Ismlarning ko‘plik, kichraytirish-erkalash, qiyoslash,
belgining darajasi kabi ma’nolarini bildiruvchi qo‘shim-
chalarga ega bo‘lgan shakli lug‘aviy shakl sanaladi.
Egalik, kelishik, -man, -miz, -san, -siz, -dir qo‘-
shimchalariga ega bo‘lgan shakli esa munosabat shakl-
lari hisoblanadi.
Ism asoslariga qo‘shilib, ularni boshqa so‘zlarga
bog‘lab kelish va gap bo‘laklarini shakllantirishga xizmat
qilgani uchun egalik, kelishik, -man, -miz, -san, -siz,
-dir qo‘shimchalari munosabat shakllari deyiladi.
Demak, ismlarning munosabat shakllariga quyidagilar
kiradi:
1) egalik shakllari; 2) kelishik shakllari; 3) ismlar-
ni kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan munosa-
batini ifodalovchi -man, -miz, -san, -siz, -dir qo‘shim-
chalari, bo‘lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq so‘zlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |