Vaziyatli topshiriq «Dzintrans»



Download 16,85 Kb.
Sana26.03.2022
Hajmi16,85 Kb.
#512090
Bog'liq
Keys namuna


Vaziyatli topshiriq


«Dzintrans» ishlab chiqarish birlashmasida
marketingni tashkil qilish tajribasi
«Dzintrans» ishlab chiqarish parfyumeriya-kosmetika birlashmasi bosh direktori marketing vujudga keltirish va tashkil etish ilk tajribasi haqida so’zlab berdi. Birlashmada tovarlarni sotishning eng samarali tamoyil ishga asos qilib olingan: dastlab qanday iste’mol xususiyatlariga ega, potentsial xaridor qaerda va qancha miqdorda sotib olishga tayyor bo’lgan tovarni aniqlash va so’ngra korxona imkoniyatlarini hisobga olgan holda ushbu tovarni ishlab chiqarishni tashkillash-tirish lozim. Boshqacha qilib aytganda, birlashma iste’molchilar so’rovlari va didi uning yordamida hisobga olingan va ishlab chiqarish ularga yo’naltirilgan marketing amalga oshirgan.
Marketing bo’limi yaqindan tashkil etilganiga qaramay, tizimning o’zi 70-yillarda tashkil topgan edi. O’shanda bozor kon’yunkturasini sistematik tadqiq etish, xaridorlar, ulgurdi va chakana savdo xodimlari o’rtasida doimiy anketalar tashkillashtirish boshlangan edi. Keyinroq mahsulot iste’molchilari o’rtasida test o’tkazish uchun kompyuterlar qo’llana boshlagan. Bunday axborot tovar ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini aniqroq tartibga solish, mahsulotga bozorda muvaffaqiyatni ta’minlaydigan yangi xislatlar baxsh etishga imkon bergan. Shu tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan kompleksli maqsadli dasturlar mahsulotni ishlab chiqishdan tortib to uni yakuniy iste’molchiga yetkazib berishgacha bo’lgan barcha ishlab chiqarish bosqichlarini muvofiqlashtirgan.
Reklamaga bo’lgan yondashuvlar ham o’zgardi. Alohida reklama e’lonlaridan ommaviy reklamaga o’tish amalga oshirildi. Reklama kampaniyalari o’tkazish uchun matbuot, radio, televidenie, xalqaro ko’rgazmalar keng foydalanila boshladi. Birlashma tobora ko’proq turli tadbirlar – olimpiya o’yinlari, xalqaro kosmik parvozlar va h.k.da homiy sifatida ishtirok etmoqda. Bularning barchasi xaridorning muayyan tovarga, firmaning o’ziga ishonchini shakllantirishga imkon beradi.
Hozircha marketing bo’yicha mutaxassislar o’z ishining tashabbuskorlari hisoblanadi. Ularning orasidan muhandis va texnologlar, dasturchi va rassomlar o’rin olgan. Bu xizmat uchun malakali kadrlar tayyorlash hozirgi kunda eng zaif nuqtalardan biri sanaladi.
Shubhasizki, «Dzintrans» firmasida marketing xizmati rivojlanib, tajriba to’plab boradi. Istiqbolda faoliyatning muvaffaqiyatli bo’lishi uchun talabni bashorat qilishning o’zi kamlik qiladi, uni shakllantirish zarur bo’ladi. Bir so’z bilan aytganda, faqat xaridor istagan narsalarni ishlab chiqarishga o’rganish lozim.
Savollar:

  1. Nima deb o’ylaysiz, nima uchun aynan «Dzintrans» marketing salohiyatidan kompleksli va jiddiy foydalanishda birinchi qadamlar qo’ya boshladi?

  2. Bu yo’lda qaysi to’siqlar eng jiddiy sanaladi?

  3. «Dzintrans» tajribasida zamnoaviy korxonalar uchun nima dolzarb bo’lib qolmoqda?

  4. Siz korxona va firmalarda marketing shakllanishi qanday tajribalari bilan tanishsiz, ular «Dzintrans» birlashmasi tajribasiga nimasi bilan o’xshaydi va farq qiladi?

Download 16,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish