Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet59/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

a) sintaktik adekvatlik. U axborotning shakliy-tarkibiy xususiyatini aks ettirib, uning ma’nosi mohiyatiga dahldor emas. Sintaktik darajada axborot turi va uni yetkazib berish vositasi uzatish va qayta ishlash tezligi, axborotni berish kodlari o‘lchamlari, bu kodlaming mukammalligi, qayta ayiantirish aniqligi va hokazolar hisobga olinadi. Faqat sintaktik nuqtai nazardan qaraladigan axborot odatda ma’lumotlar, deb ataladi. Chunki bunda axborotning ma’no tomoni ahamiyatga ega emas. Ushbu shakl axborotning tashqi tarkibiy xususiyatlarini, ya’ni uning sintaktik tomonini idrok etishga ko'maklashadi.
Axborot miqdorini sintaktik darajada tizim holatining mavhumligi tushunchasini (tizim entropiyasini) qarab chiqmasdan aniqlab bo‘lmaydi. Haqiqatdan ham, u yoki bu tizim to‘g‘risidagi axborotni olish doimo axborot oluvchining ushbu tizim holatidan bexabarligi darajasi bilan bog‘liqdir.




§ 3.2. Axborot - iqtisodiy resurs sifatida


99


b) Semantik (ma’noli) adekvatlik. Ushbu shakl obyekt obrazi va obyektning o'zining muvofiqligi darajasini belgilaydi. Semantik adekvat­lik axborot ma’nosining mazmunini hisobga oladi. Ushbu darajada axborot ifoda etadigan ma’lumotlar tahlil qilinadi, ma’nosi, mazmunini aniqlash va uni umumlashtiriruvchi ma’noli aloqalar ko‘rib chiqiladi. Ushbu shakl axborotning xizmat qiladigan tushuncha va tasavvurlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Axborot ma’no-mazmunini o’lchash uchun, ya’ni uning Semantik darajasidagi miqdorini belgilash uchun tezaurus o’lchovi qo’llaniladi. Ushbu o'lchov axborotning Semantik xususiyatini axborotdan foydalanuvchining kelgan xabami qabul qilib olish qobiliyati bilan bog’liqdir. Buning uchun axborotdan foydalanuvchining tezaurusi tushunchasi ishlatiladi.
v) Pragmatik (iste’mol) adekvatlik. Ushbu shakl axborot va undan foydalanuvchining munosabatini, axborotning boshqarish maqsadlariga muvofiqligini ifodalaydi. Axborotning pragmatik xususiyatlari faqatgina axborot (obyekt), foydalanuvchi va boshqaruv maqsadining mushtarakligi mavjud bo’lgandagina yuzara keladi. Pragmatik adekvatlik shakli iste’molchi tomonidan o‘z maqsadiga erishish uchun qaror qabul qilish vaqtida axborotning qimmatliligi, foydaliligi bilan bog’liqdir. Adekvatlikning ushbu shakli axborotdan amaliyotda foydalanish, axborot maqsadi funksiyasining tizim faoliyati bilan bevosita bog’liqdir.
Axborotning pragmatik o‘lchovi iste’molchi tomonidan oldiga qo'ygan maqsadga erishish uchun axborotning foydaliligini (qimmatliligini) belgi- lab beradi. Ushbu o‘lchov ham u yoki bu tizimdagi axborotdan foydalanish xususiyatlari bilan bog'liq nisbiy ko'rsatkichdir (3.1-jadval).
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezen- tativligi, mazmundorligi, yetarliligi, aktualligi, o‘z vaqtidaligi, aniqligi, ochiqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy iste’mol sifat ko’rsatkichlari bilan bog’liqdir:

  1. axborotning reprezentativligi — obyekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadlarida uni to‘g‘ri tanlash va shakllantirish bilan bog’liqdir. Axborot reprezentativligining buzilishi ko‘p hollarda jiddiy xatolarga olib keladi;

  2. axborotning mazmundorligi — Semantik hajmini ifoda etadi. Axborot mazmundorligi ortishi bilan axborot tizimining Semantik o‘tkazish quwati ortadi, chunki bir xildagi ma’lumotlami olish uchun kamroq hajmda ma’lumotlami o’zgartirish talab etiladi;


Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish