Veterinariya profilaktikasi va davolash ishi fakulteti 2 bosqich 204-guruh talabasi Hasanov Sardorbekning veterinariya virusalogiyasi fanidan taqdimoti Mavzu:Oqsil kasalligi turini KBR yordamida aniqlash REJA: - Oqsil kasalligi
- KBR reaksiyasi haqida ma’lumot
- Oqsil kasallik turini aniqlash.
Oqsil kasalligi yoki Protainopatiyalar oqsim, yashchur — asosan, juft tuyoqli hayvonlarda shiddatli oʻtadigan yuqumli kasallik. Hayvonlarning ogʻiz-burun, tuyoq va yelin terisi epiteliylarida pufakchalar hosil boʻladi. O. odamlarga ham yuqishi mumkin. Kasallangan hayvonlar suti kamayadi, ozib ketadi, bola tashlaydi: 50—70% oʻladi. Oqsil kasalligi Osiyo va Afrika mamlakatlarida koʻp uchraydi.Qoʻzgʻatuvchisi — filtrlanuvchi virus; u 1897-yil Leffler va Frosh tomonidan aniklangan. Hozirgi vaqtda immunologik xossalariga koʻra, 7 xili va koʻpgina variantlari aniqdangan. O. xili — 13, S xili — 5, SAT-1—7, CAT-2 xili — 3, SAT-3 xili —4 va Osiyo -1 xili esa 2 variantda mavjud.
Viruslar tashqi muhit taʼsiriga chidamli, ajralib tushgan teri epiteliylarida 67 kun, axlat va siydikda 39 kun, muzlagan goʻshtda 680 kun, koʻlmak suvda 103 kun oʻz xususiyatini saqlaydi. Sovuq uncha taʼsir qilmaydi, yuqori haroratda tez oʻladi, oʻyuvchi ishqor va formaldegid kuchli taʼsir etadi.Kasallik hayvondan ogʻiz, jarohatlangan teri va shilimshiq pardalar orqali yuqadi hamda 2—3 oylik buzoqlar, qoʻzilar va choʻchqa bolalarida, koʻpincha, ogʻir, epizootik yoki panzootik koʻrinishda oʻtadi.
Komplementni bog’lash reaksiyasi (KBR) ko’plab virus kasalliklariga diagnoz qo’yishda qo’llaniladigan an'anaviy serologik reaksiyalardan biri hisoblanadi. Reaksiyaning nomi alohida ikki bosqichdan iborat bo’lib bajariladigan ishning mohiyatini malum darajada ko’rsatadi. Birinchi bosqichda antigen va antitelo qatnashadi (oldindan shulardan biri malum bo’ladi), hamda oldindan titrlangan malum miqdorda komplement kerak bo’ladi. Antigen va antitelo kompleksining mos kelishi tufayli komplementni biriktirib oladi, buni esa, ikkinchi bosqichda indikator vazifasini o’tovchi (qo’chqor eritrotsitlarining aralashmasi va ularga antizardob-gemolizin) namoyon qiladi.
Oqsil kasalligini turini aniqlash laboratoriyada bajariladi.Oqsil kasalligiga diagnoz epizootologik ma'lumotlarga faqat juft tuyoqlilarni zararlanishi va yuqori kontagiozligi, klinik belgilariga (og’izning shilliq pardalarida, oyoqning terisida va yelinda vezikulyar jarohatlar), patologoanatomik o’zgarishlar (ichakning va yurak muskullarining jarohatlanishi, yosh hayvonlarning o’lishi) laboratoriya tekshiruvlarining natijalariga asoslanib qo’yiladi.Namuna olish: Laboratoriya tekshiruvlari uchun 2-3 kasal hayvon aftasining devori va tarkibidan, tilning shilliq pardasidan (yirik shoxli hayvondan, cho’chqaning tumshuq gardishidan, teri gultojidan va tuyoq oralaridan, Y.sh.h, m.sh.h, cho’chqa va tuyaning) kamida 5 g olinadi.
Afta bo’lmagan holda hayvonning harorati ko’tarilgan paytda qon, barcha turdagi mayda hayvonlar murdasidan - boshning limfa tugunlari, oshqozon osti bezi yoki yurak muskuli olinadi. Virus tashuvchilikka tekshirish uchun maxsus zond yordamida qizilo’ngach-tamoq shilimshig’i olinadi. Nosog’lcm xo’jalikdan olingan materialdagi virusning tashqi muhitga tarqalib ketmasligi va yuqumli material bilan ishlovchi xodimlarni himoyalash zarur.Buning uchun: a)xo’jalikdagi veterinariya xodimi kasal hayvondan material olish bo’yicha yetarlicha mahoratga ega bo’lishi kerak; b)materialni olish uchun - pinsetlar, qaychilar, salfetkalar, qalin devorli flokonlar, leykoplastr, rezina tiqin, izotonik natriy xlor eritmasidagi 50% glitserinning steril aralashmasi, sovutuvchi aralashmasi bor termos, 2% - NaOH yoki 1% uksus yoki sut kislotasining eritmasi, maxsus kiyimlardan -xalatlar, kombinzonlar, kosinka yoki chepchik, rezina etik, qo’lqoplar va boshqalar bo’lishi kerak.
Barcha zarur bo’lgan narsalar konteynerga joylanib nosog’lom xo’jalikga borilgach, kasal hayvonlar turgan xonaga kirish oldidan kiyiladi;c) kasal hayvondan materialni olib bo’lgach instrumentlar, yuzyopqich, qo’lqoplar dezinfeksiyalovchi eritmaga botiriladi, flakon va termosning tashqi qismiga dezinfeksiyalovchi eritma bilan ishlov beriladi.Odam va narsalarni sanitariya ko’rigidan o’tkazadigan (sanpropusknik) joyda, barcha kiyimlar yechilib, dushga tushiladi. Oqsil virusi odamning burun bo’shlig’ida 7 kungacha yashaydi. Demak, nosog’lom xo’jalikka borgandan so’ng 7 kungacha sog’lom juft tuyoqli hayvonlar bilan iloji boricha kontaktda bo’lmaslik kerak. Buzilish belgisi bo’lmagan material namunasi tiqini burab yopiladigan yoki zich yopiladigan flakonlarga joylashtirilgach muzlatiladi, muzlatish uchun sharoit bo’lmasa konservatsiyalovchi eritma quyiladi (NaCl izotonik eritmasidagi 50% steril glitserin eritmasi) . Flakonga yorliq yopishtirilib unda hayvonning turi, materialning nomi, uning miqdori, olingan vaqti va yuboruvchining manzilgohi ko’rsatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |