4-Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga musiqaviy tarbiya berish metodlari.
4-soat
Maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqaviy ta’lim – tarbiya berish metodlari va usullari.
Ko’rgazmalilik metodi.
So’zlab berish metodi.
Amaliy faoliyat metodi.
Metod va metodik usullardan turli yoshdagi guruhlarda foydalanish
Maktabgacha yoshdagi bolalarni musiqaga o’rgatishning bosqichlari
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga musiqaviy tarbiya berish metodlari.
Reja:
Maqsad - talabalarni musiqiy tarbiyasining metodik usullari bilan tanishtirish
Musiqa o’qitish metodi.
Unumli metodlar.
Musiqa ta’limining metod va usullarini tanlash odatda musiqaviy tarbiyaning vazifasi va mazmuniga qarab belgilanadi.
Musiqaviy tarbiya metodlarining tanlanishi bolalarning qaysi metodlarga tayangan holda bilim olishlariga ham bog’liqdir. Bunda birinchi manba musiqaning o’zi bo’lishi tabiiy, chunki
«faqat musiqagina insonda musiqaviy hissiyotlarni uyg’otishi mumkin». Bu borada bolalar bilan ishlash, dastlab, musiqa tinglash tajribasi va kunikmasini orttirib borishga qaratilgan buladi. Bolalarnig yoshi qanchalik kichik bo’lsa, ularda musiqa tinglash tajribasini orttirishga ketadigan davr ham shunchalik ko’tt buladi.
Bilim olishning ikkinchi manbai pedagog suzidir: bu so’z bolalarning musiqaviy obraz haqida yaxlit tassavurga yega bo’lishni, muzika asarining mazmunini aniq tushunib olishini
ta’minlaydi.
Uchinchi manba bolalarning bevosita musiqa bilan shugullanishidir, chunki musiqa bilan shugullanmasdan, uni mashq qilmasdan, qo’shiq aytish va muzikal-ritmik harakatlar qilish ko’nikmalarini yuzaga keltirish, shu soxa bilan bogliq bilimlarni o’zlashtirish ham mumkin emas. Binobarin,faqat praktik faoliyatgina har tomonlama rivojlanishga yerdam beradi, ijtimoiy hodisalarga to’g’ri munosabatni tarbiyalaydi, tashab buskor, ongli va aktiv bo’lishga imkon yaratadi.
Shunday qilib, biz musiqaviy tarbiya metodlarini tanlashda - jonli kuzatuvdan abstrakt fikrlashga va undan praktikaga qarab borishga tayanamiz.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqa ta’limi va tarbiyasi berishning o’zaro uzviy boglangan uchta metodi bor:
ko’rgazmali metodi;
so’zlab berish metodi;
amaliy faoliyat metodi.
Bu metodlarning har biri ma’lum spetsifik xususiyatlardan kelib chiquvchi qator usullarni o’z ichiga oladi. O’rganish protsessida ulardan qaysi birini tanlash muayyan musiqa mashg’ulotining konkret vazifasi, ijro yetilayotgan musiqa materialining murakkabligi, o’qitishning yetaplari va bolalarning umumiy taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi. Bolalarga turli metodik usullardan foydalangan holda musiqaviy ta’lim-tarbiya berishda pedagogik quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
bolalarga tavsiya yetilayotgan musiqa materialining badiiyligini va uning sifati ijrosini ta’minlash;
muayyan bolalar kollektivining o’ziga xosligini, uning umumiy va musiqaviy taraqqiyot darajasi, uyushqoqligini hisobga olish;
v) maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqani obrazli va aniq idrok yeta olishini e’tiborga olish;
g) asar mazmunini va musiqaviy ifoda vositalarini bolalar hissiyotini va ongiga yetkaza
bilish;
bolalarni aktivlashtirish, ularning yetiborini musiqa sadosiga torta bilish;
ga’lim berish jarayonida bolalarda musiqaviy obrazni idrok yetish qobiliyatini
tarbiyalash.
Yuqorida keltirilgan metodlarning har birini alohida ko’rib chiqaylik:
Do'stlaringiz bilan baham: |