SO‘ROQ OLMOSHLARI
1-topshiriq. So‘roqni bildiruvchi so‘zlar o‘rniga qavsda berilgan
so‘zlardan birini qo‘ying.
1. Kim shaxmat to‘garagiga qatnashadi? (Vali, men, o‘rtog‘im,
sinfimiz) 2. Dunyoda nima kuchli? (shamol, aql, uyqu) 3. Sinfingizda
nechta o‘quvchi bor? (yigirmata, o‘ttizta) 4. Siz nechanchi sinfda
o‘qiysiz? (yettinchi)
2-topshiriq. So‘roqni bildiruvchi so‘zlar ishtirok etgan gaplar qanday
gap, so‘roq o‘rniga uning javobi ishtirok etgan gaplar qanday gap
ekanini ayting.
3-topshiriq. Quyidagi so‘roqlarning nimalarni aniqlash uchun
berilishini ayting.
Kim?, nima?, qachon?, qayer?, qaysi?, qanday?, nega?, qancha?
Shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab,
maqsad, o‘rin, payt haqida so‘roqni bildiruvchi olmoshlar
so‘roq olmoshlari sanaladi.
61-mashq.
Quyidagi jadvalni tegishli so‘roq olmoshlari bilan to‘l-
Do'stlaringiz bilan baham: |