Вазирлиги тошкент фармацевтика институти


―Kasbiy ta‘lim metodikasi‖ fanidan talabalar bilimini reyting tizimi



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/158
Sana11.04.2022
Hajmi1,62 Mb.
#543477
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   158
Bog'liq
kasbiy talim metodikasi

―Kasbiy ta‘lim metodikasi‖ fanidan talabalar bilimini reyting tizimi 
asosida baholash mezoni. 
―Kasbiy ta‘lim metodikasi‖fani bo‗yicha reyting jadvallari, nazorat turi,
shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek
joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma'lumotlar fan 
bo‗yicha birinchi mashg‗ulotda talabalarga e'lon qilinadi. 
Fan bo‗yicha talabalarning bilim saviyasi va o‗zlashtirish darajasining
Davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini ta'minlash uchun quyidagi
nazorat turlari o‗tkaziladi: 
-
joriy nazorat (JN)
– talabaning fan mavzulari bo‗yicha bilim va
amaliy ko‗nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat 
fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg‗ulotlarda og‗zaki
so‗rov, test o‗tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini
tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‗tkazilishi mumkin;
-
oraliq nazorat (ON)
– semestr davomida o‗quv dasturining tegishli
(fanlarning bir necha mavzularini o‗z ichiga olgan) bo‗limi tugallangandan 
keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko‗nikma darajasini aniqlash va baholash
usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o‗tkaziladi va shakli (yozma, 
og‗zaki, test va hokazo) o‗quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib 
chiqqan holda belgilanadi; 
-
yakuniy nazorat (YaN)
– semestr yakunida muayyan fan bo‗yicha nazariy
bilim va amaliy ko‗nikmalarni talabalar tomonidan o‗zlashtirish
darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va
iboralarga asoslangan ―Yozma ish‖ shaklida o‗tkaziladi. 
ON o‗tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya 
ishtirokida muntazam ravishda o‗rganib boriladi va uni o‗tkazish tartiblari buzilgan
hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta 
o‗tkaziladi. 
Oliy ta'lim muassasasi rahbarining buyrug‗i bilan ichki nazorat va 
monitoring bo‗limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni 


o‗tkazish jarayoni muntazam ravishda o‗rganib boriladi va uni o‗tkazish 
tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin.
Bunday hollarda YaN qayta o‗tkaziladi.
Talabaning bilim saviyasi, ko‗nikma va malakalarini nazorat
qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo‗yicha o‗zlashtirish
darajasi ballar orqali ifodalanadi.
―Kasbiy ta‘lim metodikasi‖fani bo‗yicha talabalarning semestr davomidagi
o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. 
Ya.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N( MI).-55+5 ball va O.N.-10 ball qilib
taqsimlanadi. 
1.Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baxolashdan 
maqsad ta‘lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga 
erishish, talabalarning fanlarni o‗zlashtirishida bo‗shliqlar hosil bo‗lishini oldini 
olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. 
1.2. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
a) talabalarda Davlat ta‘lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‗nikma va 
malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; 
b) talabalar bilimi, ko‗nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari:
Davlat ta‘lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, xaqqoniylik, ishonchlilik va 
kulay shaklda baholashni ta‘minlash; 
v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda
o‗zlashtirishini tashkil etish va tahlil qilish; 
g) talabalarda mustaqil ishlash ko‗nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari 
manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; 
d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida
ma‘lum qilish; 
e) o‗quv jarayoninng tashkilish ishlarini kompterlashtirishga sharoit yaratish.. 
1.3. Fanlar bo‗yicha talabalar bilimini semestrda baxolab borish reyting
nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. 
1.4. Talabalar bilimini 100 balli reyting tizimi orqali baholash fanlarni chuqur 
o‗zlashtirish, topshiriqlar va uy vazifalarga ijodiy yondashish, mustaqil fikrlash va 
ishlashni ko‗zda tutuvchi, umumiy o‗quv yuklamasini hisobga olish, o‗z bilimi va 
ko‗nikmalarini muntazam ravishda oshirishga intilish, hamda adabiyotlardan keng 
foydalanish kabi xususiyatlarni shakllantirishga erishiladi. 
Talabalarning fanlar bo‗yicha o‗zlashtirishini baxolash semestr (o‗quv yili) 
davomida olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: 
-joriy baholash (JB) 
-
mashg‗ulotlardan bo‗sh vaqtda talabalar mustaqil ishini baholash 
-
oraliq baholash (OB) 
-
yakuniy baholash (YaB) 
Har bir fan bo‗yicha talabaning semestr (yil tsikl) davomidagi o‗zlashtirish 
ko‗rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. 
Ushbu 100 ball baholash turlari bo‗yicha quyidagicha taqsimlanadi: 
№ 
Baholash turi 
Maksimal ball 

Joriy baholash 
55 



Talabaning mustaqil ishi 


Oraliq baholash 
10 

Yakuniy baholash 
30 
JAMI 
100 
Talabaning fan bo‗yicha to‗plagan umumiy bali har-bir baholash turlarida 
to‗plagan ballar yig‗indisiga teng bo‗ladi. 
JORIY BAHOLASh (JB) 
JBda fanning har bir mavzusi bo‗yicha talabaning bilimi va ko‗nikmalarini 
aniqlab borish ko‗zda tutiladi va u amaliy, seminar mashg‗ulotlarida amalga 
oshiriladi. Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg‗ulot materiallarini 
o‗zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta‘limning interaktiv uslublarida 
qatnashishning faollik darajasi, shuningdek amaliy bilim va ko‗nikmalarni 
o‗zlashtirish darajasi (ya‘ni nazariy va amaliy yondashuvlar) hisobga olinadi. 
Har bir fan bo‗yicha o‗quv soatidan kelib chiqqan holda maksimal ball belgilanadi. 
Masalan, kasbiy ta'lim metodikasi fani misolida ko‗rsatamiz. Semestr davomida 14 
ta dars rejalashtirilgan, unda 11 ta JB o‗tkaziladi. Maksimal ball 5x11=55 ballni 
tashkil qiladi. 
JB har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda og‗zaki, yozma ish, 
test yoki ularning kombinatsiyasi shaklida amalga oshiriladi. 
Har bir mashg‗ulotda barcha talabalar baholanishi shart. 
JB da maksimal ball - 55 ball 
№ 
Baholash turi 
Foizda % 
Ballda 

JB (saralash) 
55 
30,2 

Qoniqarli 
56-70 
30,8-38,5 

Yaxshi 
71-85 
39-46,7 

A‘lo 
86-100 
47,3-55 
Talaba darsga kelib unga mutloq tayyorlanmaganida va muhokamada 
mutloq ishtirok etmaganida 1-2 ball qo‗yiladi. 
Saralash bali 55 balni tashkil etadi. 
TALABANING MUSTAQIL IShI (TMI) 
Talabaning mustaqil ishi O‘zR oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 
21.02.2005 yil 34-sonli buyrug‗i va institut rektori tomonidan 2013 yil 27 fevralda 
tasdiqlangan ―Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi 
to‗g‗risida Nizom‖ asosida tashkil etiladi. 
Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro‗yxatga olinadi va 1 yil 
mobaynida saqlanadi. 
Ijtimoiy fanlar kafedrasi barcha fanlar uchun talaba mustaqil ishining 
kafedra nizomi ishlab chiqiladi. Bunda talaba mustaqil ishining shakl va turlari, har 
bir ish turiga soatlarni taqsimlash va aniq baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
TMI maksimal ball 5 - ball 


№ 
Baholash turi 
Foizda % 
Ballda 

TMI 
55 
2,75 

Qoniqarli 
56-70 
2,8-3,5 

Yaxshi 
71-85 
3,5-4,2 

A‘lo 
86-100 
4,3-5 
ORALIQ BAHOLASh 
OB da fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo‗limi yoki qismi 
bo‗yicha mashg‗ulotlar o‗tib bo‗lingandan so‗ng, talabaning nazariy bilimlari 
baholanadi va unda talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni 
yechish qobiliyati aniqlanadi.
Semestr davomida 1 ta OB o‗tkaziladi. OBga o‗quv mashg‗ulotlaridan qarzi 
bo‗lmagan talabalar qo‗yiladi. 
OB kafedra majlisi qarori 
bilan yozma ish, test, og‗zaki suxbat 
shakllarida yoki ularning kombinatsiyalarida o‗tkazilishi mumkin. OB bo‗yicha 
belgilangan maksimal reyting balining 55%dan kam ball to‗plagan talaba YaBga 
qo‗yilmaydi.
OBga maksimal ball – 10 ball 
№ 
Baholash turi 
Foizda % 
Ballda 

OB 
55 
8,6 -10 

Qoniqarli 
56-70 
7,1-8,5 

Yaxshi 
71-85 
5,5-7,0 

A‘lo 
86-100 
5,5 
YAKUNIY BAHOLASh 
YaB da talabaning bilim, ko‗nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni 
doirasida baholanadi. YaB fan bo‗yicha o‗quv mashg‗ulotlari tugaganidan so‗ng 
o‗tkaziladi.
JB, TMI va OB ga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini 
to‗plagan talabaga YaB ga ishtirok etishga huquq beriladi.
YaB o‗tkazish shakli – test, og‗zaki, yozma ish yoki ushbu usullar 
kombinatsiyasida Ilmiy Kengash qarori bilan belgilanadi.
JB, OB va YaB turlarida fanni o‗zlashtira olmagan (55%dan kam ball 
to‗plagan) yoki uzrli sabablar bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan 
talabalarga quyidagi tartibda qayta baholashdan o‗tishga ruxsat beriladi: 
-
qoldirilgan amaliy mashg‗ulot kelgusi darsga qadar guruh o‗qituvchisiga qayta 
topshirish va maslahat kunida topshiriladi. 3ta mashg‗ulotni qoldirgan talaba 
fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshiradi.
-
semestr yakunida fan bo‗yicha saralash balidan kam ball to‗plagan talabaning 
o‗zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi. 
-
akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruxsatnomasi 
asosida qayta o‗zlashtirish uchun 2 hafta muddat beriladi. Shu muddat davomida 


o‗zlashtira olmagan talaba belgilangan tartibda rektorning buyrug‗i bilan talabalar 
safidan chetlashtiriladi (birinchi kurs talabalariga o‗quv yili yakunlari bo‗yicha 
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir). 
YaBga maksimal ball – 30ball 
№ 
Baholash turi 
Foizda % 
Ballda 

YaB 
55 
16,5 

Qoniqarli 
56-70 
21-16,5 

Yaxshi 
71-85 
25,5-21,3 

A‘lo 
86-100 
30-25,8 
RYEYTING NATIJALARINI QAYD QILISH TARTIBI 
Fandan reyting nazorati bo‗yicha yakunlovchi qaydnoma varaqasi (vedomost) 
fan tugagan kundan 1 kun muddatda kafedrada 2 nusxada to‗ldiriladi va mas‘ul 
xodim, kafedra mudiri tomonidan imzolanib, 1 nusxasi dekanatlarga topshiriladi. 
Talabaning fan bo‗yicha baholash turlarida to‗plagan ballari reyting 
qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining ―O‘quv 
rejasida ajratilgan soat‖ ustuniga fanga ajratilgan umumiy yuklama soatlari, 
―Fandan olgan baho‖ ustuniga esa, talabaning mazkur Nizomining 3.1. – bandiga 
muvofiq 100 ballik tizimdagi o‗zlashtirish bali qo‗yiladi. 
Talabaning saralash balidan past bo‗lgan o‗zlashtirishi ―Reyting 
daftarchasi‖da qayd etilmaydi. 
Dekanat va kafedralar tomonidan belgilangan tartibda fan bo‗yicha talabaning 
JB, OB hamda YaB turlarida ko‗rsatilgan o‗zlashtirish reyting ko‗rsatgichlarining 
monitoringi olib boriladi. O‘zlashtirish natijalari kafedralar tomonidan reyting 
nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi va belgilangan tartibda 
qaydnomalarga kiritiladi. Reyting nazorati ekranini tashkil etish va uni belgilangan 
muddatlarda to‗ldirish vazifasi kafedra mudiri va fakultet dekani zimmasiga 
yuklatiladi. 
Talabaning reyting ko‗rsatgichlari oliy ta‘lim muassasasining Ilmiy 
kengashida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va ular bo‗yicha tegishli 
qarorlar qabul qilinadi. 

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish