63-mashq.
Quyidagi savollarga yozma javob yozing. So‘roq olmosh-
larining ishlatilishiga e’tibor bering.
1. To‘g‘riso‘zlik, poklik va muloyimlik deganda nimani tu-
shunasiz? 2. Qanday fazilatlar insonga ziynat bag‘ishlaydi?
3. Yoshlar qanday xislatlarga ega bo‘lmog‘i kerak? 4. Siz hayotda
qanday kishilarga ergashasiz? 5. Mehnatsevarlik, rostgo‘ylik,
samimiylikning nima ekanini bilasizmi? 6. Bunyodkorlik, yara-
tuvchanlikning ma’nosi nima? 7. Sizning hayotingizda qaysi
kitoblar chuqur iz qoldirgan? 8. Siz istiqomat qilayotgan joyda
qanday binolar qurib bitkazildi?
♦
♦
♦
♦
♦
Do'stlaringiz bilan baham: |