Biokimyoviy xususiyatlari.
Leptospiralarning diagnostikasida rol o‗ynamaydi,
farqlashda ishlatilmaydi.
Chidamliligi.
Leptospiralar qurish, qizdirish, pH ning past ko‗rsatkichlariga,
dezinfeksiyalovchi moddalarga sezuvchan.
Suv havzalarida 30 kungacha, nam va
ishqorli tuproqlarda -280 kungacha, oziq muhitlarida 1-2 sutka saqlanadi.
O‗txo‗rlar
siydigida 49 soat, go‗shtxo‗rlar siydigida 4 soat saqlanadi. Yangi sutda 8 - 24 soat,
qaynatilgan, pasterizasiya qilingan sutlarda 24 - 48 soat yashaydi. Buzoq, qo‗zi,
cho‗chqa, quyon go‗shtida - 10
0
C da ( pH 6,2) 10 kun davomida saqlanadi.
56
0
C gacha
qizdirilganda 25-30 daqiqada o‗ladi.
Quriganda, qaynatganda va dezinfeksiyalovchi
moddalar odatdagi konsentrasiyada ta‘sir ettirilganda leptospiralar shu zahoti o‗ladi.
Leptospiralarni oziq muhitda -30 , -70
0
C da muzlatilganda 2,5 yil saqlanadi va
virulentligi 238 kun saqlanib qoladi. Leptospiralar osh tuzi eritmasiga juda ham sezgir -
uning 2,8%li eritmasi ularni 3-5 sutkada o‗ldiradi.
Patogenligi.
Leptospiralarning patogenlik doirasi juda keng. Qishloq xo‗jalik
hayvonlari va odamlar jalb etilmagan tabiiy o‗choqlarda qumsichqonlar, og‗maxonlar,
kalamushlar, hasharotxo‗rlar, juft tuyoqlilar kasallanadi. Tabiiy o‗choq-qo‗zg‗atuvchi
yashaydigan va har xil yo‗llar bilan organizmga o‗tadigan hudud. O‗choqlarda
kemiruvchilarning alohida turlarida leptospiralar topilib, 60% gacha populyatsiyasini
zararlaydi. Barcha turdagi qishloq xo‗jalik hayvonlari, uy hayvonlari va odamlar
kasallanadi.
Laboratoriya hayvonlari moyilligi bo‗yicha quyidagicha joylashadi: tillarang
og‗maxonlar, dengiz cho‗chqalar, quyon bolalari (sut emadigan yoshlari).
Infeksiya qo‗zg‗atuvchisi shtammining virulentligi kasallikning og‗ir kechishini
ifodalovchi faktordir.
Yangi ajratilgan leptospira shtammlarining virulentligi serotiplararo juda
o‗zgaruvchandir. Oziq muhitlarda o‗stirilganda ular nisbatan tezroq virulentligini
yo‗qotadi. Moyil hayvonlarga yuqtirib uning virulentligini kuchaytirish va uzoq vaqt
saqlash mumkin.
Leptospira kulturalarida gemolizin topilgan, uning aktivligi kavsh qaytaruvchilar,
ayniqsa qo‗y eritrositlariga nisbatan yaxshi namoyon bo‗ladi. Gemlizin 56
0
C da 10
daqiqada parchalanadi, quritilgan holda esa - 4 oy saqlanadi. 7,4-8,0 pHda, 37
0
C da
aktivligini ko‗proq namoyon qiladi. Organizmga gemolizin yuborilganda antitelo hosil
qilmaydi, lekin immun zardob qo‗shilganda u neytrallanadi, ya‘ni gaptenga o‗xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |