Suyuqlanish haroratini aniqlash
Moddaning suyuqlanish harorati deganda suyuqlanishning boshlanishi (erigan moddaning dastlabki tomchisi hosil bo’lishi) bilan suyuqlanishning tugashi (moddaning to’la suyuqlanishi) orasidagi harorat tushuniladi.
Dori moddasining kuzatilgan suyuqlanish harorati uning me’yoriy texnik hujjatda ko’rsatilgan suyuqlanish haroratiga mos kelishi lozim. Aksariyat hollarda suyuqlanish harorati oralig’i 2°C dan ortiq bo’lmasligi talab etiladi.
Suyuqlanishning boshlanish harorati yoki tugashi harorati noaniq bo’lgan taqdirda, suyuqlanishning boshlanishi yoki tugashi harorati aniqlanadi.
Qizdirish jarayonida parchalanib ketadigan moddalar uchun parchalanish harorati aniqlanib, bunda modda suyuqlanganida rangining o’zgarishi yoki ko’pirib ketishi kuzatiladi.
Davlat farmakopeyasining XI nashrida suyuqlanish haroratini aniqlashning 4 xil usuli keltirilgan.
1 - usul: qizdirishga chidamli, oson maydalanadigan qattiq moddalar uchun.
1a- usul: qizdirishga chidamsiz, oson maydalanadigan qattiq moddalar uchun.
2, 3 - usul: oson maydalanib kukun hosil qilmaydigan, yog’, mum, parafin, vazelin va smolalar uchun. 1-, 1 a- va 2 - usullar bilan suyuqlanish harorati ikki turdagi uskunalar yordamida aniqlanadi.
Birinchi turdagi uskuna 20°C dan 360°C oralig’idagi suyuqlanish haroratini aniqlash uskunasi elektr toki bilan qizdirishga mo’ljallangan PTP pribori deb ataladi, u quyidagi qismlardan iborat (1-rasm):
boshqaruv shiti va nomogrammali asos;
shishadan yasalgan qizdirish bloki;
optik qurilma;
termometrlar o’rnatiladigan moslama;
kapillarlar o’rnatiladigan moslama;
0,50C dan graduirlangan qisqartirilgan termometr;
elektr qizdirgichdan iborat qizdirish manbayi;
uzunligi 20 sm li kapillarlar.
Ikkinchi turdagi uskuna quyidagi qismlardan iborat:
haroratga chidamli shishadan yasalgan, hajmni 100 ml dan 150 ml gacha, bo’ynining uzunligi 20 sm, diametrik esa 3 – 4,0 sm bo’lgan yumaloq, tubli kolba;
kolbaning ichiga solinadigan, tubi kolba tubiga 1 sm yetmaydigan, diametrik 2,0 – 2,5 sm, haroratga chidamli shishadan tayyorlangan probirka;
0,50C dan graduirlangan shisha termometr;
qizdirish manbai (elektr qizdirgich yoki gaz gorelkasi);
kapillarlar.
Kolba yumaloq qismining ¾ hajmiga suyuqlik bilan to’ldirilib, bu suyuqliklar quyidagilar bo’lishi mumkin:
Vazelin moyi yoki siyiq silikonlar.
Suyuqlanish harorati 800C dan 2600C gacha bo’lgan moddalar uchun – konsentrlangan sulfat kislota.
Suyuqlanish harorati 2600C dan yuqori moddalar uchun – 3 qism kaliy sulfat va 7 qism konsentrlangan sulfat kislotadan iborat aralashma (massa birligida).
Tozalangan suv – suyuqlanish harorati 800C dan past bo’lgan moddalar uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |