Mikroblarga past haroratning ta‟siri.
Past haroratlar odatda mikroblarni
o‘ldirmaydi, balki ularning rivojlanishi va ko‘payishini to‘xtatadi. Mikroorganizmlar
anabioz holatda 12 ming yilgacha saqlanishi mumkin.
Mikroblarga quritish va vakuum ta‟siri.
Quritish natijasida mikrob
hujayrasidagi namlik yo‘qoladi, mikrobning hayot faoliyati pasayib anabioz holatga
o‘tadi. Bunday holatda ayniqsa vakuumda, mikrob hujayralari 10 yillab saqlanadi.
Patogen streptokokklar 25 yil , tuberkulyoz qo‘zgatuvchisi 17 yilgacha hayotchan ligi
saqlanib qolgan. Past haroratda vakuumda tezlik bilan quritish (sublimasiya usuli ) tirik
vaksinalar (tuberkuleyoz, brusellyoz, grip), vitaminlar, fermentlar va boshqa biologik
preparatlar tayyorlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |