20-Mavzu. Burushtiruvchi va shimib oluvchi moddalarni o‘zaro ta’sir xususiyatlari. ALMAGEL
Almagel – yumshoq va davomli antatsid ta’sirga ega bo‘lgan dori vositasidir. Preparatning ta’siri faol moddalarining antatsid, adsorbsiyalovchi, qoplovchi hususiyatlari bilan bog‘liq.
Almagel me’dada xlorid kislotasi va pepsinning yuqori sekresiyasini tez neytrallaydi, me’da va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatining himoya mexanizmlariga ijobiy ta’siri tufayli, sog‘ayish jarayoniga yordam beradi.
Almagel preparatida saqlanuvchi aluminiy ionlari quyi ezofageal sfinkterining tonusini oshiradi, pepsin, o‘t kislotalari va lizolesitinni adsorbsiyalaydi. Shu bilan uning refluks patologiyasini oldini olish va davolashdagi samaradorligi tushuntiriladi.
Me’da shirasining oshgan yoki me’yoriy kislotaligi va ichakda ko‘p gaz hosil bo‘lishi bilan birga kechuvchi ovqat-hazm qilish yo‘llarining kasalliklari.
Preparatni quyidagilarda mustaqil yoki majmuada qo‘llash mumkin:
Gastrit,
me’da va o‘nikki barmoq ichakning eroziyalari;
me’da va o‘nikki barmoq ichak yarasi;
Nojo‘ya ta’sirlari. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsientlarda aluminiy va/yoki magniy intoksikatsiyasi rivojlanishi mumkin. Kam hollarda diareya bo‘lishi mumkin. Allergik reaksiyalarning ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin.
Magniy va aluminiyga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Buyrak yetishmovchiligining og‘ir shakli (buyraklardan chiqarilishini kamayishi oqibatidagi qon zardobida magniy va aluminiyning konsentratsiyasini oshish xavfi).
Boshqa dori vositalar bilan o‘zaro ta’siri Almagel kaptoprilning plazmadagi yuqori konsentratsiyasini va uning nisbiy kirishaolishligini kamaytiradi.
Preparat tetrasiklin antibiotiklarini, N2-blokatorlar va temirni so‘rilishini kamaytiradi. Ularni 1-2 soatlik interval bilan qo‘llash tavsiya qilinadi.
Almagel, shuningdek ketokonazolning plazmadagi konsentratsiyasini ham kamaytiradi.
Almagelni xinolonlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni digoksin va proponolni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki keyin qo‘llash kerak, Almagel ularning biokirishaolishligini kamaytiradi. Dori vositasi ayniqsa buyraklarning faoliyatini buzilishi bo‘lganlarda xinidinning chiqarilishini, xinidinning zaxarliligini belgilari bilan buzishi mumkin. Antatsid va salitsitlatlarni bir vaqtda qabul qilish salitsilatlarning zardobdagi darajasini ahamiyatli kamayishga olib keladi.
Levotiroksin va Almagelni majmuaviy qabul qilishda gormonal ta’sirning kamayishi mumkin.
Pirenzepin preparatning ta’sirini kuchaytiradi va uzaytiradi.