vaqtida tashxis qo‘yish uchun kasal itlarning axlatida keng lentetsni tuxumlarini Fyulleborn usuli bilan bir necha marta yuvish usulidan foydalaniladi. Ayrim paytlarda axlatining ustida parazitning bo‘g‘inlari topiladi va unga asosan tashxis qo‘yiladi.
O‘lgandan keyingi tashxis ingichka ichaklarda gelmintlarni topishga asoslanib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |