Gen injeneriyasi yo‘li bilan olinadigan vaksinalar.
Bil yo‘nalishda olinadigan
omillar vaksinalaming 4-avlodi boiib, oxirgi 10- 15-yil ichida rivojlana boshladi,
bunda biotexnologiya fani erishgan muv affaqiyatlar- ning ahamiyati katta boidi.
To‘rtinchi avlod vaksinalami olishda quyi- dagilarga amal qilinadi: patogen
mikroorganizmlaming protektiv xossalariga javob beradigan antigeni aniqlanadi,
so'ngra bu antigenni sintez qiluvchi gen ajratib olinib, odam normal mikroflorasi
tarkibiga kiradigan bakteriya genomi (masalan, ichak tayoqchasiga yoki achitqi
zamburug‘lari)ga biriktiriladi. Mikroorganizm ko‘payishi jarayonida, kiritilgan
genning biomolekulalari ham sintez qilinadi, so‘ng bu omillar alohida ajratib
olinib, boshqa oqsillardan tozalanadi va vaksina sifatida ishlatiladi. Hozir achitqi
zamburug‘i genomiga kiritib, olingan gepatit В ga qarshi rekombinant vaksina
dunyoda keng qo'llanilmoqda. Yuqumli kasalliklar profilaktikasida bir necha
tarkibli vaksinalar ishlatiladi. Masalan, monovaksina bitta antigenga qarshi
11
tayyorlangan bo'lib, organizmni shu antigenga xos kasallik qo‘zg‘atuvchisidan
himoya qiladi (masalan, chinchechak, quturish, sil va qoqsholga qarshi
vaksinalar), divaksinalar ikkita antigen tutadi (bo'g'm a va qoqshol anatoksini),
trivaksinalar uchta antigendan tuzilgan, masalan AKDS (adsorbirovannaya
koklyushno, difteriynaya, stoblnyachnaya vaksina) ko'kyo'tal, bo'g'ma va
qoqsholga qarshi vaksina va boshqalar. Assotsiatsiya qilingan polivaksinalar
hozir birmuncha qulay va samarador vaksinalar hisoblanadi, chunki ular
organizmda bir vaqtning o'zida bir necha patogen mikroblarga qarshi immunitet
rivojlantiradi.
Autovaksina
vaksinaning o'ziga xos turi bo'lib, odamdan ajratib olingan
mikroorganizmlardan
tayyorlanadi.
Autovaksinalar
ko'pincha
surunkali
infeksiyalarni, jum ladan, surunkali stafilokokk, so'zak kasalliklarini davolashda
qo'llaniladi. Vaksinalar teri ustiga, teri ostiga, muskul orasiga, og'iz orqali, burun,
tomoq shilliq qavatlariga, yuqori nafas yo'llariga immunizatsiya qilinadi. Emlash,
yoshiga va epidemiologik holatga ko'ra o'tkaziladi. Gavda harorati ko'tarilganda,
og'ir yuqumli kasalliklardan so'ng, og'ir kechadigan surunkali infeksiyalarda,
yurak yetishmovchiligi va ba’zi a’zolar faoliyati buzilganda, homiladorlik
vaqtida, ko'krak suti bilan emizayotgan paytda, atopik shakldagi allergik
holatlarda, organizmda immuntanqislik kuzatilganda, stress va boshqalarda
emlash mumkin emas. Vaksinalarga qarshi kuchli immunitet hosil bo'lishi
organizmning immun sistemasiga, vaksinaning tarkibi va sifatiga, to'g'ri va yetarli
miqdorda yuborilganligiga, vaksinatsiya va revaksinatsiya qilish orasidagi vaqtga
bog'liq. U zoq davom etadigan surunkali kasalliklarni davolash uchun
mikroorganizmlarni
o'ldirib
tayyorlangan
vaksinalar,
anatoksin
va
mikroorganizm ekstraktlari qo'llaniladi. Masalan, gonovaksina, BSJ, tuber kulin,
stafilokokk anatoksini, IR S -19, bronxomunal va boshqalar. Bular immun
sistemasi faoliyatini kuchaytiradi va organizmni shu patogen mikroorganizm
antigenlariga nisbatan sezuvchanligini (desensibilizatsiya) kamaytiradi.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |