Yuklamalarni topib, ma’nosiga ko‘ra turlarini aniqlang.
Inson va tabiatning birligi bo‘yicha fikr bildiring.
1. Ayt-chi, go‘zal Sanobar, Qayer sening makoning? (Qo‘-
shiq) 2. Faqat ojiz qalamim manim, O‘zbekiston – Vatanim
manim. (A. Oripov) 3. Ona zaminda o‘sadigan mevali, manzarali
dov-daraxtlar, o‘simliklar hayot uchun, inson salomatligi uchun
naqadar zarur. Ularning shifobaxshligi-chi? (I. To‘xtasinov)
4. Qarshiligi ko‘rinib turibdi-ku! Bu qarshilik emasmi? (Abdulla
Qahhor) 5. Nahotki, sezmasangiz? Axir, bir oydirki, yurak-
bag‘rim yonadi. (Said Ahmad)
Savol va topshiriqlar
1. Qanday so‘zlar turkumi yuklama deyiladi?
2. Yuklamalar qanday ma’no turlariga ega?
3. Ularni qatnashtirib gaplar yozing.
228-mashq.
Uyga vazifa. «Mustaqillik va Navro‘z» mavzusida matn
tuzing. Matningizda yuklamalardan ham foydalaning.
Do'stlaringiz bilan baham: |