birinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, davlat muassasalari va xo‘jalik subyektlari, muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot xizmatlarini yo‘lga qo‘yish;
ikkinchidan, iqtisodiyot, fan, ta’lim va ijtimoiyot sohalarida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini keng ko‘lamda joriy qilishni ta’minlash asosida elektron hukumat uchun zamin yaratish;
uchinchidan, respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro axborot tarmoqlariga ulanishi asosida undagi milliy axborot resurslarining ulushini yuksaltirib borish.
Yuqoridagi uch asosiy tamoyildan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy vazifalar hal etilishi talab qilinmoqda:
axborotlarga tovar sifatida qarashni ta’minlovchi va rag‘batlantiruvchi huquqiy va iqtisodiy me’yorlami joriy etish;
axborotlami taqdim etish, saqlash va uzatishga oid xalqaro
standartlarga rioya qilish;
ushbu industriyani shakllantirish va rivojlantirish, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasi, dasturiy vositalar ishlab chiqarishni o'zlashtirish, ma’lumotlar bazasi va dasturiy mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yish, axborot xizmatlari bozorini shakllantirish;
ma’lumotlarni uzatish milliy axborot hisoblash tarmog‘i, davlat xizmati va tuzilmalari idoraviy tarmog'i, vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlar, xususiy va tijorat lokal axborot tarmoqlarini, ilmiy-texnikaviy fanlar, avtomatlashtirilgan ish o'rinlarini yaratish va rivojlantirish;
axborot tizimlarining eng yangi modellarini yaratish sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlami rag'batlantirish va qo‘llab-quvvatlash. Informatika industriyasining ko‘pgina vositalari chet mamlakatlardan
8
Kirish
keltirilayotgan bo‘lsa, ayrimlari esa o‘zimizning respublikada ishlab chiqarilmoqda. Respublikamiz milliy iqtisodiyoti bu sohasining keng rivojlanishida va yuqorida keltirilgan dolzarb masalalarni hal qiishda malakali kadrlar katta roi o‘ynamoqda. Ulami raqobatbardosh va zamon talablariga mos ravishda tayyorlashda zamonaviy darslik va o‘quv qo‘llanmalaming tanqisligi sezilib qolmoqda.
Hozirgi kunda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani respublikamizning barcha oliy o‘quv yurtlari talabalari tomonidan o‘rganilib kelinmoqda. Ushbu fanni o‘rganishda ham davlat tilidagi darsliklar yetishmayapti. Shuning uchun ham ushbu darslik mualliflari oldin chop etishgan “Iqtisodiy informatika” va “Axborot tizimlari va texnologiyalari” darsliklari va “Milliy iqtisodda axborot tizimlari va texnologiyalari” o‘quv qo'llanmalari negizida uni ikkinchi nashrga tayyorlashdi.
Mualliflar jamoasi ushbu darslikni yanada takomillashtirish borasida bildiriladigan barcha fikr va mulohaza hamda tanqidiy qarashlami bajonidil qabul qilishga tayyor.
Mualliflar ushbu darslikni tayyorlashda qimmatli maslahatlarini ayamagan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiklari |V.S.Qobulov|va T.F.Bekmuratovga, o‘z materiallari bilan ishtirok etgan professor M. Aripov, dotsentlar R.A. Dadabayeva, Sh. Hoshimxodjayev, katta o'qituvchilar Sh. Ermatov, D. Sobirova, A. Ishnazarov, O. Rixsimboyev, N. Shoahmedova, L. Ibragimovaga, assistent B. Saidovga, matnlami ShKga kiritishda katta yordam bergani uchun magistrant Sh.Jonodilov va talaba J.F.rkaboyevlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildiradi.
I BO'LIM
IQTISODIYINFORMATIKA
- BOB. AXBOROTLASHGAN JAMIYATNING SHAKLLANIB BORISH TENDENSIYALARI
§ 1.1. FANNING VUJUDGA KELISH TARIXI VA HOZIRGI KUNDAGI O'RNI
§ 1.2. AXBOROTLASHGAN JAMIYAT HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
§ 1.3. JAMIYATNING RIVOJLANISHIDA AXBOROTLASHTIRISHNING ROLI
§ 1.4. AXBOROTLASHTIRISHNING JAHON TAJRIBALARI
§ 1.5. JAMIYATNI AXBOROTLASHTIRISH BORASIDA MAMLAKATIMIZDA OLIB BORILAYOTGAN AMALIY ISHLAR
§ 1.6. TA'LIMNI AXBOROTLASHTIRISH JARAYONLARI
Kelajakda O'zbekiston yuksak darajada taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma'naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |