Vektorli grafik muharrirlari



Download 3,95 Mb.
Sana01.02.2023
Hajmi3,95 Mb.
#906374

Vektorli grafik muharrirlari
4.1. CorelDraw dasturi haqida ma’lumot
CorelDraw - vektorli grafikaning Windows operasion sistemasida ishlaydigan yangi grafiklar yaratish va tahrir qiluvchi dasturidir. Uning yordamida turli grafik koʻrinishlarni loyihalash, fotomatn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa badiiy koʻrinishdagi kompazisiyalarni tahrir qilish bilan bogʻliq amallarni bajarish mumkin.
Corel Draw dasturini ishga tushirish
CorelDraw muharrirni ishga tushirish uchun kuyidagi amallar ketma ketligini bajarish kerak.
Пуск  Программы  Corel Graphics Suite  CorelDrawX3





4.2.Corel Draw dasturi menyu bandlari bilan ishlash
Corel Draw dasturini ishga tushirganimizdan soʻng ekranda uning ishchi oynasi hosil boʻladi.

1-Rasm. Ishchi oyna

Menyu bandlari qatori quyidagi koʻrinishga ega.





Menyu bandlari qatori 11 ta banddan iborat boʻlib, har bir menyu bandi oʻzining nomi, atalishiga mos ravishda turli papkalar, buyruqlar va ularga mos ravishda uskunalar belgilarini oʻzida mujassamlashtiradi.Ushbu menyu bandlaridan foydalanib ishchi oynani sozlaymiz, jihozlaymiz va turli kerakli amallarni bajaramiz.
Menyu qatori tarkibida ochiladigan menyu bandlari mavjud. Ularni koʻrish kursor yordamida amalga oshiriladi. quyida asosiy menyu va eng koʻp qoʻllaniladigan buyruqlarning qisqacha tavsifi keltiramiz.

4.2.1. Файл va Редактировать menyu bandlari buyruqlari bilan ishlash Fayl menyu bandi.


Файл menyu bandi quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi.

2-Rasm.Fayl menyu bandi buyruqlari.
Новый (Ctrl+N) buyrugʻi - yangi oyna ochish vazifasini oʻtaydi.Uni ishga tushirganimizdan soʻng ekranda quyidagi muloqat oynasi hosil boʻladi.

3-Rasm.Muloqat darchasi.
Corel Draw muharririning ishchi oynasi ochilganidan soʻng uning ichidagi muloqat darchasidan kerakli boʻlimini tanlaymiz va unga sichqoncha koʻrsatgichini keltirib qoʻyib chap tugmachasini bosamiz. Natijada 6 tadan biri ya’ni biz tanlagan oyna ochiladi

  1. «Новый» - yangi oyna ochish vazifasini oʻtaydi;

  2. «Открыть последный» - eng soʻnggi bor ishlatilgan hoshiyali faylni ochish vazifasini oʻtaydi;

  3. «Открыть» - kompyuter xotirasida mavjud fayllarni ochish vazifasini oʻtaydi;

  4. «Шаблон» - bezakli oyna tuzish vazifasini oʻtaydi ;

  5. Corel TUTOR - internetga chiqish;

  6. Что нового - yangi qoʻshimcha imkoniyatlar kiritish.

Biz quyida ushbu oynalarning ochilish jarayoni va ochilgandan soʻnggi holatlarini koʻrib oʻtamiz:
A) «Новый» - yangi oyna ochish. Corel Draw muharririni ishga tushirgandan soʻng
tugmachasini tanlasak ishchi stolda yangi oyna ochiladi 3a-rasm
B) «Открыть последный» - eng soʻnggi bor ishlatilgan hoshiyali faylni ochish.
tugmachasini tanlasak ekranda eng soʻnggi bor foydalanilgan fayl(rasm) ochiladi 3b-rasm
V) Kompyuter xotirasida mavjud fayllarni ochish.
tugmachasini tanlasak ekranda Corel Draw muharriri fayllari joylashgan manbaga murojaat qilash imkoniyati tugʻiladi.



Kerakli papkadan masalan Мои документы papkasidan faylni topib Открыть buyrugʻini ishga tushiramiz. Natijada biz tanlagan fayl ochiladi 3v-rasm.



S) «Шаблон» - bezakli oyna tuzish.
tugmachasini tanlasak ekranda Corel Draw muharriri ishchi oynasida tayyor shablonlarda koʻrsatilgan hoshiyalardan foydalanib bezakli oyna tuzish imkoni tugʻiladi.

Web boʻlimidan tanlangan shablon formasi bizga ma’qul boʻlganidan soʻng Ok tugmachasini bosamiz va quyidagi 3s-rasmga ega boʻlamiz. Bundan tashqarii yanada boshqacharoq shablonlarni tashqi manbalardan ham Обзор boʻlimiga murojaat qilib tanlab olishimiz mumkin.
D) Corel TUTOR - internetga chiqish.
tugmachasini tanlasak ekranda Corel Draw muharriri ishchi oynasida internetga chiqish imkoniyati tugʻiladi. Agar kompyuter Internet tarmogʻiga ulangan boʻlsa .

3-rasm. Internetga chiqish
E) Что нового - yangi qoʻshimcha imkoniyatlar kiritish
tugmachasini tanlasak ekranda Corel Draw muharriri ishchi oynasida uning yangi qoʻshimcha imkoniyatlar bilan tanishish imkoni tugʻiladi. 3e-rasm.


3e-rasm. Corel Draw muharriri yangi imkoniyatlari
Новый из образца - shablonli oyna tuzish yani muloqat darchasidagi «Шаблон» - bezakli oyna tuzish tugmachasi bilan bir xil vazifani bajaradi.
Открыть (Ctrl+O) - kompyuter xotirasida mavjud fayllarni ochish vazifasini oʻtaydi va muloqat darchasidagi Открыть tugmachasi bilan bir xil vazifani bajaradi.
Закрыть buyrugʻi - aktiv ishchi oynasini yopib uni passivlashtiradi.
Сохранить (Ctrl+S) - ishchi oynasida hosil qilingan faylni kompyuter xotirasiga saqlash vazifasini oʻtaydi.
Сохранить как… (Ctrl+Sift+S) - kompyuter xotirasiga oldin saqlangan faylni nomini oʻzgartirib saqlash vazifasini oʻtaydi.Biz hozir Сохранить как… buyrugʻi yordamida faylni biror manbaga saqlash ketma-ketligini keltiramiz. Corel Draw muharriri oynasida hosil qilingan faylni saqlash uchun Fayl menyu boʻlimini ochib, Сохранить как… buyrugʻini ishga tushiramiz va quyidagicha muloqat oynasi hosil boʻladi, soʻngra Сохранение файла tugmachasini bosib faylni Turtburchak.cdr nomi bilan Мои документы papkasiga saqlaymiz. cdr faylning kengaytma nomi boʻlib, Corel Draw muharririga ta’lluqli ekanligini ifodalaydi.

Bundan tashqarii Corel Draw muharririga ta’lluqli ta’lluqli boʻlgan boshqa kengaytma nomlarni ham keltirishimiz mumkin:
cdt-CorelDraw Template (Corel Draw andozasi);
clk- Corel R.F.V.E.
cvx- Corel Hresentation Exchange.


Возвращение - ishchi oynasida mavjud obyekt ustida amalga oshirilgan barcha oʻzgarishlarni yoʻqqa chiqaradi va faylni dastlabki holatiga qaytaradi.



Импорт (Ctrl+I) - ishchi oynasiga tayyor obyektni kerakli manbadan(papkadan) olib kelish imkonini beradi. Bu buyruq bajarilgandan soʻng quyidagi muloqat oynasi ochiladi

soʻngra Импорт tugmachasi bosilib fayl koʻrsatilgan manbadan keltirilib oynaga joylashtiriladi.

Экспорт (Ctrl+E) - ishchi oynasida tayyorlangan obyektni kerakli manbaga(papkaga) joʻnatish imkonini beradi. Bu buyruq bajarilgandan soʻng quyidagi muloqat oynasi ochiladi:

soʻngra Экспорт tugmachasi bosiladi va Конвертировать в растр muloqat oynasidan faylning oʻlchamlari va oʻlchov birligi hamda boshqa parametrlari koʻrsatilib Ok tugmachasi bosiladi va fayl koʻrsatilgan manbaga keltirilib joylashtiriladi.
Отправить к - avval fayl saqlanadi ,soʻngra ushbu buyruq yordamida kerakli manbaga junatamiz.Ular quyidagilar:

Печать (Ctrl+P) - tasvirni printerga joʻnatish.
Просмотрь печати - Oldindan koʻrish yoʻli bilan pechatga joʻnatish.
Публиковать в Web - yordamida ishchi oynasidagi obyektni quyidagi formatlarda zaruriy manba(papka)larga joʻnatish mumkin


Экспорт tugmasini bosganimizdan soʻng Рабочий стол da quyidagi Macromedia Flash fayli hosil boʻladi . Xuddi shunday -internetga tayyorlash. Jpeg, Gif va boshqa formatlarda tayyorlash imkonini beradi.
Публиковать в PDF - yordamida ishchi oynasidagi obyektni PDF ya’ni oʻqish ,koʻrish mumkin holda uni oʻzgartirib boʻlmaydigan formatlarda zaruriy manba(papka)larga joʻnatish mumkin.
- u ishchi oynasida tayyorlangan fayl(obyekt ) toʻgʻrisida toʻliq ma’lumot beradi

4-rasm. Fayl toʻgʻrisidagi ma’lumot.
Выход (Alt+F4) - ishni tugallash va Corel Draw dasturidan chiqish.


Редактировать menyu bandi
Редактировать menyu bandi quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi.

Отменить… (Ctrl+Z) - bu buyruq yordamida ishchi oynada bajarilayotgan amallar bekor qilinadi. Obyekt ustida bajarilgan amallar tartibiga qarab Отменить… buyrugʻi bir marta bosilganda bitta soʻnggi amal bekor qilinadi. Отменить… buyrugʻidan keyingi koʻrsatilgan (…) nuqtalar ketma-ketligi oʻrnida bajarilayotgan amalga qarab buyruqlar nomi yoziladi va Отменить… buyrugʻi bajarilgandan soʻng Ushbu amal buyrugʻi bekor qilinadi. Masalan, yangi obyekt tuzilayotganda Отменить Создать, konturlar bilan ishlayotganda Отменить Перо, Заливка bilan ishlayotganda Отменить Заливка va h.k.
Bu buyruq tomonidan bajarilayotgan amallarni yana uskunalar qatoridagi uskunasi belgisi yordamida ham tezkor bajarish mumkin.
Вернуть… (Ctrl+Sift+Z) - bu buyruq yordamida ishchi oynada bajarilayotgan amallar bekor qilinganidan soʻng(agar bilmasdan bekor qilgan boʻlsak va ortga qaytarish zarurati tugʻilsa) yana uni ortga qaytarish vazifasini oʻtaydi.Obyekt ustida bajarilgan amallar tartibiga qarab Вернуть buyrugʻi bir marta bosilganda bitta soʻnggi amal ortga qaytariladi. Вернуть buyrugʻidan keyingi koʻrsatilgan (…) nuqtalar ketma-ketligi oʻrnida bajarilayotgan amalga qarab buyruqlar nomi yoziladi va Вернуть buyrugʻi bajarilgandan soʻng ushbu amal buyrugʻi ortga qaytariladi. Masalan, yangi obyekt tuzilayotganidan soʻng bekor qilingan boʻlsa, Вернуть Создать, konturlar bilan ishlayotganda Вернуть Pero, Заливка bilan ishlayotganda Вернуть Заливка va h.k. Bu buyruq tomonidan bajarilayotgan amallarni yana uskunalar qatoridagi uskunasi belgisi yordamida ham tezkor bajarish mumkin.
Повторение (Ctrl+R) - obekt ustida bajarilgan amalni yana bir marta takrorlash mumkin. Bundan keyin takrorlangan amalni dastlabki holatiga qaytarish uchun ikki marta Отменить qilishga toʻgʻri keladi.
Вырезить (Ctrl+X) - bu buyruq belgilangan obyektni yoki uning ajratilgan boʻlagini qirqib oladi va zarurat tugʻilganda kerakli joyga olib borib quyiladi.Bu buyruq yordamida qirqib olingan obyektning nusxasi dastlabki joyida saqlanib qolmaydi. Bu buyruq tamonidan bajarilayotgan amallarni yana uskunalar qatoridagi uskunasi belgisi yordamida ham tezkor bajarish mumkin.
Копировать (Ctrl+S) - bu buyruq yordamida belgilangan obyektning yoki uning bir qismining nusxasini kerakli joyga koʻchirib oʻtkazishimiz mumkin. Bu buyruq yordamida nusxa olingan obyektning asl nusxasi dastlabki joyida saqlanib qoladi.Bu buyruq tomonidan bajarilayotgan amallarni yana uskunalar qatoridagi uskunasi belgisi yordamida ham tezkor bajarish mumkin.
Endi biz yuqorida keltirilgan bir nechta buyruqlar yordamida ba’zi amallar bajarish tartibini koʻrib oʻtamiz. Ishchi oynasida obyekt tuzish. Buning uchun qurollar qatoridagi kerakli obyektning shaklini sichqoncha koʻrsatgichi orqali belgilab olib (5-rasm), uni chizamiz.



5-rasm.


Obyekt bilan turli amallar bajarilganda Отменить buyrugʻining holatlari quyidagi 6-rasmda aks ettirilgan.

6-rasm.


2) Отменить buyrugʻi bajarilganidan keyingi holat.Endi bajarilgan amallar ortga qaytarilish holati teskarisidan boshlanib birinchisida tugaydi.
A) ; V) S) .
Ushbu amallarni yana Вернуть buyrugʻi orqali qaytarib tiklashimiz mumkin.
Дублировать (Ctrl+D) - bu buyruq yordamida qaralayotgan obyektning aynan nusxasini hosil qilishimiz mumkin.

7-rasm.


Выбрать все - bu buyruq yordamida qaralayotgan quyidagilar

Вставить - bu buyruq yordamida biz ishlayotgan ishchi oynasiga quyidagi turdagi obyektlarni keltirib quyishimiz mumkin.
1) Объект Интернета - internetdan quyida koʻrsatilgan obyektlarni olib kelishimiz mumkin:

2) Новый объект

4.2.2. Показать va Размещение menyu bandlari buyruqlari bilan ishlash.


Показать menyu bandi quyidagi buyruqlarni oʻz ichiga qamrab oladi.

Bu menyu bandi uchinchi qism buyruqlari orqali ishchi oynani sozlash ishlarini amalga oshirish mumkin. Masalan, biz foydalanayotgan ishchi oynaning oʻlchamlarini ekranda koʻrib turish uchun Линейка buyrugʻini ishga tushirsak enranda oʻlchamlarni ifodalash uchun chap gorizantal va oʻng vertikal lineykalari hosil boʻladi. Agar Сетка buyrugʻini ishga tushirsak ishchi oyna tag foni setka(toʻr) koʻrinishini oladi. Setka(toʻr)ning oʻlchamlarini biz istagancha oʻzgartirishimiz mumkin. Bu kabi amallar menyu bandining ogʻirgi qismida amalga oshiriladi. Bu qismning yana bir asosiy buyruqlar papkasidan biri bu Показать papkasi boʻlib unda quydagilar oʻz aksini topgan:

Границы Страницы buyrugʻini ishga tushirsak biz ishlayotgan ishchi oynasi betida ma’lum chegarali sohani ajratib beradi, aks holda chegara yoʻqoladi.

Растекание buyrugʻini ishga tushirsak chegaralangan soha punktirli chiziqlardan iborat boʻladi.
Печатная площад - bu buyruq chop etilishi kerak boʻlgan sohani ajratib koʻrsatadi.
Текстовые кадры - bu buyruq yordamida obyektga yoki ushbu sohaga kiritilgan matnli yozuvlarni alohida ajratib olish mumkin.

Endi biz birinchi qism buyruqlari bajaradigan amallar bilan tanishib chiqamiz. Buning uchun avvalo obyektni chizib olib, uning ekrandagi turli shaklli tasvirlarini hosil qilamiz. Ya’ni ushbu obyektni belgilab olgandan soʻng Показать menyu bandiga kirib Простой каркас, Каркас, Чертёж, Нормально, Расширенный buyruqlaridan birini tanlaymiz va ishga tushiramiz. Biz quyida ularning har birining koʻrinishini tasvirlarda keltiramiz.
Corel Draw dasurida obyektlarni koʻrish rejimlari 5 tadan iborat:

  1. Простой каркас (Simple Wireframe) - qisqartirilgan karkas.

  2. Каркас (Wireframe) - karkas.

  3. Чертёж (Draft ) - eskiz.

  4. Нормально (Normal) - normal.

  5. Расширинный (Enhanced) - yangilangan.




3-4-5-rejim holatida obyektlar koʻrinishi deyarli qisman farq qiladi.
1-koʻrish rejimida obyektlarning ichki va tashqi ranglari, chiziq qalinliklari umuman koʻrinmaydi (oq-qora tasvirda boʻladi)
2-koʻrish rejimida xam 1 koʻrinish rejimidagidek boʻladi, faqat bu holatda obyekt chiziq konturlari saqlanib qoladi.
3-koʻrinish rejimida ichki ranglar, ya’ni obyektga berilgan fonlar bir fonli fonlarga aylanadilar.
4-koʻrish rejimida obektning toʻliq chiziq va fon ranglari aks ettiriladi.
5-koʻrinish rejimida obyektlarning koʻrinishi ikki barobar kuchaytirilgan rejimda koʻrinib turadi.
Menyu bandi ikkinchi qism buyruqlari orqali ishchi oynada chizilgan obyektni: a) Полноэкранный просмотр (ya’ni bu ishni klaviaturadagi F9 funksional tugmachasi orqali ham amalga oshirish mumkin) qaralayotgan obyektning toʻliq ekranli holatni koʻrish; b) Просмотр только выбранных faqat tanlab (ajratib) olingan qismini koʻrish; v) Вид сортировщика страниц obyekt yoki obyektlarni betlarga ajratib koʻrsatish ishlarini amalga oshirishi mumkin. Bu buyruqqa biz Размещение menyu bandi bilan tanishganimizda atrovlicha toʻxtalamiz. Beshinchi qism buyruqlari orqali biz ishchi sohaga kiritilgan Линейка, Сетка va Направляющийlarning parametrlarini ixtiyoriy tanlab olishimiz mumkin.
Установка сетки и линейки - bu buyruq orqali Линейка va Сетка (toʻr)larning parametrlarini ixtiyoriy tanlash imkonini yaratadi. Bu buyruqni ishga tushiramiz. Ekranda quyidagi muloqat oynasi hosil boʻladi.

Bu yerda biz setkaning koʻrinishini, oʻlchamlarini va ishchi sohadagi aks ettirilishini ixtiyoriy tanlash imkoniga ega boʻlamiz. Faraz qilaylik setka uchun biz quyidagi oʻlchamlarni tanlab kiritdik: Setkaning tuzilishi Chastotali, Setkaning eni 0,3254 mm, boʻyi 0,3254 mm va Показать сетку tasvirli rejimida tanlaymiz va OK tugmasini bosamiz. U holda quyidagi koʻrinishni oladi.

Odatdagi koʻrinishi( setkaning buyi va eni 1 mm).




oʻlchami oʻzgartirilgan koʻrinishi
Xuddi shunday lineyka oʻlchamlari uchun ham shunday oʻzgartirishlarni amalga oshirish mumkin. Ushbu menyu bandidagi qolgan buyruqlar bilan kelgusi ishlarimizda tanishib oʻtamiz.
Размещение menyu bandi
Размещение menyu bandi quyidagi buyruqlarni oʻz ichiga qamrab oladi

Вставить Страницу - bu buyruqni ishga tushirganimizdan soʻng ekranda quyidagi muloqat oynasi hosil boʻladi.

Parametrlarni tanlab OK tugmachasini bosamiz va Ishchi oynasining quyi qismida yangi ochilgan varaqlar nomlari koʻrsatiladi. Biz undan istagan varaqqa oʻtishimiz mumkin.

qolgan varaqlar passiv holatga ega.
Удалить Страницу - bu buyruq yordamida ishchi oynasidagi mavjud varaqlarning keraksizlarini oʻchirib tashlashimiz mumkin. Buning uchun Размещение menyu bandiga kirib Удалить Страницу buyrugʻini ishga tushiramiz. Ekranda quyidagi muloqat oynasi hosil boʻladi va kerakli parametrlarini koʻrsatib OK tugmasini bosamiz.

Переименовать Страницу - bu buyruq yordamida ishchi oynasidagi mavjud varaqlarning nomlarini oʻzgartirishimiz mumkin.Buning uchun Размещение menyu bandiga kirib Переименовать Страницу buyrugʻini ishga tushiramiz.Ekranda quyidagi muloqat oynasi hosil boʻladi va kerakli yozuvni koʻrsatib OK tugmasini bosamiz.

Bajarilgandan keyingi holat.

Bundan tashqarii ushbu buyruqlarni boshqacha yoʻl bilan ham ishga tushirish mumkin, ya’ni sichqoncha koʻrsatgichini aktiv varaq nomi yozilgan joyga keltirib oʻng tugmachasini bosamiz va quyidagi kontekstli menyu hosil boʻladi(ixtiyoriy passiv varaq uchun ham shu holatni takrorlash mumkin, buning uchun sichqoncha koʻrsatgichi tanlangan varaqqa keltirilib uni aktivlashtirish zarur).

Endi biz yuqorida koʻrib oʻtgan Показать menyu bandidagi Вид сартировщика страниц buyrugʻining bajarilishini toʻrtta varaq ochilgandan keyingi holatini koʻrib oʻtamiz.

Demak bu buyruq yordamida ishchi oynasidagi ochilgan varaqlarning holatini va ulardagi oyuyektlarning shakllarini bir varakayiga koʻrish imkoniyatiga ega boʻlamiz.
Настройки Страницы - bu buyruq bajarilganidan soʻng quyidagi muloqat oynasi hosil boʻladi va ushbu muloqat oynasidan foydalanib ishchi oynasidagi aktiv varaqning parametrlarini va ekrandagi koʻrinishini hamda printerga uzatish holatini oʻzgartirishimiz mumkin boʻladi.

Зодний фон Страницы - bu buyruq bajarilganidan soʻng quyidagi muloqat oynasi hosil boʻladi va ushbu muloqat oynasidan foydalanib ishchi oynasidagi aktiv varaqning parametrlarini va ekrandagi obyektning orqa fonini koʻrinishini oʻzgartirishimiz mumkin boʻladi.

Parametrlarni koʻrsatib OK tugmasini bosamiz va koʻyidagi manzara hosil boʻladi.

4.2.3. Компоновать va Эффекты menyu bandlari buyruqlari bilan ishlash.


Компоновать menyu bandi quyidagi buyruqlarni oʻz ichiga qamrab oladi.



Преобразования papkasi - bu papkada quyidagi buyruqlar majmuasi oʻz aksini topgan:
A) Позиция (Alt+F7) - bu buyruq qaralayongan obyektning holatini ifodalaydi;
B) Вращать (Alt+F8) - bu buyruq qaralayotgan obyektni qanday burchakka burishni ifodalaydi(agar burchak oʻlchovi musbat son boʻlsa chapga, manfiy son boʻlsa oʻngga burishni ifodalaydi);
V) Масштаб (Alt+F9) - bu buyruq qaralayotgan obyektni qanday gorizantal va vertikal holatlarda koʻrinishini qanday oʻlchamlar(foizlar)da ifodalashni bildiradi;
G) Размер (Alt+F9) - bu buyruq qaralayotgan obyektni qanday gorizantal va vertikal holatlarda koʻrinishini qanday oʻlchamlar(millimetrlar)da ifodalashni bildiradi;
D) Наклон - bu buyruq yordamida qaralayotgan obyektni gorizantal va vertikal boʻyicha istagan gradusga egishimiz mumkin.Bu buyruqlar yordamida obyektlar ustida bajariladigan amallarni kelgusida biz Трасформация muloqat oynasi bilan ishlaganda toʻliqroq tanishib oʻtamiz.
Очистить преобразования - Преобразования papkasi buyruqlari tamonidan bajarilgan amallarni bekor qiladi va tozalaydi ya’ni obyektni oldingi holatiga qaytaradi.
Выровнять и выпустить - bu papkada joylashgan buyruqlar yordamida qaralayotgan obyektni turli oʻlchamlari boʻyicha tekslab joylashtirishimiz mumkin. Bu papka buyruqlari bilan ham kelgusi amaliy topshiriqlar bajarish jarayonlarida atroflicha tanishib oʻtamiz.
Порядок – bu papka buyruqlari orqali qaralayotgan iikita obyektni bir-biriga nisbatan turli shakllarda joylashtirish mumkin. Qaralayotgan ikkita obyektning har biri alohida birlamchi sloy(qatlam) koʻrinishida ishchi oynasining Менеджер объектов muloqat oynasida koʻrinib turadi.Bu papkadagi buyruqlardan foydalanib obektlarni joylashtirish mumkin.


Менеджер объектов muloqat oynasi.





Группа (Ctrl+G) - qaralayotgan obyektlarni bitta yagona guruhga birlashtirish.
Разгруппировать (Ctrl+G) - bitta yagona guruhga birlashtirilgan obyektlarni bekor qilish.
Формирование papkasi - obyektni turli shakllarga aylantirish mumkin.
Преобразовать кривую (Ctrl+Q) - obyektning shaklini oʻzgartirish.
Преобразовать Эскиз в объект (Ctrl+Shift+Q) - obyektning eskizini olish.



Эффекты menyu bandi
Эффекты menyu bandi quyidagi buyruqlarni oʻz ichiga qamrab oladi.



Bu menyu bandida asosiy buyruqlardan biri Художественный способ (Tasviriy usul) boʻlib uni bajarilishga uzatgandan soʻng ishchi oynasining oʻng yon tamonida muloqat oynasi ochiladi va uning yordamida qaralayotgan obyektni turli tasviriy koʻrinishlarga almashtirish mumkin.



Оболочка - bu buyruq bajarilishi bilan ishchi oynaning oʻng yon tomonida Граница (chegara) degan muloqat oynasi hosil boʻladi. Undan Ранний boʻlimidan kerakli figurani tanlab olamiz tanlab olamiz va Применить tugmachasini bosamiz. Natijada ekrandagi obyektning shaklini biztanlagan koʻrinishga almashtiradi


4.2.4. Текст va Инструменты menyu bandlari buyruqlari bilan ishlash.
Текст menyu bandi buyruqlari quyidagilar.

Форматировать Текст (Ctrl+T) - matnlarni turli formatlarda ifodalash.
Редактировать Текст (Ctrl+Shift+T) - matnlarni tahrirlash.Bu buyruqni ishga tushirgandan soʻng ekranda quyidagi muloqat oynasi hosil boʻladi.Undan foydalanib qaralayotgan matn ustida turli amallarni bajarish mumkin.

Vstavit simvol(Ctrl+F11)-bu buyruqni bajarilishga uzatganimizdan soʻng ishchi oynasining oʻng yon tomonida Vstavit simvol muloqat oynasi hosil boʻladi.



Kerakli simvolni tanlab Vstavit tugmasini bosamiz va oldindan koʻrsatilgan joyga simvolni olib kelib qoʻyadi.
PodganatTekst k puti-matnni kerakli yoʻlakcha boʻyicha joylashtirish.
Vыravnyat po bazavoy linii(Alt+F12)-koʻrsatilgan yoʻlakcha boʻyicha tekslash.
Panelы pismo-bu papka matnlardagi imlo-xatolarni tuzatish uskunalaridan iborat.
Statistika teksta-bu buyruq qaralayotgan matn elementlari toʻgʻrisida statistik ma’lumotlar beradi.
Kelgusida biz amaliy mashgʻulotlar bajarganimizda uning barcha buyruqlari elementlari va vazifalariga mashqlar orqali atroflicha toʻxtalib oʻtamiz.


Инструменты menyu bandi
Инструменты menyu bandi buyruqlari quyidagilar

Опции (Ctrl+J) - muloqot oʻrnatish oynasi. Инструменты menyu bandidan Опции buyrugʻini ishga tushirish natijasida ekranda muloqat oʻrnatish oynasining koʻrinishi hosil boʻladi.

Изготовление - muloqat oʻrnatish oynasining tuzilishini tayyorlash.
Управление цветами - bu buyruq ishga tushganidan soʻng ish jarayonida foydalanilayotgan qurilmalarning ranglarini boshqarish uchun muloqat oynasi hosil boʻladi.

Kerakli qurilmani sichqoncha koʻrsatgichi bilan tanlaymiz ,yana qoʻshimcha muloqat oynasi hosil boʻladi va zaruriy parametrlarini belgilaymiz hamda OK tugmasini bosamiz.
Navbatdagi buyruqlardan amaliyot darayonida keraklilarini tanlab olamiz va ishchi oynaga oʻrnatamiz. Oʻrnatilganlari chap tomonida maxsus belgi qoʻyiladi.

4.2.5. Окна va Помощь menyu bandlari buyruqlari bilan ishlash


Окна menyu bandi quyidagi buyruqlari oʻz ichiga oladi.

Новое Окна - ekranda joriy oynadan tashqarii yana yangi oyna ochadi.
Каскад - ekrandagi mavjud oynalarni ketma-ket joylashtiradi.

Расположить горизонтально - ekrandagi mavjud oynalarni tagma-tag joylashtiradi.

Расположить вертикально - ekrandagi mavjud oynalarni yonma-yon joylashtiradi.

Цветовые палитры papkasi - bu papkani bajarilishga uzatganimizdan soʻng quyidagi kontekstli menyu hosil boʻladi. Biz ulardan foydalanib ishlashimiz uchun zarur boʻlgan ranglar kamalagini turli rang-baranglikda tanlab olib ishchi oynasining chap yon tomoniga oʻrnatishimiz mumkin. Joriy ishchi oynasiga oʻrnatilgan ranglar kamalagi yozuvi toʻgʻrisida oʻng tamondan belgi qoʻyiladi.

Докеры papkasi - bu papkani bajarilishga uzatganimizdan soʻng quyidagi kontekstli menyu hosil boʻladi.Biz ulardan foydalanib ishchi oynasida ishlov berilayotgan obyekt bilan turli amallarni bajarish uchun uni ishchi oynasining chap yon tomoniga oʻrnatishimiz mumkin.Joriy ishchi oynasiga oʻrnatilgan uskunalar yozuvi toʻgʻrisida oʻng tamondan belgi qoʻyiladi.

Biz bu papkaning qolgan buyruqlari va qoʻshimcha amallari bilan qanday ishlash kerak degan savolga keyingi boʻlimlarda atroflicha toʻxtalib oʻtamiz.
Uskunaalnaya lineyka pakasi- bu papka yordamida obyektlar bilan ishlashimizda zarur boʻladigan barcha elementlarni ishchi oynasiga oʻrnatib olamiz.Bulardan eng asosiylari Uskunaalnaya lineyka (qurollar paneli), Standartnaya (uskunalar qatori), Stroka sostoyaniya(uskunalar oʻlchamlari uchun holat qatori) , Tekst(yozuvlarga ishlov berish uchun format qatori) va boshqalar

Okna menyu bandi ishga tushirilishidan oldingi holat.

Ishchi oynasiga Okna menyu bandidan barcha zaruriy parametrlar oʻrnatilganidan keyingi holati.
Biz bu papkaning qolgan buyruqlari va qoʻshimcha amallari bilan qanday ishlash kerak degan savollarga keyingi boʻlimlarda atroflicha toʻxtalib oʻtamiz.
Помощь menyu bandi
Помощь menyu bandi quyidagi buyruqlari oʻz ichiga oladi.

Menyuning bu bandidan foydalanib Corel Draw muharriri haqida toʻliq ma’lumotlar olishimiz mumkin. Bu boʻlim ba’zida yordam olish boʻlimi, yoki ma’lumotnoma boʻlimi deb ham yuritiladi. Содержание помощи buyrugʻini ishga tushirsak ,u holda ekranda quyidagi muloqat oynasi hosil boʻladi.

Biz bu oynadan kearkli ma’lumotni topib undan foyda-lanishimiz mumkin.

4.3. Corel Draw muharriri qurollar paneli uskunalaridan foydalanib amallar bajarish


Corel Draw muharriri qurollar paneli ishchi oynasining chap yon tomonida joylashgan boʻlib, uning yordamida obyektlar ustida turli qoʻshimcha amallarni bajarish mumkin.

  • Форма - uskunalar majmuasi. Bu uskunalar majmuasi yordamida mavjud obyekt ustida quyidagi amallarni bajarishimiz mumkin:

  • Нож - bu uskuna yordamida obyektning keraksiz qismi toʻgʻri yoki egri chiziq yordamida ajratiladi, keraksiz qismi markerlanib (belgilanib), Редактировать menyu bandidan Вырезать buyrugʻi yoki uskunalar qatoridagi belgisi, yoki klaviaturadan [Ctrl+X] tugmalar majmuasi , yoki Delete tugmachasi bosiladi.

Natijada obyektning belgilangan boʻlagi qirqib olib tashlanadi.


  • Ластик - bu uskuna yordamida qaralayotgan obyektning istagan qismini oʻchirib tashlashimiz mumkin. Lastikning oʻlchamini va shaklini quyidagi tartibda tanlash mumkin:



Свободное пребразование (Erkin oʻq boʻylab aylantirish). Bu uskuna yordamida qaralayotgan obyektni erkin oʻq atrofida istagan tamonga istagan yoʻnalish buyicha aylantirish mumkin.

«Свабодная рука» bu uskuna oʻz nomiga yarasha erkin harakatlanuvchi qoʻldir. U bilan biz istagan ixtiyoriy shaklni chizishimiz mumkin.
Безье - bu uskuna yordamida ixtiyoriy shakldagi figurani chizish mumkin. Uning eng qulaylik tamonlaridan biri uskunani harakatga keltirgandan soʻng markazdan bir xil uzoqlikdagi qarama qarshi masofalarda toʻgʻri chiziqli koordinatani saqlayd va egri chiziqli shakllarni osonlikcha chizadi. Quyida biz ulardan na’munalar chizamiz.

Живопись(I) - bu uskunaning qulayligi shundan iboratki ishchi oynada ixtiyoriy shaklni ikki xil yoʻl bilan chizishimiz mumkin.Bu uskunani ishga tushirgandan soʻng ekranda rassom qalamchasi tasviri hosil boʻladi. 1) Эффекты menyu boʻlimidan Художесвенный способ buyrugʻini ishga tushiramiz, soʻngra kerakli shaklni tanlab olamiz; 2) Окна menyu boʻlimidan Докеры papkasi va Свойства объекта buyrugʻini ishga tushiramiz va Контур qalinligini tanlaymiz.
Birinchi yoʻl:

Ikkinchi yoʻl:

Перо - Bu uskuna ham Безье kabi ishlatiladi.

  • 3 точочная кривая - Bu uskuna yordamida toʻgʻri chiziq chizib olib uni 3 ta nuqtasi buyicha harakatlantirib ixtiyoriy parabola figurasi yasash mumkin.



Интерактивного соединения – Bu uskuna yordamida turli standart shakllarni chizish va ulash mumkin.

  • Размер - Bu uskuna oʻlchamlarni ifodalash uchun ishlatiladi.


Прямоугольник - Toʻgʻri turtburchak va kvadrat chizish uchun ishlatiladi.
3 Точечный прямоугольник - uchta nuktaga nisbatan olib tugʻri toʻrtburchakni istagan parallelogram, romb va boshqa shakllarga aylantirish vazifasini oʻtaydi.

Эллипс va 3 точечный эллипс - uskunalari. Bu uskunalar aylana ellips, segment shar hamda aylanasimon shakllar yasash uchun xizmat qiladi.

Полигон (Y). Bu uskuna yordamida koʻpburchak shaklidagi figuralar yasash mumkin.

- Миллиметровка (D). Bu uskuna yordamida bir xil katakchali shakllar yasash mumkin. dan ustunlar va qatorlar sonini belgilash mumkin.Bu yerda 11 ustunlar soni va 9 esa qatorlar soni.


  • Спираль. Bu uskuna yordamida spiralsimon shakllarni chizish mumkin. birinchi oʻlcham 10 spiraldagi oʻramlar sonini va 87 oʻramlar orasidagi masofani ifodalaydi.


Bu uskunalar yordamida turli shakllarni chizishimiz mumkin.

Ushbu figuralardan foydalanib shakllar yasaymiz.



4.5. Corel Draw dasturida obyektlar bilan ishlash


Corel Draw dasturining asosiy texnologik jarayoni - bu obyektlar bilan ishlash. Obyekt – deb ustida biror aniq ishlarni bajarish imkonini beruvchi turli shaklli tushunchaga aytiladi. Foydalanuvchi obyektlar bilan ishlash jarayonida ular ustida turli ishlarni bajarishga toʻgʻri keladi.
Obyektlar bilan quyidagi ishlarni bajarish mumkin:
a) Belgilash
b) Oʻchirish
d) Nusxa olish va nusxani qoʻyish.
e) Bir nechta obyektlarni belgilash.
f) Kattalashtirish va kichraytirish.
g) Obyektni siljitish.
h) Belgilashni olib tashlash.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ishlarni bajarishning bir nechta usullari mavjud. Biz faqat bittasida toʻxtalib oʻtamiz. Obyektlarni yaratish uchun ekranning chap burchagida joylashgan qurollar panelidan foydalaniladi.



Hujjatga qoʻyilgan obyektni belgilash uchun shu obyekt ustiga sichqoncha koʻrsatkichi olib borilib chap tugmasi bir marta bosiladi. Natijada obyekt belgilanadi. Ya’ni rasmda koʻrsatilganidek 8 ta markerga olinadi. Bu usul yordamida ixtiyoriy obyektlarni belgilash mumkin. Shu joyda bir narsani eslatib oʻtish joizki, kerak boʻlsa boshqa dasturlardan ham obyektlarni qoʻyish mumkin. Belgilangan obyektni oʻchirish uchun esa klaviaturada [Delete] tugmasi bosiladi. Natijada shu rasm oʻchadi.
Belgilangan obyektdan nusxa olish uchun esa Edit-Copy (Редактировать - Копировать) amallari bajariladi. Natijada shu obyektdan nusxa olinadi.
Nusxasini qoʻyish uchun esa Edit-Paste (Редактировать - Вставка) amallari bajariladi. Yoki belgilangan obyektdan boshqa usul yordamida ham nusxa olish mumkin, ya’ni Edit-Dublikate (Редактировать-Дублировать) amallari bajarilsa kifoya.
Bir nechta obyektlarni birlashtirish ya’ni gruppalash uchun, avvalam bor, bu obyektlar belgilanadi. Hamma obyektlarni belgilash uchun klaviaturada [Shift] tugmasi bosiq turilgan holda obyektlar birma-bir belgilanib chiqiladi yoki Редактировать menyu boʻlimidan Выбрать Все buyrugʻi orqali. (Yuqoridagi koʻrsatib oʻtilgan usul yordamida).

Obyekt (obyektlarni) kattaligini oʻzgartirish uchun bu obyekt (obyektlar) belgilanadi. Natijada rasmda koʻrsatilganidek ular ustida markerlar hosil boʻladi.
Marker ustiga sichqoncha koʻrsatkichi olib borilib chap tugmasi bosiq turilgan holda obyektga kerakli kattalik beriladi. Obyektning kerakli kattaligi hosil qilib boʻlingandan soʻng sichqoncha chap tugmasi qoʻyib yuboriladi.
Bir narsani aytib oʻtish joizki, belgilangan obyektlarni turli yoʻnalishlar boʻyicha aylantirish ham mumkin. Buning uchun belgilangan obyektlar ustiga sichqoncha koʻrsatkichi olib borilib chap tugma bir marta bosiladi. Natijada quyi rasmda koʻrsatilgan holat vujudga keladi.



Rasmda koʻrinib turganidek markerlar boshqa koʻrinishni oladi. Ular ustiga sichqoncha koʻrsatkichi olib borilib chap tugmasi bosiq turilgan holda obyektlarni xoxlagan burchakka burish imkoniyati tugʻiladi.
Belgilashni olib tashlash uchun klaviaturada [Esc] tugmasi bosilsa kifoya. Shuni alohida ta’kidlab oʻtish joizki, obyekt (obyektlar) belgilanganda qoʻshimcha uskunalar qatorining holatini ifodalovchi qator paydo boʻladi. Bu qurollar yordamida obyektlarni kattaligini oʻzgartirish, boshqa obyektlarga nisbatan joylashish holatlarini, burchak koʻrinishlarini ham oʻrnatish mumkin.



2) Obyektlar yaratilgandan soʻng, chegaralarga va ichki qismiga rang berish mumkin. Bu ishlarni har xil usullar yodamida bajarish mumkin. Obyektning chegaraga va ichki qismiga rang berish uchun Corel Draw oynasining oʻng qismida joylashgan ranglar kamalagidan foydalanish mumkin.

Obyekt belgilanib kerakli rang ustiga sichqoncha koʻrsatkichi olib borilib chap tugma bir marta bosiladi, natijada obyektning ichki qismi kerakli rangni oladi, tashqi chegaraga rang berish uchun esa yuqoridagi ishlar bajariladi, faqatgina chap tugma oʻrniga oʻng bosiladi.
Rangdan tashqari obyektlarga har xil fonlar berish mumkin. Bu toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtamiz.
Buning uchun Corel Draw oynasida qoʻshimcha oynani hosil qilish kerak - (Свойства объекта) Obyekt xususiyatlari oynasini. Bu oynani quyidagicha hosil qilish mumkin: obyekt ustiga sichqoncha koʻrsatkichi olib borilib, oʻng tugmasi bosiladi, chiqqan buyruqlar ichidan - (Свойства) xususiyatlari buyrugʻi tanlanadi.

- Контур. Obyekt xususiyatlari oynasida mavjud boʻlgan tugma, bu tugma yordamida obyektlar tashqi chegarasiga fon berish mumkin. Bu tugma bosilgandan soʻng, qoʻshimcha tugmalar hosil boʻladi:


- kontur chegarasi qalinligi.


- kontur chegarasini belgilovchi chiziq shakli.
- kontur chegarasi rangini tanlash.

Corel Draw dasturida kontur parametrlarini berish va ularni boshqarishning har xil usullari bor. Hamda kontur tushunchasiga bogʻliq ayrim tushunchalar mavjud.
- Заливка. Obyekt xususiyatlari oynasida mavjud boʻlgan tugma, bu tugma yordamida obyektlar ichki qismiga fon berish mumkin. Bu tugma bosilgandan soʻng, qoʻshimcha tugmalar hosil boʻladi:

(Uniform fill) Однородная заливка - obyektlarga bir xil rang berish imkonini beradi.
(Fountain fill) Градиентная заливка - obyektlarga ikki turdagi ranglar, va ranglar shtrixovkalarini beradi.
(Pattern fill) Заливка узором - har xil koʻrinishdagi tayyor fonlarni tanlash imkonini beradi.
(Texture fill) Заливка текстурой - har xil koʻrinishdagi tayyor fonlarni tanlash imkonini beradi.
(Postckript fill) Заливка Postscript - tayyor fonlarni tanlash imkonini beradi.
(No fill) Без заливки - rangsizlik holati.

– Internet. Obyekt xususiyatlari (Свойства объекта) oynasida mavjud boʻlgan tugma, bu tugma yordamida obyektlarni tayyorlash,va ularni kerakli manzilga (agar kimp’yuter internetga tulangan boʻlsa)joʻnatish mumkin. Bu tugma bosilgandan soʻng, qoʻshimcha tugmalar hosil boʻladi:
- Internetda URL manzil koʻrsatiladi.
- Tarmoq manzili.
- Obyektning tiniq ravonligini belgilash.
- Obyektning shtrixlangan holati. - fonli holati.
Agar ular olgiga belgi qoʻyilmasa shtrixsiz va fonsiz holatda tasvirlanadi.

- Obyektni chegaralovchi konturni ochiq yoki yopiq holatga oʻtkazish.
- konturi yopish. - konturi ochiq.



3) Obyektlarni joylashtirish deganda, biz obyektning holatlarini, ekranda koʻrinish rejimlarni oʻrnatishni tushunamiz. Shu tushunchalar bilan ishlashning bir qancha usullari mavjud boʻlib, foydalaniladigan usullardan ayrimlarini koʻrsatib oʻtamiz.
Obyekt holatlarini oʻrnatish uchun obyekt (obyektlar) belgilanib, belgilangan obyekt ustiga sichqoncha koʻrsatkichi olib borilib oʻng tugma bosiladi. Natijada belgilangan obyektga tegishli qoʻshimcha buyruqlar chiqadi.

Ruscha varianti Inglizcha varianti


Bu buyruqlar hammasi aloxida vazifa bajaradi. Hammasiga toʻxtalib oʻtirmaymizda. Ayrimlariga, ya’ni bizga kerakli buyruqlarda toʻxtalib oʻtamiz.
Группа (Group) - belgilangan obyektlarni birlashtiradi, ya’ni bitta obyektga aylantiradi. Razgruppirovat (Ungroup)-birlashtirishni bekor qiladi.
Заблокировать Объект (Lock Objekt) - belgilangan obyektni qotirib qoʻyadi, ya’ni bu obyekt ustida hyech qanday ishlarni bajarib boʻlmaydi.
Разблокировать Объект (UnLock Objekt) - qotirishni olib tashlaydi, ya’ni obyekt bilan biz xoxlagan ishni bajarish imkoniga ega boʻlamiz.
Порядок (Order) - obyektning boshqa obyektlarga nisbatan joylashish tartibini belgilaydi.
Obyekt xolatlarini oʻrnatish jarayonida foydalanuvchi koʻp hollarda Порядок (Order) boʻlimidan foydalanishga toʻgʻri keladi.
Порядок (Order) boʻlimi quyidagi buyruqlardan iborat:

Ruscha varianti Inglizcha varianti

На перед (To Front) - belgilangan obyektni birinchi oʻringa joylashtiradi.


Назад (To Back) - belgilangan obyektni oxirgi oʻringa joylashtiradi.
Вперед на один (Forward One) - belgilangan obyektni oxiridan ikkinchi oʻringa joylashtiradi.
Назад на один (Back One) - belgilangan obyektni yuqoridan ikkinchi oʻringa joylashtiradi.
Спереди (In Front Off) - belgilangan obyektni kerakli obyektga nisbatan asosiy oʻringa joylatiradi.
Сзади (Behind) - belgilangan obyektni kerakli obyektga nisbatan ikkinchi oʻringa joylashtiradi.
Obyektlarning ekranda koʻrinish rejimlari bilan tanishib oʻtamiz.
Corel Draw dasurida obyektlarni koʻrish rejimlari 5 tadan iborat:

  1. Простой каркас (Simple Wireframe) - qisqartirilgan karkas.

  2. Каркас (Wireframe) - karkas.

  3. Чертёж (Draft ) - eskiz.

  4. Нормально (Normal) - normal.

  5. Расширинный (Enhanced) - yangilangan.






3-4-5-rejim holatida obyektlar koʻrinishi deyarli qisman farq qiladi.
Bularning hammasi menyuning Показать (View) boʻlimida joylashgan boʻladi.
1-koʻrish rejimida obyektlarning ichki va tashqi ranglari, chiziq qalinliklari umuman koʻrinmaydi (oq-qora tasvirda boʻladi)
2-koʻrish rejimida xam 1 koʻrinish rejimidagidek boʻladi, faqat bu holatda obyekt chiziq konturlari saqlanib qoladi.
3-koʻrinish rejimida ichki ranglar, ya’ni obyektga berilgan fonlar bir fonli fonlarga aylanadilar.
4-koʻrish rejimida obektning toʻliq chiziq va fon ranglari aks ettiriladi.
5-koʻrinish rejimida obyektlarning koʻrinishi ikki barobar kuchaytirilgan rejimda koʻrinib turadi.
Obyekt (sahifani)koʻrinish masshtabini oʻzgartirish uchun ekrandan foydalanish mumkin. (Bu ishlarni klaviaturada va sichqoncha yordamida ham bajarish mumkin.)



Obyektning koʻrinish masshtabini oʻzgartirish uchun asosan foydalanuvchilar Масштаб (Zoom) panelidan foydalanadilar.
Масштаб (Zoom) panelini quyidagicha hosil qilish mumkin:
Standartnaya paneliga sichqoncha koʻrsatkichi olib borilib oʻng tugmasi bosiladi, chiqqan buyruqlar ichidan Масштаб (Zoom) tanlanadi. Масштаб (Zoom) paneli quyidagi tugmalardan iborat:

- masshtab.
- masshtabni kattalashtiradi.
- mashtabni kichraytiradi.
- belgilangan obyektni kattalashtiradi.
- belgilangan obyektni kichraytiradi.
- sahifani butunlayicha koʻrsatish.
- sahifani eni boʻyicha koʻrsatish.
- sahifani boʻyi boʻyicha koʻrsatish.
Obyektlarning sahifada koʻrinishini oʻzgartirish uchun Менежер обзора (View Manager) -koʻrinish dispetcheri ham foydalaniladi. Faqat uning imkoniyatlari boshqacharoq.
Koʻrinish dispetcheri Окна (Tools) menyu boʻlimidan Докеры papkasi ochiladi va Диспетчер видов buyrugʻi tanlanib ochiladi – soʻngra Менежер обзора (View Manager) - koʻrinish dispetcheri ekranning oʻng yonida chiqariladi. Bu koʻrinish dispetcheri foydalanuvchiga obyektlarning ma’lum qismlarining koʻrinishini eslab qolish imkonini beradi v u quyidagi boʻlimlardan iborat.



- masshtabni bir marta kattalashtirish imkonini beradi.
- masshtabni kattalashtiradi.
- masshtabni kichraytiradi.
- belgilangan obyektni kattalashtiradi.
- belgilangan obyektni kichraytiradi.
- kattaroq.
- kichkinaroq.


4) Obyektlar bilan ishlashning biz yuqorida oddiy, ommabop usullarini sanab oʻtdik.
Shu oʻrinda yana bir narsani aytib oʻtish joizki, Corel Draw dasturida bir qancha tushunchalar borki, ularni aytib oʻtmasdan boʻlmaydi.

  1. Линейка - uzunlik oʻlchov birligida ifodalangan, ishchi muhitdagi chiziqlar shaklidagi elementlarga aytiladi. Ularning oʻlchov birliklari uzunlik oʻlchov birliklari kabi boʻladi. Lekin, ular uzunlik oʻlchov birliklarida mavjud boʻlmagan oʻlchov birliklariga ham ega. Masalan: Дюйм (Inches) - 2,54 sm ga teng. Пики va Пунктlar (Picas; points) - пункт 0,35 mmga teng, piki esa 12 birlikka teng. Пиксели (Pixels) - grafik rasmning nuqtasi.

  2. Koordinata setkalari - ma’lum qadam birligidagi gorizontal va vertikal chiziqlar birlashmasi. Koordinata setkalarini ishga tushirish uchun Покозать (View) koʻrinish - Сетка (Girld) amallarini bajarsa kifoya.




Setkalar kattaligini oʻzgarish uchun quyidagi bajarish kerak:

  1. Окна - Инструментальная линейка - Строка состояния amallarini bajarish kerak.

  2. Stroka sostoyaniya – uskunalar holat qatoridan amallarini bajaring.

- Setkadagi kataklar oʻlchamlarini oʻzgartirish.
3. Bundan tashqari Okna menyu boʻlimidan Dokerы papkasidan Menedjer obyektov buyrugʻini ishga tushiramiz va ishchi oynaning oʻng tomonida quyidagi muloqat oynasini hosil qilamiz.

Свойства buyrugʻini ishga tushiramiz va quyidagi muloqat oynasi ochiladi.

Видимый soʻzi oldiga belgi qoʻyilgan boʻlsa, ishchi oyna ekranida setka tag fon sifatida koʻrinib turadi, aks holda koʻrinmaydi.
Применить все текущие изменения для Страницы boʻlimiga belgi qoʻyib Установки buyrugʻini bajarilishga beramiz va quyidagi muloqat oynasi hosil boʻladi.

Ushbu muloqat oynasidan ham setkaning oʻlchamlarini oʻzgartirishimiz mumkin.
Obyektlar ustida esa yanada murakkabroq faqat Corel Draw dasturiga xos ishlarni bajarish mumkin. Bu ishlarni bajarish jarayonida menyudan, klaviaturadan, sichqonchadan, «qurollar paneli»dan foydalanish mumkin. Foydalanuvchi oʻzi tanlaydi qaysi usuldan unga foydalanish qulay. Biz ham faqat ayrim, ommabop usullarini sanab koʻrsatib oʻtamiz.
Corel Draw dasturida obyektlar yaratish uchun, yuqorida aytib oʻtganimizdek, oynaning oʻng qismida joylashgan «qurollar paneli» foydalanamiz.


5) «Qurollar paneli»da joylashgan uskunalarlarga oʻtamiz. Chunki bu qurollar nafaqat obyekt yaratadilar, yoki obyektga ichki va tashqi rang beradilar, balki bu qurollarning qoʻshimcha imkoniyatlaridan foydalanib, biz belgilangan obyektlar ustida har xil amallarni bajarish imkoniga ega boʻlamiz.
«Qurollar paneli» quyidagilar uskunalardan iborat:
1. Указатель (Pick Tool) - obyektni belgilash.
2. Форма (Shape Tool-F10) - obyekt ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beradi (qirqib olish, oʻchirish, siqish). Bu tugma qoʻshimcha tugmalardan iborat. (Shu tugma ustiga sichqoncha koʻrsatkichi olib borilib, chap tugmasi bosib turilsa quyidagi buyruqlar chiqadi. Ichida keraklisi tanlab olinadi.

3. Масштаб (Zoom) - masshtabni oʻzgartirish imkonini beradi. Bu tugma vizifasi va imkoniyatlari toʻgʻrisida, mavzumizning yuqori qismida aytib oʻtgan edik.
Lekin bu tugmaning yana bir qoʻshimcha vazifasi bor, ya’ni 2-dagi ishlar bajarilib, tugma tanlansa, bu tugma bizga sahifani ekran boʻyicha joylashishini oʻzgartirish imkonini beradi. (chap tugma bosiq turilgan holda)
4. Живопись (Freehand Tool) - Ixtiyoriy chiziq chizish imkonini beruvchi buyruqlardan iborat uskular majmuasi, ya’ni: , bu tugmalarning har biri oʻzining alohida vazifasiga ega, lekin ularning barchasi qandaydir bir koʻrinishdagi egri chiziq chizish imkonini beradi.
5. Прямоугольник (Rectangle Tool-F6) - toʻrt burchak chizish imkonini beradi.
6. Эллипс (Ellipse Tool-F7) - ellips, aylana chizish imkonini beradi.
7. Полигон (Polygon Tool) - koʻpburchaklar, jadvallar chizish imkonini beradi. Bu tugma navbatdagi qoʻshimcha tugmalardan iborat va ular yordamida quyidagi figuralarni chizish mumkin:

Rasmda koʻrib turganinggizdek har bir tugmaga tegishli boʻlgan obyekt sahifada chizilib koʻrsatilgan.
8. Простые формы (Basic Chapes) - oʻziga xos rasmlarni chizish imkonini beruvchi buyruqlardan tashkil topgan.

9. Текст (TextTool-F8) - Matn yozish imkonini beradi.
10. Интерактивная перемещающая инструменты - (Interactive Blend Tool) - tayyor obyektlarni oʻzgartirish imkonini beruvchi buyruqlardan tashkil topgan. - bu tugmalarning hammasining oʻziga yarasha vazifasi bor.

  1. Интерактивное перетекание - berilgan obyektning oqimli nusxalarini hosil qilish.

  2. Интерактивное контур - berilgan obyektni oʻziga interfaol nusxalash.

  3. Интерактивное искажение - berilgan obyektni interfaol shaklda buzish.

  4. Интерактивная оболочка - interfaol qobiq shaklini bermoq.

  5. Интерактивное выдавливание - obyektga interfaollik berib shaklini oʻzgartirmasdan choʻzish.

  6. Интерактивная тень - obyektning interfaol soyasini hosil qilish.

  7. Интерактивная прозрачность - obyektning interfaol shaffofli(tiniq) koʻrinishini hosil qilish. Yuqorida qayd etib oʻtilgan turli koʻrinishdagi interfaol uskunalar yordamida berilgan obyektning oʻzgartirilgan nusxalarini gʻuyida namoish qilamiz.





11. Пипетка (Eyedropper Tool) - rang tanlash va fon berish imkonini beruvchi buyruqlardan iborat.
a) - obyektlardan rang tanlash imkonini beradi.
b) - fon berish imkonini beradi.
12. Инструмент контур (Outline Tool) - chiziqlar ustida har xil ishlarni bajarish imkonini beruvchi buyruqlardan iborat. - bu tugmalar ham oʻziga yarasha vazifani bajaradi.
13. Заливка (Fill Tool) - bu tugma belgilangan obyektlarning ichiga rang, har xil fonlar berish imkonini beruvchi buyruqlardan tashkil topgan. Bu tugmaning vazifalarini Свойства объекта (Objekt Properties) oynasi orqali ham bajarish mumkin.
bu tugmalarning har biri oʻziga xos vazifaga ega.
Ularning vazifalari va imkoniyatlari bilan yuqorida toʻliq tanishib oʻtilgan.
Интерактивная заливка сеткой (Interactive Fill Tool) - Gradiyent boʻyash. Bu ikki tipdan iborat. Bu tugmalar gradiyent boʻyash uchun ishlatiladi.
Nazorat savollari



  1. Obyekt deganda nimani tushunamiz?

  2. «Qurollar paneli» yordamida qanday ishlarni obyektlar ustida bajarish mumkin?

  3. Obyektlarni yaratishning qanday boshqa usullarini bilasiz?

  4. Klaviatura yordamida qanday qilib obyektlardan nusxa olib, nusxani qoʻyish mumkin?

  5. Qanday qilib boshqa dasturlardan Corel Draw dasturiga obyektlarni koʻchirish mumkin?

  6. Свойства объекта (Objekt Properties) - Obyekt xususiyatlari nimaga kerak?

  7. Свойства объекта (Objekt Properties) - Obyekt xususiyatlari qanday tugmalardan iborat va ular nima vazifani bajaradi?

  8. Obyektlarga ichki rang berishining yana qanday usullari mavjud?

  9. Obyektlarda chegarani oʻzgartirish uchun yana qanday usullardan foydalanish mumkin?

  10. Свойства объекта (Objekt Properties) - Obyekt xususiyatlari oynani qanday usullardan foydalanib ekranga chiqarib qoʻyish mumkin va qanday olib tashlash mumkin?

  11. Chiziq qalinligini, rangini, tipini oʻzgartirishning yana qanday usullarini bilasiz?

  12. Menyu bilan qanday ishlarni qanday bajarish mumkin?

  13. Obyektni joylashtirish deganda nimani tushunaiz ?

  14. Koʻrinish rejimlari necha xil boʻladi?

  15. Koʻrinish rejimlari imkoniyatlari nimadan iborat?

  16. Koʻrinish masshtabini oʻzgartirish uchun qaysi paneldan foydalaniladi va u panel qaysi tugmalardan iborat? Ularning vazifalarini sanab oʻting?

  17. Менеджер обзора (View Manager) - koʻrinish dispetcheri nima vazifani bajaradi, u qanday tugmalardan iborat va qanday vazifa bajaradi?

  18. Masshtabni oʻzgartirishning yana qanday usullarini bilasiz?

  19. Masshtabni oʻzgartirishni klaviaturadan va sichqondan foydalanib qanday qilish mumkin?

  20. «Qurollar paneli» nima vazifa bajaradi?

  21. Lineykaning oʻlchov birliklarini qanday oʻzgartirish mumkin?

  22. «Qurollar paneli»da mavjud boʻlgan tugmalarning vazifalarini klaviaturada qanday tugmalar yordamida bajarish mumkin?

  23. Koordinata setkalari deganda nimani tushunasiz?

Setka chiziqlari orasidagi masofani qanday oʻzgartirish mumkin?
Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish