Mavzu : Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, aylana va chiziqlari. Quyoshning yillik ko’rinma harakati. Ekliptika
Osmon sferasi deb, radiusi ixtiyoriy qilib olingan va markazi kuzatuvchining ko’zi turgan nuqtada yotgan shunday sferaga aytiladiki, bu sferada ma’lum vaqtda yulduzlar, osmonda qanday ko’rinse, shundayligicha proyeksiyalanadi. - Osmon sferasi deb, radiusi ixtiyoriy qilib olingan va markazi kuzatuvchining ko’zi turgan nuqtada yotgan shunday sferaga aytiladiki, bu sferada ma’lum vaqtda yulduzlar, osmonda qanday ko’rinse, shundayligicha proyeksiyalanadi.
- Osmon sferasining markazida turgan kuzatuvchidan o’tkazilgan vertikal yo’nalishining osmon sferasi bilan kesishgan ikki nuqtasidan biri (kuztuvchining bosh tomoni yo’nalishdagisi) zenith (Z) unga diametral qarama- qarshi yotgan ikkinchisi esa nadir (Z’) deb yuritiladi.
- Sferaning bu nutalarini tutashtiruvchi to’g’ri chiziq vertikal chiziq deb yuritiladi.
- Osmon sfersi, uning markazidan vertikal chiziqqa perpendicular qilib o’tkazilgan tekislik bilan kesishishidan hosil bo’lgan katta aylana – matematik gorizont deb yuritiladi.
Sferaning vertikal o’q orqali o’tuvchi tekisliklar bilan kesishishidan hosil bo’lgan katta aylanalari esa vertikal aylanalar deyiladi. - Sferaning vertikal o’q orqali o’tuvchi tekisliklar bilan kesishishidan hosil bo’lgan katta aylanalari esa vertikal aylanalar deyiladi.
- Yer o’qi davomlarining osmon sferasi bilan kesishgan nuqtalari olam qutblari deyiladi. Yer shimoliy qutbi davomining osmon sferasi bilan kesishgan nuqtasi olamning shimoliy qutbi P, janubiy qutbi davomining sfera bilan kesishgan nuqtasi esa olamning janubiy qutbi P’ deyiladi.
- Osmon sferasi markazidan o’tib, uni olam o’qiga tik tekislik bilan kesishishidan hosil bo’lgan katta aylana osmon ekvatori deyiladi.
Olam qutblarini tutashtiruvchi o’qni olam o’qi deb yuritiladi. - Olam qutblarini tutashtiruvchi o’qni olam o’qi deb yuritiladi.
- Osmon ekvatori tekisligiga parallel tekisliklar bilan sferani kesishishidan hosil bo’lgan aylanalar sutkalik parallelar deyiladi.
- Olam o’qi orqali o’tuvchi tekisliklar bilan osmon sferasini kesishishidan hosi bo’lgan katta aylanalar esa og’ish aylanalari deb ataladi.
- Osmon sferasining asosiy chiziqlari va aylanalari proyeksiyalangan tekislikda yotib, olam qutblari, zenith va nadir nuqtalaridn o’tuvchi katta aylana osmon meridiani deyiladi.
Quyosh bir yilda osmon sferasining zodiak yulduz turkumlari orqali Yer atrofida bir marta to’liq aylanib chiqadi. Quyoshning ko’rinma bu yo’li katta aylana bo’lib, ekliptika deb ataladi. Yil davomida, sistemli ravishda, tush paytida, Quyoshning zenitdan uzoqligini ma’lum bir joydan turib o’lchash, uning osmon ekvatoridan og’ishi +23 26 gradusdan -23 26 gradusgacha o’zgaradi. Bundan ekliptika tekisligining osmon ekvatoriga og’maligi €=23 26 gradusga teng ekanligi ma’lum bo’ladi. - Quyosh bir yilda osmon sferasining zodiak yulduz turkumlari orqali Yer atrofida bir marta to’liq aylanib chiqadi. Quyoshning ko’rinma bu yo’li katta aylana bo’lib, ekliptika deb ataladi. Yil davomida, sistemli ravishda, tush paytida, Quyoshning zenitdan uzoqligini ma’lum bir joydan turib o’lchash, uning osmon ekvatoridan og’ishi +23 26 gradusdan -23 26 gradusgacha o’zgaradi. Bundan ekliptika tekisligining osmon ekvatoriga og’maligi €=23 26 gradusga teng ekanligi ma’lum bo’ladi.
- Ekliptikaning harakterli to’rtta asosiy nuqtasi bo’lib, bulardan ikkitasi uning osmon ekvatori bilan kesishgan nuqtalarini, qolgan ikkitasi esa osmon ekvatoridan eng katta og’ishga ega bo’lgan nuqtalarini harakterlaydi. Uning ekvator bilan kesishgan nuqtalaridan biri (Quyosh osmonining janubiy yarimsharidan shimoliy yarim shariga kesib o’tayotganda hosil bo’lgani ) bahorgi tengkunlik nuqtasi gamma deyilib, quyosh unda 21 mart kuni bo’ladi.
- Ikkinchisi esa kuzgi tengkunlik nuqtasi deyilib, 23- sentabr kuni bo’ladi. Ekliptikaning osmonnig shimoliy yarim sharida, eng katta og’ishiga (23 26 gradus) ega bo’lgan nuqtasi yozgi quyoshturishi deyilib, bu nuqtada quyosh 33 iyunda bo’ladi. Janubiy yarimsharda ekliptikaning eng katta og’ishiga (-23 26 gradus) ega bo’lgan nuqtasi esa, qishki quyosh turishi nuqtasi deyilib, unda quyosh har doim 22 – dekabrda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |