Ventilyatsiya va havoni konditsiyalash tizimlarini yig’uvi


Changlardan muxofaza qilish



Download 0,97 Mb.
bet3/4
Sana03.07.2022
Hajmi0,97 Mb.
#737548
1   2   3   4
Bog'liq
ventilyatsiya va havoni konditsiyala

4.4. Changlardan muxofaza qilish



4.14-rasm. Chang cho’ktirish kamerasi: a-polli kamera, b-bitta vertikal peregorodkali kamera, d-Grim-Grjimaylo konstruktsiyasidagi kamera, e-osma sterjenli kamera, f-oddiy kamera .
Q uyidagi changlar tozalanadi: tashqaridan uzatiladigan havo tarkibidagi chang kontsentratsiyasi me`yordagidan ortiq bo’lsa, yoki havo tashqaridan uzatilayotgan havogsha qo’shilsa (bunda xonada uzatilayotgan aralash havo tarkibidagi chang miqdori yuqori ruxsat etiladigan konsentratsiyadan(YUREK) 30%dan ortiq bo’lmasligi lozim), shuningdek ichki ishlatilgan havoni tashqariga chiqarib yuborishda.

4.15-rasm. a-tsiklon sxemasi, b-LIOT tsikloni sxemasi:
1-chang havo kiradigan quvur, 2-ichki tsilindr, 3-tashqi tsilindr, 4-konus, 5-chang chiqaruvchi quvur.
H avoni tozalash qo’pol (zarracha o’lchamlari 100 mkm.dan ortiq changlar ushlanadi), o’rtacha (zarracha o’lchamlari 100 mkm gacha bo’lgan changlar, bunda havo tarkibidagi chang miqdori 100 mkm. dan ortiq bo’lmasligi lozim) va nozik (zarrachalari o’lchami 100 mkm. gacha bo’lgan changlar, bunda havo tarkibidagi chang miqdori 1-2 mg⁄m3 gacha bo’lishi lozim) bo’ladi.
Changdan tozalash qurilmalari chang tutgichlar va filtlarga bo’linadi. Chang tutgichlarga chang cho’ktirish kameralari, tsiklonlar va markazdan qo’shma kuchga asoslanib ishlovchi boshqa apparatlar kiradi.

4.17-rasm. O’zi tozalaydigan moyli filtr:
1-moy vannasi, 2-chiqaruvchi jo’mrak, 3-tutgich, 4-yuritma, 5-reduktorli elektrodvigatel, 6-harakatlanuvchi polotno.
Chang cho’ktirish kameralarida chang havo harakatlanishi yo’lida kanal kengayadi. Natijada tezlik pasayadi, havo tarkibidagi qattiq zarrachalar o’z og’irligi tufayli cho’kadi (4.14 - rasm).

4.16-rasm.Qog’ozli filtr:
1-karkas, 2-g’ovakli qog’oz, 3-metill to’r.
TSiklonda havodan changni ajratish vintsimon chiziq bo’ylab aylanib tushayotgan markazdan qo’shma kuchdan foydalanish tufayli sodir bo’ladi (4.15 - rasm). TSiklon sxemasidan ko’rinib turibdiki, chang havo quvur (1) yordamida (3) va ichki (2) tsilindrlar orasidagi xalqaga kiradi. Chang oqimini aylanma pastlanma harakatida chang zarrachalari tashqi tsilindrning ichki sirtiga tegadi vash u sirt bo’ylab, so’ngra konus sirti (4) dan harakatlanib, changni chiqarib yuboruvchi quvur (5) ga va chang qabul qiluvchi bunkerga tushadi.
TSiklonlarning turli konstruktsiyalari ishlatilmoqda. Ulardan eng keng tarqalgani LIOT konstruktsiyasidagi tsiklonlar hisoblanadi. Filtrlarda chang havo to’rsimon yoki g’ovk materiallardan o’tganda (shisha momiq, shag’al, koks, g’ovak qog’oz, matov a boshq.) tozalanadi. 4.16 - rasmda qog’ozli filtr sxemasi keltirilgan.
Changdan tozalash qurilmalari nafaqat quruq, balki xo’l bo’lishi mumkin. Namlash uchun suv va moy qo’llaniladi. 4.17-rasmda o’zi tozalaydigan moyli filtr sxemasi ko’rsatilgan.
To’rsimon polotno harakatlanishida moyli vannadan o’tadi. Filtrning unumdorligi 8000-10000 m3 ⁄soat.
4.18-rasmda qo’lsimon materialli filtr sxemasi keltirilgan. Unda chang havo quvuridan bunkerga so’rilib, undan qo’lsimonda o’tadi, uning matosidan o’tib tozalanadi.
Klapanli quti va chiqarish quvuridan toza havo yig’ma quvur orqali ventilyatorga yuboriladi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish