Marvaridgul o’ti
- tarkibida uch xil glikozid (digitalin, gitamin,
digitamin) saqlaydi. Yurak muskullariga ta’sir etib tormozlovchi
markazlarni qo’zg’atadi va yurak ritmini sekinlashtiradi. Buning
ta’sirida yurakning sistolik qisqarishlari kuchayadi, diastolik
bo’shashishi va pauza uzayadi. Natijada qonning sistolik hajmi oshadi.
Marvaridgulning nastoykasidan katta hayvonlaga 10-20 ml ichirish yoki
3-5 ml 1:3-1:4 nisbatlarda fiziologik eritma bilan suyultirilgan xolda
vena qon tomiriga yuborish mumkin. Marvaridgul o’tining bargi yoki
undan tayyorlangan poroshokdan katta hayvonlarga 3-5 gramm, bolyus
holida berish mumkin.
Strofantin
preparatining ta’siri ham marvaridgul preparatlari
ta’siriga o’xshaydi, lekin tez va kuchliroq ta’sir ko’rsatadi.
Strofantin nastoykasidan katta hayvonlarga 10-15 ml ichirish yoki
1-2 ml 1:4-1:5 nisbatlarda suv bilan suyultirilgan xolda vena orqali
yuborish mumkin. Itlarga 0,1-0,3 ml vena orqali yuborish yoki 10-20
tomchi ichirish mumkin.
45
Tog’ guli preparatlarining (Cherbae adonidis vernalis) ta’siri
marvaridgul preparatlarining ta’siriga o’xshash bo’ladi. Undan
tayyorlangan nastoykadan katta hayvonlarga 20-40 ml, mayda
hayvonlarga 1-10 ml ichiriladi. Bargidan katta hayvonlarga 5-7 g,
yemga qo’shib yediriladi. Itlarga nastoyka holida 1-2 ml yoki 20-40
tomchi ichiriladi.
Angishvonagul o’ti (herbae canvollariae majalis) tarkibida
konvallatoksin va konvallyazid glikozidlarini saqlaydi va quyidagi
miqdorda ishlatiladi: nastoykasidan otlarga 10-25, cho’chqalarga 1-5 ml,
bargi yoki o’simlikning poyasidan shunga mos ravishda 5-15, 5-20, 2-8,
1-5 g ichiriladi.
Yurak glikozidlari asosan istisqo, og’ir yuqumli kasalliklar va
shuningdek, travmatik perekarditni differensial diagnostika qilishda
ham ishlatiladi.
Yurakni tinchlantiruvchi dorilarga valerian preparatlari, azot
kislotasi efirlari va nitritlar kiradi.
Valerian ekstrakti va nastoykasidan itlarga 20-30 tomchidan kuniga
2-3 marta,cho’chqalarga 5-10 ml ichiriladi. Bu preparatlar yurakdagi
funksional yetishmovchiliklar, tutqanoq va asab tizimi kasalliklarini
davolashda ko’p ishlatiladi.
Azot kislotasi efirlaridan nitroglesirinning 1% li eritmasi otlarga
0,3-0,5 ml, itlarga 1-2 tomchi og’iz orqali ichiriladi. Buning ta’sirida
qon tomirlar markazi tonusi pasayadi, bosh miya va yurak tomirlari
kengayadi. Qon bosimi deyarli o’zgarmaydi.
Nitritlardan eng ko’p ishlatiladiganlari amilnitrit va natriy nitrit
xisoblanib, amilnitrit ingalyasiya orqali, natriy nitrat esa otlarga 1-2 g,
itlarga - 0,1 g og’iz orqali ichiriladi.
Kasal hayvonni qabo’l qilishda - yurak-qon tomirlar kasalliklariga
gumon qilingan hayvon (sigir yoki ot) darsga olinib, anamnez
ma’lumotlari yig’iladi, keyin talabalar 3-4 tadan kichik guruhlarga
bo’linadi va to’liq klinik - labarator tekshirishlar o’tkazishadi.
Tekshirish natijalari o’qituvchi ishtirokida tahlil qilinib, diagnoz
aniqlangach, talabalar mustaqil ravishda davolash sxemasini tuzishadi
ishlatilgan dorilarga reseptlar yozishadilar.
1. Sigirga
Rp.: Sol. Adrenalini hydrochloridi 0,1% - 10,0
d.S. Teri ostiga bir marta yuborish uchun.
46
2. Otga
Rp.: Pulv. fol. Digitalis 2,0
Fructuum juniperi pulv.25,0
M.f. pulvis
D.t.d. N8
S. Og’iz orqali.1 o’ramdan kuniga ikki marta, 4 kun davomida.
3. Sigirga
Rp.: T-re Valerianae 100,0
D.S. Og’iz orqali. 15 ml.dan suv bilan kuniga 2 marta.
4.Otga
Rp.: Sol. Camphorae oieosae 20 %-10.0
D. t. d. N 6 in ampulis
S. Teri ostiga. Ertalab va kechkurun 3 ampuladan yuboriladi.
5.Otga
Rp.: Sordiamini 2,0
D.t.d. N 50 in ampullis
S. Teri ostiga. 5 kun davomida ikki martadan 5 ampuladan
Yuborish uchun.
9-mashg’ulot.
Do'stlaringiz bilan baham: |