Materialni tekshirishga tayyorlash.
1. Keltirilgan patologik material bir vaqtda
botulizm toksinlari va qo‘zg‘atuvchisiga tekshiriladi; qon esa faqat botulizm toksinlariga
tekshiriladi.
2. Oziqa namunasi, oshqozon massasi, jigar bo‘lakchalari 25-30 g miqdorda steril
havonchada steril qum bilan yaxshilab eziladi va teng miqdorda yoki ikki barobar ko‘p
hajmda fiziologik eritma quyib aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan bir xil gamogen massa 2 soat
uy haroratida ekstraksiya bo‘lishi uchun turadi. Uchdan ikki qismi toksinni ajratish
uchun, bir qismi esa - qo‘zg‘atuvchini ajratish uchun ishlatiladi.
3. Kasal hayvonning qoni suyultirilmasdan tekshiriladi. Botulizm toksini qonda tez
buziladi, shuning uchun uni joyida (xo‘jalikda) tekshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |