Mikroblarga yorug‟likning ta‟siri
. Yorug‘likning bakterisid ta‘siri uning to‘lqin
uzunligiga bog‘liq, u qancha qisqa bo‘lsa shuncha kuchli ta‘sir qiladi. Tug‘ri tushgan
quyosh nurlari ta‘sirida ko‘pgina patogen mikroblar o‘ladi (tuberkulyoz qo‘zg‘atuvchisi
3 – 5, oqsil virusi 2 soat davomida).
Mikroblarga rentgen nurlarining ta‟siri
. 1898 yilda ular ta‘sirida ichak
tayoqchasi tillarang stafilokokk, vabo vibirioni va boshqa mikroblarni o‘ldirishga
muvoffaq bo‘lgandan beri ma‘lum. Nurlanishga yosh hujayralar ayniqsa bo‘linish va
rivojlanish davrida ko‘proq ta‘sirchandir. Nurlanishning bakterisid ta‘siridan
amalda ko‘p foydaniladi. Bakterisid, kvars lampalarining ul‘trabinafsha nurlari ta‘sirida
boks, operasiya xonalari havosini sterillash uchun qo‘llaniladi (2-3 soat yoqiladi).
Hozirgi vaqtda ionli radiasiya ta‘sir ettirilgan har xil radio vaksinalar ishlatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |