Kultural xususiyatlari . pH 7,8-8,0 suyuq va zich maxsus oziqa muhitlarda ( 8%
zardob qo‘shilgan Marten buloni va agari) o‘sadi.
M. mycoides – aerob, optimal o‘sish
harorati 37
0
S. Suyuq muhitda 2-3 kundan keyin yengil loyqalanish paydo qiladi.
zardobli agarda- shilimshiq qoplama shaklida o‘sadi. Tovuq homilasida ham o‘sadi.
Biokimyoviy xususiyatlari . Jelatinani eritmaydi, indol hosil qilmaydi, glyukoza,
mannit, kraxmal, glikogenlarni parchalaydi. Kultura filtrati ot eritrositlarini lizisga
uchratadi.
Biosinov gumonli hollarda qo‘yiladi. Bu maqsadda buzoqlar terisi ostiga
zararlanadi. Laboratoriya hayvonlari kasallikka moyil emas. Ijobiy natijada buzoqlar 2-
92
7 kunlari kasallanadi. Tana harorati 40-41
0
C, zararlangan joyda flegmona paydo
bo‘ladi, regionar limfa tugunlarga o‘tib, organizmning umumiy intoksikasiyasi
rivojlanadi. 17 kundan keyin buzoq o‘ladi.