Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 3,04 Mb.
bet272/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Islom Karimov

§ 15.1. AXBOROT TIZIMLARI. ULARNING
TURLARI VA TARKIBI
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud bo‘lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotlami talab etgan. Bu, ayniqsa ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne’matlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o‘z navbatida, u axborot tizimlarini takomilashtirish va rivojlantirishni rag'batlantiradi.
Iqtisodiy axborot tizimi nima ekanligini tushunib olish uchun eng avvalo uning iqtisodiy obyektni boshqarish tizimidagi tutgan o‘mini aniqlab olish lozim. Bu obyekt moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish bilan bog‘liqdir.
Boshqarishga ehtiyoj umumiy maqsadlarga erishish uchun birlashgan jamoaning ayrim a’zolari xatti-harakatini muvofiqlashtirish zaruriyati tug‘ilgandagina yuzaga keladi. Bunday maqsadlar quyidagicha bo‘lishi mumkin: raqobat kurashida boshqaruv obyektining yaxshi ishlashi yoki omon qolishi, eng ko‘p foyda olish, xalqaro bozorga chiqish va hokazolami ta’minlashdir. Maqsadlar avvaliga umumlashgan xususiyatga ega bo‘ladi, so‘ngra tuzatishlar jarayonida ular maqsadli funksiyalar ko‘rinishida boshqaruv apparati tomonidan formai lashadi.
Kibemetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv obyekti yig‘indisini (masalan, korxonalar) va boshqaruv subyekti, boshqaruv appara- tini o‘zida namoyon etadi. So‘ngisi maqsadlami shakllantiruvchi, rejalami ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablami moslashtiruvchi, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlardan tashkil topadi. Boshqaruv obyekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalami bajarish kiradi, ya’ni boshqaruv tizimining o‘zi shu ishlami amalga oshirish uchun tuzilgandir.
Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to‘g‘ri (T) va teskari (A) aloqalar bilan bog‘langan. To‘g‘ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv obyektiga yo‘naltiriladigan direktiv axborot oqimida ifodalanadi, aks aloqa




459


§ 15.1. Axborot tizimlari. Ulaming turlari va tarkibi
teskari yo‘nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlaming bajarilishi
haqidagi hisobot axboroti oqimida o‘z aksini topadi.

Direktiv axborot boshqaruv apparati tomonidan yuzaga kelgan
iqtisodiy vaziyat, atrof-muhit haqidagi axborot va boshqaruv maqsadlariga
muvofiq holda yaratiladi. Hisobot axboroti boshqaruv obyekti tomonidan
shakllantiriladi va ichki iqtisodiy vaziyat, shuningdek, unga tashqi muhit
ta’siri darajasi (to‘lovlaming ushlanib qolinishi, energiya uzatish, ob-havo
sharoitlari, ijtimoiy-siyosiy vaziyatning buzilishi va boshqalar)ni aks ettiradi.
Shunday qilib, tashqi muhit nafaqat boshqaruv obyektiga ta’sir ko'rsatadi,
balki u qarorlami tashqi omillar (bozorning holati raqobatchilikning
mavjudligi, foiz stavkalari darajasi, inflyatsiya darajasi, soliq va bojxona
siyosatijga bog‘liq bo‘lgan boshqaruv apparatiga ham axborot yetkazib
beradi.

Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma’lumotlarni
uzatish va saqlash, shuningdek ma’lumotlarni qayta ishlash bo’yicha
operatsiyalami bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o’zaro aloqasi
iqtisodiy obyektning axborot tizimini tashkil etadi (15.1-rasm).

Boshqaruv konturida axborot hajmlarining oshib borishi, uni kayta ish-
lashning murakkablashishi avvaliga kompyuterlami alohida operatsiyalarda
tatbiq qilish, so’ngra ulami qo'llashni kengaytirishga olib keldi. An’anaviy
axborot tizimi sifat jihatidan o'zgara boshladi. Boshqaruv apparatida
hisoblash texnikasi vositalarini qo'llash asosida yagona funksiyasi ishonchli
axborot bilan boshqarish jarayonini ta’minlash bo‘lgan yangi tuzilma
bo’linmasi paydo bo‘ldi. Shu tarzda boshqaruv konturida yanga axborot
oqimlari paydo bo‘ldi, eski oqimlar esa o‘z yo’nalishini qisman o’zgartirdi.
An’anaviy axborot tizimining bir qismi axborotni qayta ishlashni tobora
ko’proq avtomatlashtirish yo’nalishida sekin-asta, lekin izchil ravishda
shakllana boshladi.







Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish