Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari (AATex) —



Download 3,04 Mb.
bet216/375
Sana04.02.2023
Hajmi3,04 Mb.
#907765
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   375
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari

Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari (AATex) — boshqaruv vazifalarini hal qilish uchun rivojlangan dasturiy ta’minlanish, hisoblash texnikasi va aloqaning foydalanilgan vositalari hamda axborotlami mijozlarga taklif qilishning usullarini qo‘llash asosida axborotlami yig'ish, ro‘yxatga olish, uzatish, jamlash, qidirish, ishlab chiqish va himoyalash operatsiyalarini amalga oshirish usullari va vositalarining tizimiy tashkil qilingan majmuidir.
Texnologiya deganda keng ma’noda uch xil: axborotli, uskunaviy va ijtimoiy nuqtai nazarlami o‘z ichiga oluvchi moddiy boyliklami ishlab chiqarish haqidagi fan tushuniladi. Axborotli nuqtai nazar ishlab chiqarishning tamoyillari va usullarini bayon qilinishini, uskunaviy — ishlab chiqarish yordamida amalga oshiriladigan mehnat qurollarini, ijtimoiy — xodimlar va ulami tashkil qilishni amalga oshiradi. Tor sanoat ma’nosida, texnologiya deganda yakuniy mahsulotni olish maqsadlarida mehnat predmeti ustidan qilinadigan harakatlaming izchilligi tushuniladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tushunchasi milliy iqtisodiyotda yigirmanchi asming so‘nggi o‘n yilligida informatikaning vujudga kelishi jarayonlarida paydo bo‘lgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari axborotlami ishlab chiqish haqidagi fan sifatida axborotlami boshqa moddiy resurslar bilan bir qatorda butunlay haqiqiy ishlab chiqarish resursi sifatida ko‘rib chiqila boshlaganligi uchun vujudga kelgan. Buning ustiga, axborotlar va ulaming yuqori darajasi — bilimlarni ishlab chiqarish yangi sanoat texnologiyalarini zamonaviylashtirish va yaratishga hal qiluvchi ta’sir ko'rsatdi.
Insoniyat o‘zining rivojlanishi jarayonida, eng awalo, uning mehnatini engillashtiruvchi va samaraliroq qiluvchi mehnat qurollarini yaratishga e’tibor bergan. Shunday fikr mavjudki, dastlabki mehnat qurollarining paydo bo‘lishi va axborotlami almashtirishga ilk harakatlar o'rtasida insoniyat million yillik yo‘lni bosib o‘tgan.
Eng sodda axborot texnologiyalari paydo bo’lishiga yozuvning yuzaga kelishini kiritish mumkin. Bu, qoyalardagi rasmlar va po’stloq, papirusdagi rasm va belgilardir. Axborotlardan nusxa ko’chirishga imkon beruvchi va hozirgi vaqtda ham katta o‘rin egallovchi qog'ozli axborot texnologiyalari asrini




362


12 - bob. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tasniflanishi


ochgan kitobning bosib chiqarilishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishiga qudratli turtki bergan.
Axborot texnologiyasining bazaviy texnologiyasi quyidagilar: texnik ta’minot texnologiyasi, telekommunikatsiya texnologiyasi, dasturiy ta’minot texnologiyasi, dasturiy ta’minot texnologiyasi. Bu texnologiyalar hisoblash tizimlari va tarmoqlari arxitekturasining aniq variantlari doirasida birgalikda harakat qiladi va birlashadi. Ularning ayrimlari axborot texnologiyasi rivojlanishida hal qiluvchi rol o’ynaydi.





tarmoqlari
Texnologiyalar tarkihi


Shunday qilib, avtomatlashtirilgan axborot texnologiyasi texnik vositalardan, ko’proq kompyuterlar, kommunikatsiya texnikalari, tashkiliy texnika vositalari, dasturiy ta’minot, tashkiliy - uslubiy materiallar va texnologik zanjirga birlashgan personaldan iborat bo’ladi. Ushbu harakat zanjiri axborotlami yig’ish, uzatish, to’plash, saqlash, qayta ishlash, foydalanish va tarqatishni ta’minlaydi. Ushbu texnologiyalaming asosiy tarkib topishish 12.2 - rasmda keltirilgan.
Agar axborot tizimining butun hayotiy sikli ko’rib chiqiladigan bo'lsa, avtomatlashtirilgan axborot tizimi deganda, axborot tizimlarini, bazaviy, dasturiy, apparat va kommunikatsiya platformani loyihalash uslubiyati va texnologiyasi majmui tushuniladi.
Axborot texnologiyasining asboblari - bu foydalanuvchining maqsadga erishishini ta’minlaydigan ish texnologiyasi, ma’lum bir turdagi kompyuter uchun mo'ljallangan o‘zaro bog‘liq bir yoki bir necha dasturiy mahsulotlar sanaladi.




§ 12.1. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari


363


Har qanday axborot texnologiyasining maqsadi - belgilangan tashuvchi vositada talab qilingan sifat darajasida kerakli axborotlami olishdir. Ayni paytda axborotlami qayta ishlash jarayonining tezkorligi va ishonchliligi, axborot resursidan foydalanish jarayonining ko‘p mehnat talab qilishiga, ma’lumotlami qayta ishlash qiymatiga nisbatan cheklashlar bor.
Zamonaviy axborot texnologiyalari rahbarlarga, mutaxassislarga, texnik xodimlarga axborotlami qayta ishlash va qaror qabul qilishda, o‘z vaqtida ishonchli va kerakli hajmda axborot olish, avtomatlashtirilgan ofislar tashkil etish, kompyuterlar va aloqa vositalarini qo'llagan holda tezkor majlislami o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zamonaviy axborot tizimlarini yaratish imkonini beradi.
Axborotlami uzatish va almashtirishga ehtiyojni insoniyat o‘z rivojlanishining eng dastlabki pallalaridayoq sezgan. Agar boshida axborotlami uzatishni jadallashtirish uchun gulxanlar, choparlar, keyin pochta semaforli telegraf va boshqalardan foydalanilgan bo'lsa, elektr telegraf va telefonning kashf qilinishi bilan axborotlami uzatish imkoniyatlari tubdan o‘zgardi. Radio va televidenye, keyin kompyuterlar, aloqaning raqamli tizimlari va hisoblash tarmoqlarining kashf qilinishi, 1978 yilda birinchi ShKning kashf qilinishi va uning axborotlami jamlash, qayta o'zgartirish hamda uzatishnint xuddi uskunaviy vositasi sifatida benihoya tez tarqalishi va rivojlanishi yangi avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini amalda inson faoliyatining barcha sohalariga tatbiq etishga imkon berdi. Aloqa vositalari axborotlami ishlab chiqish, jamlash va aks ettirish sohasidagi yutuqlarini integratsiyalash AATexlarini shakllanishiga ko'maklashdi (12.3 - rasm).





12.3 - rasm. Texnik yutuqlar asosida AATexni shakllantirish.


AATexning asosini quyidagi texnik yutuqlar tashkil qiladi:
• magnitli va optik disklar kabi mashina manbalarida axborotlaming katta hajmlarini jamlash vositalarini yaratish;




364


12 - bob. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tasniflanishi


  • ■ amalda yer sharining istalgan nuqtasida axborotlarni qabul qilish, foydalanish va uzatishga imkon beruvchi radio va televizion aloqa, teleks, telefaks, aloqaning raqamli tizimlari kompyuter tarmoqlari, kosmik aloqa kabi turli xildagi aloqa vositalarini yaratish;

  • belgilangan algoritmlar bo‘yicha axborotlarni ishlab chiqish va aks ettirishga bilimlarni jamlash va generatsiyalashga imkon beruvchi kompyuterlami, ayniqsa, shaxsiysini yaratish.

AATexlari barcha axborot operatsiyalarini avtomatlashtirish doirasini oshirishga va demak, jamiyatning ilmiy-texnik taraqqiyotini jadallashtirishga yo‘naltirilgan.
Falsafiy ma’noda axborotlar haqiqiy dunyoning aks ettirilishidir; u bir haqiqiy obyekt boshqa bir haqiqiy obyekt haqida ega bo‘lingan ma’lumotlardir. Shunday qilib, axborot tushunchasi u aks ettirayotgan belgilangan obyektning xususiyati bilan bog‘liq.
Axborotlar matematik turdagi mavhum tushunchalami ham o‘z ichiga olishi mumkin. Ammo bir qator xususiyatlari axborotlarni moddiy dunyoga yaqinlashtiradi. Masalan, axborotlarni olish, yozish, uzatish, o‘chirish mumkin. Axborotlar yo‘qdan vujudga kelishi mumkin emas. Ammo axborotlarni real dunyodan ajratuvchi xususiyatlari bor. Axborotlarni bir tizimdan boshqasiga uzatishda uning uzatuvchi tizimdagi soni kamaymaydi, uzatuvchi tizimda uning soni qoidaga ko‘ra qo’paysa ham. Bundan tashqari axborotlarni uning manbalaridan mustaqilligi kuzatiladi, chunki turlicha jismoniy muhitlar bo‘yicha uning semantikasi, ya’ni mazmundorligi, mazmunidan qat’iy nazar turli-tuman jismoniy signallar yordamida o‘zgartirilishi mumkin. Har qanday moddiy obyekt haqidagi axborotlar kuzatish yo‘li bilan, tabiiy yoki hisoblash tajribasi yoki mantiqiy xulosa yo’li bilan olinishi mumkin. Shu munosabat bilan, axborotlar tajribagacha bo‘lgan yoki tajriba va dalillardan ayrim va tajribadan keyingi yoki tajriba va dalillarga asoslangan, o‘tkazilgan tajriba natijasida olinganlarga bo‘linadi.
Moddiy dunyoda axborotlar almashuvi, uning o‘zgarishi va uzatilishi sodir bo‘lishi uchun axborotlaming manbasi, uzatkich, aloqa kanali, qabul qiluvchi va axborotlar oluvchisi bo‘lishi kerak. Uzatish muhiti axborot manbasi va oluvchisini axborot tizimiga birlashtiradi (12.4 - rasm).
Bunday axborot-kommunikatsiya texnologiyalari nafaqat odamlar orasida vujudga keladi. Axborotlar almashish hayvonot va o‘simlik dunyosida ham sodir bo‘ladi. Agar inson axborot tizimlarining ishtirokchisi bo‘lsa, unda gap ma’naviy axborotlar, ya’ni inson tomonidan aks ettiriladigan axborotlar haqida ketadi.
Axborotlarni oluvchi uni axborotlardan qanday vazifa uchun foydalanishiga muvofiq baholanadi. Shu bois ham axborotlar nisbiylik xususiyatiga ega. Bitta axborotning o‘zi bitta oluvchi uchun chuqur ma’noga ega va g’oyatda qimmatlidir, boshqasi uchun esa oldindan ma’lum yoki




§ 12.1. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari


365


foydasizdir. Masalan, yuqori energiyali zarrachalar fizikasidagi so‘nggi yutuqlar haqidagi axborot yadrochi fizik uchun juda muhim va agronom uchun butunlay foydasizdir.





12.4-rasm. Axborotlami foydalanuvchiga yetkazib berish texnologiyasi.


Axborotlar turlari bo‘yicha tasniflanadi. Ilmiy axborot — bu tabiat, jamiyat va tafakkurning obyektiv qonunlarini eng to'liq aks ettiruvchi axborotdir. U olinish yoki foydalanish sohasi bo'yicha siyosiy, iqtisodiy, texnik, biologik, fizik, belgilanishi bo'yicha ommaviy va maxsusga bo‘linadi.
Tashkiliy boshqaruv tizimlarida kishilarni boshqarish bilan bog‘liq iqtisodiy axborot va texnik obyektlarni boshqarish bilan bog‘liq texnik axborotlar farqlanadi.
Iqtisodiy axborot moddiy boyliklar va xizmatlami ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish, avtomatlashtirilgan iste’mol qilish jarayonlarini aks ettiradi. Iqtisodiy axborot ko‘proq ijtimoiy ishlab chiqarish bilan bog‘liqligi sababli, u ko‘pincha ishlab chiqarish axboroti deb ataladi.
Iqtisodiy axborot natijaviy axborotning ko‘pgina turlarini olish uchun katta hajmi, ko‘p martalab foydalanilishi, mantiqiy operatsiyalaming katta soni va nisbatan murakkab bo'lmagan matematik hisob-kitoblar bilan ta’riflanadi.
Bozor munosabatlari sharoitlarida axborotlar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga o‘sib borayotgan talab shunga olib keladiki, axborotlami ishlab chiqishning zamonaviy texnologiyasi texnik vositalar va, eng avvalo, ShK, kommunikatsiya vositalarining juda xilma-xil turlarini qo‘llashga mo‘ljallangan. Ular asosida nafaqat axborotlami jamlash, saqlash, qayta ishlash, balki terminal qurilmalarni mutaxassis yoki qaror qabul qiluvchi rahbarning ish joyiga judayam yaqinlashtirish maqsadida turli konfiguratsiyalardagi hisoblash tizimlari va tarmoqlari tashkil qilinadi. Bu AATex ko‘p yillik rivojlanish yutug‘idir.
1950-yillaming oxirida EHMning paydo bo‘ lishi va ulardan foydalanish imkoniyatlarining jadallik bilan takomillashuvi boshqaruv mehnatini avtomatlashtirish, axborot mahsulot va xizmatlar bozorini shakllantirish uchun haqiqiy shart-sharoitlarni yaratdi. AATex rivojlanishi axborotlar ishlab chiqish va uzatish texnik vositalari yangi turlarining paydo bo‘lishi, EHM va ShK foydalanishning tashkiliy shakllarini takomillashishi,





366


12 - bob. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tasniflanishi


infratuzilmani kommunikatsiyalar yangi vositalari bilan to‘Idirilishi bilan parallel ravishda bordi. AATexning evolutsiyasi 12.2-jadvalda berilgan.

Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   375




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish