JO‘NALISH KELISHIGI SHAKLI
1-topshiriq. Gaplardagi nuqtalar o‘rniga mos kelishik qo‘shim-
chalarini qo‘ying.
1. U o‘qish niyatida shahar... yo‘l oldi. 2. Adolat sekin atrof...
razm soldi.
2-topshiriq. Jo‘nalish kelishigidagi so‘zning qanday so‘roqqa javob
bo‘lishi va qanday gap bo‘lagi vazifasini bajarishini aniqlang.
Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rin-joy otlariga
qo‘shilib, qayerga? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda o‘rin
holi vazifasida keladi.
Payt otlariga qo‘shilib, qachon? so‘rog‘iga javob bo‘-
ladi va gapda payt holi vazifasini bajaradi.
Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimga?, nimaga?
so‘rog‘iga javob bo‘ladi va gapda to‘ldiruvchi vazifasida
qo‘llanadi.
135-mashq.
Berilgan so‘zlardagi jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasining
talaffuzi va imlosiga e’tibor bering.
Terakka, chopiqqa, Chirchiqqa, bog‘ga, tog‘ga, yurakka.
Do'stlaringiz bilan baham: |