!
YORDAMCHI SO‘Z TURKUMLARI
YORDAMCHI SO‘ZLAR
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini gapirib bering.
SO‘Z TURKUMLARI
So‘zlar ma’lum so‘roqqa javob bo‘lishi yoki bo‘lmasligi, atash
ma’nosining mavjudligi yoki mavjud emasligiga, gapda ma’-
lum gap bo‘lagi vazifasida kelish-kelmasligiga ko‘ra mustaqil
va yordamchi so‘zlarga bo‘linadi.
Fe’l, ot, sifat, son, ravish, olmoshlar ma’lum bir so‘roqqa
javob bo‘ladi. Ularning barchasi, olmoshlardan tashqari, atash
ma’nosiga ega. Ot borliqdagi shaxs-narsalarning, voqea-
hodisalarning nomini, fe’l harakat-holatini, sifat va ravish
belgilarini, son miqdorini ataydi, nomlaydi.
Olmosh esa yuqoridagi so‘zlardan qaysisining o‘rnida kelsa,
o‘shaning ma’nosiga ishora qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |