Multimedia dasturlaripaketlari audio va video axborotlami aks ettirish va ishlab chiqish, ShKdan foydalanish uchun mo'ljallangan. Dasturli vo- sitalardan tashqari, kompyuter bunda xuddi shunday axborotlami kirish/ chiqish, uni raqamli shaklga aylantirishni amalga oshirishga imkon beruvchi qo‘shimcha platalar bilan jihozlanishi mumkin.
ShK uchun multimedia dasturlari ShK hisoblash imkoniyatlarining ancha o‘sishi va optik disklami ishlab chiqarish sohasidagi katta yutuqlar tufayli nisbatan yaqinda paydo bo'lgan. Gap shundaki, o'xshash axborotlami raqamli ko'rinishda taqdim etishda xotiraning katta hajmlari talab qilinadi: videofilmning bir necha daqiqasi xotiraning yuzlab megabaytini egallaydi. Tabiiyki, bunday katta fayl bilan faqat tez harakat qiluvchi protsessor mavjudligida ishlash mumkin. Bundan tashqari, bunday multimedia- ilovalaming tarqatlishi an’anaviy magnitli disklarda mumkin emas, buning uchun optik kompakt disklardan foydalanish mumkin.
Multimedia dasturlari orasida ikki kichikroq guruhlarni farqlash mumkin. Birinchisi o‘qitish va dam olish uchun mo‘ljallangan paketlami o‘z ichiga oladi. Ulaming turli-tumanliklari juda katta, bu dasturlaming bozori videomateriallarning sifati yaxshilanishi bilan birgalikda doimo kengaymoqda. Masalan, bilimlar sohasi bo‘yicha elektron ensiklopediyalar, xorijiy tillar, biznes, siyosat sohasida elektron o‘qituvchilar, ish va sarguzasht o‘yinlar yaratilmoqda hamda sotilmoqda.
Ikkinchi guruh multimedia tasavvurlari, namoyish qiluvchi disklar va stendli materiallar yaratish videomateriallami tayyorlash dasturlarini o‘z ichiga oladi.
Loyihalashtirishni avtomatlashtirish tizimlari—grafik tasvirlami ishlab chiqish bilan bog‘liq dasturlar paketlarining o‘zgacha turli-tumanligidar. Ular mashinasozlik, avtomobilsozlik va sanoat qurilishida konstruktorlik ishlarining loyihalarini avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan. Ushbu paketlar quyidagi asosiy vazifalami amalga oshirishni ta’minlovchi vositalar majmuiga ega:
176
5 - bob. Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendensiyalari
foydalanuvchilaming tarmoqda paket bilan jamoa bo‘lib ishlashi;
fayllaming barcha imkon bo‘lgan formatlarda eksporti-importini;
obyektlami masshtablashtirish;
obyektlami guruhlarga ajratish, harakatlantirish, kesish, o‘lchamlarini o‘zgartirish, qatlamlari bilan ishlashda ulami boshqarish;
qaytadan chizish (fonli, qo‘lda, uzilgan holda);
fayllarni kutubxonalar va chizmalarning kataloglari qismida boshqarish;
egri chiziqlar, ellipslar, chiziqlarning ixtiyoriy shakllari, ko‘p burchaklarni chizishga imkon beruvchi turli-tuman chizmachilik vositalaridan foydalanish, alomatlaming kutubxonalaridan foydalanish, yozuvlami yozish va h. k.;
ranglar bilan ishlash;
ayrim tadbirlarni kiritilgan makrotillardan foydalanish bilan avtomatlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |