Assalomu alaykum. Umumiy mavzuda berilayotgan maqolalarimizning endigisi veb brouzerlar haqida. Ushbu maqolada ularning kelib chiqish tarixi, turlari va ularning o‘ziga xos tomonlari haqida to‘xtalamiz.
Fikringizni bir joyga jamlab, tayyor turing, chunki, ushbu maqoladan so‘ng veb brouzeringizni o‘zgartirishga majbur bo‘lishingiz mumkin.
Veb brauzer?
Eslatma: maqola umumiy ma’noda brauzerlar haqida bo‘lganligi uchun har bir brauzerga to‘xtalib o‘tmaymiz, aksincha faqat taniqli brauzerlar haqida ma’lumot beramiz.
Web browser — inglizcha so‘z bo‘lib, "vebni ko‘zdan kechiruvchi”, "vebni ko‘rib chiquvchi” ma’nolarini beradi. Bizga bu so‘z rus tilidan kirib kelganligi, rus tilida esa "браузер” kabi aytilishini hisobga olib(hozircha) biz ham "brauzer” so‘zini ishlataqoldik. Turk tilida "Ağ tarayıcısı” kabi tarjimasi mavjud. "web” so‘zi esa "World Wide Web”(butunjahon to‘ri — WWW) ning qisqa ma’nodagi ko‘rinishi.
Veb brauzer butunjahon to‘rida joylashgan sahifani yuklash, tahlil qilish va uni ko‘rsatish, sahifalararo o‘tishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Veb brouzer biror sahifani yuklash va sahifaga ma’lumotlar yuborish uchun HTTP protokolidan foydalanadi. Ko‘pchilik brouzerlar FTP protokoli bo‘yicha ham ishlashadi: fayllar ro‘yxatini sahifa ko‘rinishida chop etadi.
Veb brouzer veb-sahifani(butunjahon to‘rida joylashgan sahifa) siz uchun qulay ko‘rinishda chop etadi — ma’lum qoidalar bo‘yicha rasmlarni, matnlarni(ularning ko‘rinishi, rangi, kattaligi va h.k.), ovoz yoki video ma’lumotlarini, turli animatsiyalarni mos tavishda joylashtirib chiqadi. Bundan tashqari, sahifadagi siz kiritgan ma’lumotlarni kerak joyga jo‘natish, boshqa sahifaga o‘tish, JavsScript kodlarini ishlatish kabi vazifalarni ham bajaradi.
Veb brauzerlarning qisqacha tarixi
Birinchi eng keng tarqalgan brauzer Mosaic bo‘lgan. Undan so‘ng Netscape Navigator brauzeri yetakchilik qildi. 1995-yili Microsoft kompaniyasi Windows 95 tarkibida Internet Explorer brauzerini chiqarish orqali Netscape Navigatorning yetakchiligiga katta xavf sola boshladi va bir necha yillardan so‘ng Netscape Navigator brauzeri deyarli foydalanishdan chiqib ketdi. Internet Explorer esa 95% ulush bilan dunyoning eng keng tarqalgan brauzeriga aylandi. Netscape Navigator kodini ommaga havola qilingandan so‘ng, u asosida Mozilla va Mozilla Firefox brauzerlari yaratildi. Hozirda foydalanuvchilar uchun juda ko‘p alternativ brauzerlar mavjud.
Internet Explover 9
Internet Explorer 9 - kutilmagan brauzer
Kutilganidek, Microsoft yaqinda Internet Explorer brauzerining 9 versiyasi betasini taqdim qildi. Brauzerning ushbu versiyasi uchun alohida
"Beauty of the Web" sayti ochilgan. Shu saytdan brauzerning operatsion tizimga mos variantini yuklab olish mumkin. Aytgandek, ushbu sayt
HTML5 bilan qilingan ekan, HTML kodiga qarab qo'yishni tavsiya qilaman.
Ammo, umuman kutilmagan ravishda Microsoft juda ajoyib, qiziqarli brauzerni taqdim qildi.
Ushbu versiya haqidagi shu paytgacha berilgan asosiy ma'lumotlar faqat veb dasturchilar va biroz texnik tomonlarni qamrab olardi.
HTML5, CSS3, SVG kabi texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash, ishlash tezligining oshishi, standartlarga to'liq javob berish va h.k.
Endi bilishimcha, Microsoft boshqa yoqimli yangiliklarni beta versiyaga saqlab qo'ygan ekan.
O'rnatish jarayonida dastur xatolik bilan chiqib ketishi mumkin. Bunda kompyuterni o'chirib-yoqishni tavsiya qilaman.
Afsuski, mening kompyuterimda o'rnatishning iloji bo'lmadi, shuning uchun, CNET dasturlar portalidan yuklab olishga majbur bo'ldim.
Agar sizda ham shu kabi muammo yuzaga kelsa, http://windows.microsoft.com/en-US/internet-explorer/download/ie-9/worldwide
sahifadan mosini yuklab oling.
Interfeys
Firefox'dagi kabi Ortga tugmasi kattaroq. Manzillar maydoni endi qidiruv tizimi vazifasini ham o'taydi(birinchi URL kiritishda
moslashni taklif qiladi IE9).
Ortga
Manzillar maydoni qidiruvi
Tablar soddaroq, biror tabni boshqa oynaga sudrash orqali ajratish mumkin. Tablar o'rnini almashtirish Safari yoki Chrome kabi.
Tablarning o'ng qismida uchta tugma mavjud(uy sahifaga, xatcho'plar va boshqaruv tugmalari):
Va nihoyat, Opera'dagi Speed Dial ushbu brauzerga ham yetib keldi. Yangi tab sahifasida eng ko'p tashrif buyurilgan saytlar
ko'rsatiladi. Qanchalik muhimligini ko'rsatuvchi indikator ham mavjud:
Parolni saqlab qo'yish uchun taklif brauzer oynasining quyi qismida chiqadi:
Windows 7 bilan integratsiya
Eng qiziqarli imkoniyati - saytlarni Windows 7 topshiriqlar paneliga biriktirib qo'yish mumkin. Buning uchun sayt ikonkasi IE9
manzillar maydonidan topshiriqlar paneliga sudrab qo'yiladi. Masalan, quyidagicha tus oladi panelda saytlar:
Ushbu ikonkalar bosilganda mos sayt IE9 orqali yuklanadi. Sayt ikonkasi brauzerning yuqori chap tarafiga joylashadi va o'tishni
boshqaruvchi tugmalar shu ikonka ranglariga moslashadi:
Twitter, Facebook, Blogger, IMDb
Bundan tashqari, saytlar Windows 7 topshiriqlar panelini boyitish uchun foydalanuvchi «Jump List»lardan ham foydalanishi
mumkin. Ushbu ro'yxat dasturda ko'p foydalaniluvchi amallarni topshiriqlar panelidagi dastur ikonkasi ustiga borganda ko'rsatadi.
Saytlar uchun quyidagicha bo'lishi mumkin:
Twitter va Facebook «Jump List»lari
Yutuqlari
Brauzer HTML5, CSS3 va boshqa standartlarni qo'llab-quvvatlashi juda quvonarli holat. Yillar davomida veb-ustalar uchun
bosh og'rig'i bo'lib kelgan ushbu brauzerning yangi versiyasi ancha xursand qiladi odamni. Lekin faqat yangi versiya chiqishi
bilan vaziyat o'zgarib qolmaydi, IE6, IE7'larning ulushi katta hali.
IE9'ning ishlash tezligi yuqori. Acid3 testida 95 ball oldi. Interfeysga kiritilgan o'zgartirishlar esa, brauzer ko'pchilikka
yoqishini ta'minlaydi. Ayniqsa, yuqorida ko'rilgan Windows 7 bilan integratsiya maqtovga loyiq.
Firebug analogi - Developer tools ham brauzerga biriktirilganligi uchun ishni ancha yengillashtiradi. Uskunaning joriy
versiyasida sahifani turli rejimlarda ham tekshirish mumkin.
Kamchiliklari
Ishlashida biroz nostabillik seziladi. Ba'zida o'chirib, qayta yoqishga to'g'ri keladi. Masalan, Facebook'ni umuman yuklamayapti menda.
Hozirgi yuzaki tahlil orqali kamchiliklarining hammasini ko'rib bo'lmaydi. Ma'lum vaqt sinovda turgandan so'ng xulosa chiqargan afzal.
Iye?!
Brauzer menda iliq taassurot qoldirdi. Endi uni topshiriqlar paneliga biriktirib qo'yishim mumkin.
Ora-orada turli saytlarni yangi brauzerda tekshirish qiziqarli. Bundan tashqari, kelajakda nisbatan ommaviylashishiga umid
qilish mumkin, demak, o'zimiz tayyorlaydigan saytlarni ham ushbu brauzerda qo'l uchida tekshirib qo'ygan yaxshi.
Do'stlaringiz bilan baham: |