Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Fizik tahlil usullaridan: suyuqlanish va qotish haroratini aniqlash.
Fizik tahlil usullaridan: modda zichligini va nur sindirish xususiyatlarini aniqlash.
Fizik-kimyoviy tahlil usullaridan elektr toki va issiqlik o‘tkazuvchanligini aniqlash.
Fizik-kimyoviy tahlil usullaridan moddalarning qaynash va erish haroratini aniqlash.
Kapillyar elektroforez usulida dori volsitalari tahlili.
Vizual kolorimetrik usulini dori vositalari tahlilida qo‘llanilishi.
Ekstraksion fotometriya usulini dori vositalari tahlilida qo‘llanilishi.
Differensial spektrofotometriya usulini dori vositalari tahlilida qo‘llanilishi.
Spektrofotometrik usulda spektral xarakteristikasini tuzish va unga funksional guruhlarni ta’sirini izohlash.
Nefelometriya usulini dori vositalari tahlilida qo‘llanilishi.
Kulonometriya.
Ion xromatografiyasi. Ion xromatogrofini tuzilishi. Dori vostalari tahlilida qo‘llanilishi.
Dori moddalarining rentgenstruktura tahlili.
Xarakterli kimyoviy siljishlar, ularning PMR spektrlari xolati va maydoni asosida dori moddasining miqdorini aniqlash.
Yadro magnit rezonans usulida dori vositalarini tahlil qilish.
Flyuorimetrik usulni dori vositalari tahlilida qo‘llanilishi.
Gaz xromato - mass spektroskopik usulda dori vositalari chinlik va miqdoriy tahlil qilish
Farmatsevtik tahlilda ihlatiladigan yordamchi qurilmalari
Talabaning mustaqil ishi o’rganilayotgan mavzu yuzasidan kengaytirilgan ma’lumotlarni yig’ish, buning uchun axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish, olingan ma’lumotlarni
mustaqil ravishda ishlab chiqish va aniq dori vositasining sifatini nazorat qilishda qo’llay olishdan iborat bo’lib, uning turlari va shakllari turli ko’rinishda bo’lishi mumkin. Mustaqil ishga mo’ljallangan mavzular va topshiriqlar talabaning mustaqil ishini tashkil etish bo’yicha kafedrada ishlab chiqilgan va muntazam yangilanib boradigan uslubiy qo’llanmalarda keng yoritilgan.
Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |