Vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Щербатых Ю.В. Психология стресса и методы его коррекции. –П., 2006



Download 1,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/41
Sana01.01.2022
Hajmi1,45 Mb.
#280913
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41
Bog'liq
osmirlik davrida stress holatlar diagnostikasi va korreksiyasi

Щербатых Ю.В. Психология стресса и методы его коррекции. –П., 2006

 



7

 Г. Селье. Д. Нутт. Стресс без дистресса. –М., 1998. 

 



20 

 

organizmda  buyrak  usti  bezlari  adrenalin  va  noadrenalin  ishlab  chiqara 



boshlaydi.Aynan  mana  shu  instinkt  natijasida  barcha  sistema  va  organlarida 

ma’lum bir fiziologik va psixologik o‘zgarishlar ro‘y beradi. 

 Shu  o‘rinda  shaxsda  stress  holatini  keltirib  chiqaruvchi  jihatlarni  turli 

psixologik  nazariyalar  asosida  ko‘rib  chiqamiz.  Ehtiyoj  natijasida  kurash  va 

qochishga  shaylangan  organizmning  holatini  fransuz  psixologi  A.Maslouning 

ehtiyojlar  ierarxiyasi  piramidasi  orqali  tushuntirib  o‘tish  joiz.  A.Maslou  shaxs 

hamma  vaqt  quyidagi  ehtiyojlarni  qondirish  natijasida  faoliyatini  amalga  oshiradi 

deb ta’kidlaydi va uni piramida shaklida tushuntirib o‘tadi:  

-  oziqlanishga nisbatan ehtiyojlar;  

-  himoyalanishga nisbatan ehtiyojlar; 

-  yaqinlikka nisbatan ehtiyojlar; 

-  hurmatga nisbatan ehtiyojlar; 

-  kognitiv va estetik ehtiyojlar

-  o‘z-o‘zini anglashga nisbatan ehtiyojlar. 

Shu ehtiyojlarni qondirilishi zamirida uchraydigan tashqi to‘siqlar, shaxsda 

to‘yinmaslik  tuyg‘usini  hosil  qiladi  hamda  organizmda  stress  holati  hosil 

bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 

Bundan tashqari shaxsdagi ruhiy buzilishlarni tushuntirish va tahlil qilishda 

Avstriyalik  psixofiziolog  Zigmund  Freyd  psixodinamik  nazariyasiga  to‘xtalib 

o‘tmasdan  iloji  yo‘q.  Freyd  psixologiya  faniga  butunlay  yangi  yondashuvni  olib 

kirdi,  u  odam  psixik  hayoti  markaziga  ongni  qo‘yish  o‘rniga  uni  ozgina  qismi 

suvning  tepasiga  chiqib  turgan  aysbergga  qiyoslaydi.  Freyd  odamlar  doimo 

ziddiyat holatida bo‘lishadi  va bu ziddiyatlarning sababi butunlay boshqa, psixik 

hayotning  yanada  kengroq  sohasi  bo‘lgan  –  anglanilmaydigan  jinsiy  va  agressiv 

mayllardadir  deydi.  U  birinchi  bo‘lib  psixikani  hech  qachon  o‘zaro  kelisha 

olmaydigan  instinkt,  mulohaza  va  ong  kuchlari  o‘rtasidagi  jang  maydoni  sifatida 

taqdim  qildi.  “Psixodinamik”  atamasi  aynan  ana  shu  shaxsning  turli  qismlari 



21 

 

o‘rtasidagi  doimiy  kurashga  ishora  qiladi. 



8

Freyd  inson  psixikasida  dastavval 

nisbatan  avtonom,  lekin  o‘zaro  faoliyatda  bo‘luvchi  ikkita  struktura,  ongsiz  “U” 

(“Ono”, “Id”) va ongli “Men” (“Ya”, “Ego”)ni ajratdi, keyinchalik ularga “Yuqori-

Men”  (Sverx-Ya)ni  yoki  Super-Egoni  qo‘shdi.  Freydning  fikricha  ruhiy 

buzilishlarning  bosh  sababi  “U”,  “Men”  va  “Yuqori-Men”  o‘rtasidagi  ziddiyat 

hisoblanadi. Ichki “U” instinktlar tizimi, “Men” aql 

nazorat  qiluvchi  tizim,  “Yuqori-Men”  barcha 

ijtimoiy munosabatlar tizimi. Shundan kelib chiqqan 

holda insonda ikkita asosiy instinkt mavjud: o‘zini-

o‘zi  saqlash  va  nasl  qoldirish.  O‘zini-o‘zi  saqlash 

instinktiga  quyidagi  instinktlar  kiradi:  ovqatlanish, 

o‘sish,  nafas  olish,  harakat  kabi  har  qanday 

organizmning  tirikligini  ta’minlaydigan  barcha 

hayotiy  funksiyalar.  Vaqtlar  o‘tishi  bilan  bu 

ehtiyojlarni  qondirilishi  uchun,  xavfsizlik  uchun 

toboro  vaqt  kamroq  sarflanadi  va  o‘z-o‘zini  saqlash 

instinkti  inson  hayotida  ahamiyatini  yo‘qota 

boshlaydi  birinchi  o‘ringa  ko‘payish  instinkti, 

psixoseksual  mayllar  chiqadi.  Boshqacha  aytganda 

“U”-ong  osti  yoki  ongsizlik  sohasi,  instinktiv 

mayllar  to‘plami,  “Men”-  bu  shaxs,  ong.  “Yuqori-Men”  ijtimoiy  axloq,  xatti-

harakat normalari, ijtimoiy ong, xulq.  

 “U”,  “Men”  va  “Yuqori-Men”  o‘rtasidagi  kurash  shaxsda  stress  holatini 

sodir bo‘lishiga olib keladi.  

Bundan  tashqari  shaxsdagi  individual-tipologik  xususyatlarning  shakllanish 

darajasi  ham  insonda  stressga  moyillikni  belgilab  beradi.  Yana  bir  taniqli 

psixologlardan  biri  G.Yu.Ayzenk  o‘zining  shaxs  tuzilishi  modelida  shaxs 

tuzilishini quyidagicha ifodalaydi: 

                                                 




Download 1,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish