Savol va topshiriqlar
1. Modal so‘zlar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
2. Modal so‘zlarning ma’no turlarini ayting va misollar keltiring.
280-mashq.
Uyga vazifa. «Mustaqillik – millat ravnaqi» mavzusida
matn tuzing. Modal so‘zlardan ham foydalaning.
SOF VA VAZIFADOSH MODAL SO‘ZLAR
1-topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qanday ma’no
ifodalayotganini aniqlang.
1. Shubhasiz, biz g‘olib chiqamiz – Bizning g‘olib chiqishimiz
shubhasiz. 2. Aftidan, u yolg‘on gapiryapti – Uning yolg‘on
gapirayotgani aftidan bilinib turibdi. 3. Balki, siz haqdirsiz – Siz
emas, balki u haqdir.
?
133
Modal so‘zlar ham sof modal so‘zlar va vazifadosh
modal so‘zlarga bo‘linadi.
Faqat modal ma’no uchun xoslangan so‘zlar sof
Do'stlaringiz bilan baham: |