amalga oshiriladi:
Joriy nazorat o‘rtacha arifmetik qiymatini hisoblash:
joriy nazoratning barcha baholari yig‘indisiga mustaqil ta’lim bahosi qo‘shiladi va darslar soni+mustaqil ta’lim yig‘indisiga bo‘linadi va qiymatlar zarur hollarda yaxlitlanadi:
JN(baholar yig‘indisi) + TMI(baho) : (18*+ 1** =19) = 4.7 yaxlitlanadi - 5
JN(baholar yig‘indisi) + TMI(baho) : (18*+ 1** = 19) = 4.4 yaxlitlanadi - 4
- dars soni; ** - mustaqil ta’lim.
Mashg‘ulotlar soni 14, 16, 17 yoki 20 ta bo‘lganda, ushbu songa 1 (mustaqil ta’lim) qo‘shiladi.
Oraliq nazoratni o‘tacha arifmetik qiymatini hisoblash:
Agar fandan ikkita oraliq nazorat o‘tkazilsa, unda ularning yig‘indisi ikkiga bo‘linadi va qiymatlar zarur hollarda yaxlitlanadi:
4 (1-ON) + 5 (2-ON) = 9:2 = 4.5 yaxlitlanadi - 5
4 (1-ON) + 3 (2-ON) = 7:2 = 3.5 yaxlitlanadi - 4.
Talabaning tugallangan fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning o‘rtacha arifmetik qiymatlari yig‘indisini 3 ga bo‘linadi va qiymatlar zarur hollarda yaxlitlanadi:
5 (JN) + 5 (ON) + 4 (YAN) = 14:3 = 4.66 yaxlitlanadi - 5
5 (JN) + 4 (ON) + 4 (YAN) = 13:3 = 4.33 yaxlitlanadi - 4
5 (JN) + 3 (ON) + 3 (YAN) = 11:3 = 3.66 yaxlitlanadi - 4
4 (JN) + 3 (ON) + 3 (YAN) = 10:3 = 3.33 yaxlitlanadi - 3
Talabaning tugallangan fan bo‘yicha nazorat natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati ((JN+ON+YAN):3) “baholash qaydnomasi”da (8-shakl) YAN ustuniga qayd etiladi va talabalarga stipendiya tayinlashda asos bo‘ladi.
O‘kuv rejasiga asosan bir necha semestr o‘qitiladigan fanlardan tugallanmagan semestr bo‘yicha talabaning o‘zlashtirish natijasi Baholash daftari (zachyotka)ga "o‘zlashtirdi” deb qayd etiladi.
Semestr yakuniga ko‘ra tugallanmagan fanlar bo‘yicha oraliq nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
YAkuniy nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan yoki Jurnalga “0” belgisi yozib qo‘yilgan hollarda ushbu baho yoki belgi talabaning Baholash daftariga yozilmaydi.
Jurnalning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq yuritilishi, shuningdek undagi baho va boshqa ma’lumotlarga asossiz o‘zgartirishlar kiritilmasligi uchun fakultet dekani va tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi masul hisoblanadi.
Tegishli o‘quv yili yakuni bo‘yicha ishchi o‘quv rejadagi fanlar bo‘yicha “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (a’lo) baho bilan baholangan talaba institut rektorining buyrug‘iga asosan keyingi kursga o‘tkaziladi.
Baholash natijalari kafedra yig‘ilishlari, fakultet va institut Kengashida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘zlashtirishini baholash tizimini 5 baho yoki 100 ballik tizim va ilg‘or xorijiy davlatlar oliy ta’lim tizimida qo‘llaniladigan baholash tizimiga qiyosiy taqqoslash hamda ularga o‘tkazish ”Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom”ning ilovasiga muvofiq jadvallar asosida amalga oshiriladi.
Talabalarning reyting ko’rsatkichlari oliy ta’lim muassasaning Ilmiy kengashida muntazam
ravishda muhokama etib boriladi va ular bo’yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi. Baholash mezoni 2020 yil 6.07 №21 kafedra yig’ilishida tasdiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |