«veterinariya» ixtisosligi bo’yicha oliy o’quv yurtlari uchun qo’llanma



Download 2,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/175
Sana06.04.2022
Hajmi2,54 Mb.
#532187
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   175
Bog'liq
ichki yuqumsiz kasalliklar

Kasallik tarixi varaqasi
kasal hayvonlarni stasionar sharoitda 
davolagan paytlarda asosiy klinik xujjat hisoblanadi. Varaqa kasal 
hayvonda o’tkaziladigan klinik tekshirishlar va kuzatishlarni hisobga 
olib boradigan boshlang’ich hujjat hisoblanadi. Varaqa kasallikning 
kechishi, kasal hayvoning ahvoli va uni davolash haqidagi 
ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi. Kasallik tarixi varaqasidagi barcha 
yozuvlar qisqa va aniq yozilgan bo’lib, kasallikning kechishini to’liq 
yoritib borishi kerak. 
Varaqaning jildiga veterinariya tashkilotining nomi va manzilgohi, 
varaqaning tartib raqami yoziladi. Bu raqam kasal hayvonlarni qayd 
etish jurnalidan olinadi. 
Varaqa quyidagi qismlardan iborat: 1. Qayd etish grafasida kasal 
hayvonning individual ma’lumotlari, hayvon egasining manzili va kasal 
hayvonning klinikaga keltirilgan va undan chiqarilgan vaqti qayd etiladi. 
2.
Anamnez - grafasida kasal hayvonning hayoti (a.vitae) va 
kasalligi (a.morbi) to’g’risidagi anamnez ma’lumotlar qayd etiladi. Bu 
ma’lumotlar kasallik diagnozini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga 
ega.
3. Umumiy tekshirishlar - grafasiga kasal hayvonning gabitusi, tana 
harorati, teri va teri qoplamasi, shilliq pardalar va limfa tugunlarini 
tekshirish natijalari batafsil yoziladi. 
4. Tizimlar bo’yicha tekshirishlar - grafasida har bir tizim a’zolarini 
osmotr, palpasiya, perkussiya, auskultasiya usullari yordamida birma-
bir tekshirish natijalari qayd etiladi. 
Yurak-qon tomir tizimini tekshirishda yurak sohasidagi o’zgarishlar, 
yurak urishi kuchi va soni, yurak tonlari, yurakning ish ritmi va undagi 
patologik shovqinlar, pulsning to’lishi va yurak harakati bilan mos 
kelishi va qon bosimi aniqlanadi. 
Nafas a’zolarini tekshirishda nafas soni, nafas tipi, nafas 
harakatlarining simmetriyasi, burun shilliq pardasining holati va undagi 
oqmaning xarakteri aniqlanadi. Ko’krak qafasi auskultasiya va 
perkussiya qilinadi. 
Hazm tizimini tekshirishda ishtaha, oziqani chaynash va yutish, 
kavsh, katta qorin devorining harakati, ichak perstaltikasi, qatqorin, 
shirdon va to’rqorining holati aniqlanadi. 
Ayirish tizimini tekshirishda siydik ajratish pozasi, bir martadagi 
siydik miqdori, siydik ajratish soni, siydikning fizik va kimyoviy 
xususiyatlari aniqlanadi. 


15 
Asab tizimini tekshirishda og’riq va taktil sezuvchanligi, og’iz, 
quloq, lab va ko’zlarning ta’sirot paytidagi holati, harakat 
muvozanatining boshqarilishi, falaj va yarim falajlar, markaziy asab 
tizimining qo’zg’alganligi yoki tormoz holati aniqlanadi. 
5. Kasallikni o’ziga o’xshash boshqa kasalliklardan farqlash 
maqsadida serologik, allergik reaksiyalar kabi maxsus tekshirishlar 
o’tkazilishi mumkin.
6. Laboratoriya tekshirishlari. Qon, siydik, sut yoki oshqozon, katta 
qorin shirasi maxsus usullar yordamida kerakli ko’rsatkichlarga 
tekshiriladi. 
7. Barcha tekshirishlar ma’lumotlari asosida diagnoz ma’lum 
bo’lgach, kasal hayvon har kuni ertalab va kechqurun klinik tekshirish-
lardan o’tkazilib turiladi va davolab boriladi. Natijalari kasallikning
kechishi va uni davolash grafasiga yozib boriladi . 
8. Harorat grafasiga klinik tekshirishlar natijasida olingan kunlik 
raqamli ma’lumotlar grafik holida tasvirlab boriladi. 
9. Epikriz - kasallik tarixi varaqasidagi eng asosiy bandlardan
hisoblanadi va kasal hayvon haqidagi vrachning umumlashtirilgan 
xulosasini o’zida aks ettiradi. Epikriz grafasini to’ldirishda quyidagilar 
yoritilishi kerak: 
-kasallik ta’rifi va kasallik sabablari; 
-kasallikning rivojlanish mexanizmi; 
-klinik belgilari (simptomatika, sindromatika, semiotika); 
-diagnoz va differensial diagnozi; 
-davolash, davolashda ishlatiligan dorilarning ta’sir mexanizmlari,
dozalari, kasallik oqibati; 
-profilaktika tadbirlari bo’yicha tavsiyalar. 
3-mashg’ulot. 

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish