36
Kombayn bilan bevosita yig’ishda (bir fazali usulda yig’ish) g’alla o’riladi va
yanchiladi. Don tozalanadi va bunkerga yig’iladi, poxol esa dalaga g’aramlab
ketiladi.
Alohida-alohida (ikki fazali) yig’ishda g’alla dumbullik paytida qatorga
uyumlash jatkasi bilan o’riladi va ang’izga yotqiziladi. Uch-to’rt kundan keyin kator
uyumlardagi don pishib yetiladi va ular podborshchiklar bilan jihozlangan
kombaynda ko’tarib olinadi. Qolgan ishlarda kombayn xuddi bevosita yi g’ishdagiga
o’xshash operasiyalarni bajaradi.Ikki fazali usulda yig’ish bir fazali usulda yig’ishga
qaraganda 5..8 kun ilgari boshlanadi va u tezroq tamomlanadi, bu esa don
nabudgarchiligini kamaytiradi. Birinchi navbatda begona o’t bosgan, yotib qolish va
to’kilishga moyil g’alla alohida-alohida usulda yig’ib olinadi: poyalar qalinligi 1 m
2
maydonda 300 tadan, ularning balandligi 600 mm dan kam bo’lmasligi zarur.Qirqish
balandligi 120...250 mm qilib o’rnatiladi.Sernam rayonlarda o’rilgan massa yupqa
qator uyumlarga, quruq rayonlarda qalin ensiz qator uyumlarga yotqiziladi. G’allani
o’rishda don nobudgarchiligi 1%, qator uyumlarni ko’tarib olishda 0,5%, kombayn
molotilkasidagi nobudgarchilik 1,5% dan ortiq bo’lmasligi darkor.Uru g’lik donning
maydalanishi 1%, oziq-ovqatga ishlatiladigan donniki esa 2% dan ortiq bo’lmasligi
zarur.Bunkerdagi donning tozaligi 96% dan kam bo’lmasligi kerak.
Alohida -alohida yi g’ishda donli ekinlarni o’rish uchun donli ekinlarni yi
g’uvchi SK-5 «Niva» va SKD-5 «Sibiryak» kombaynlariga o’rnatiladigan JVN-6A,
JNS-6-12, JShN-6 va JVR-10 qator uyumlash jatkalari hamma MTZ-80 traktori bilan
agregatlanadigan tirkalma JVS-6 qator uyumlash jatkasi ishlatiladi.
O’ziyurar SK-5 «Niva» kombayni donli ekinlarni bevosita va alohida-alohida
usulda yi g’ish uchun mo’ljallangan.Unga quvvati 88 kVt (120 o. k.) bo’lgan SMD-
19 yoki SMD-20 dvigateli o’rnatilgan.Kombaynning o’tkazuvchanligi don massasini
poxol massasiga nisbatan 1,0:1,5 bo’lganda sekundiga 5...6 kg g’alla massasiga tu
g’ri keladi.
Kombayn buyurtmachiga qamrash kengligi 3,2; 4,1; 5,0; 6,0; 7,0 m li jatka
bilan birga yetkazib beriladi. Kombayn ventilyasiya sistemasi bor germetik kabina
bilan taminlangan.Kontrol qilib turish uchun ish organlari signalizasiya qurilmalari
bilan jihozlangan.
O’ziyurar SK-6 «Kolos» kombayni. U sekundiga 6...8 kg g’alla massasini
o’tkaza oladi. Kombayn qamrash kengligi 4,1; 5,0; 6,0; 7,0 m bo’lgan jatkalar bilan
komplektlanadi.SK-6 kombayni va uning modifikasiyalariga quvvati 110 kVt (150 o.
k.) bo’lgan SMD-64 dvigateli o’rnatilgan.
O’ziyurar SKD-6 «Sibiryak» kombayni. Bu kombaynning o’tkaza oluvchanligi
sekundiga 6,3 kg.Kombayn sernam sharoitlarda donli ekinlarni yi g’ish uchun
qo’llaniladi.Unga savagichli ikkita baraban va SMD-20 dvigateli o’rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: