Мактабгача таълим
муссасаси ўз фаолиятида
«Мактабгача таълим
муассасаси
тўғрисида»ги
Низом
Ўз Уставига
Ўзбекистон
Республикаси
Вазирлар
Маҳкамасининг
қарорлари ва
фармойишларига
2.Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayoni
qatnashchilari
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar, pedagog
xodimlar va vasiylik kengashi a’zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari
hisoblanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil
etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari davlat maktabgacha ta’lim
muassasasining ustavida belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi vasiylik kengashining faoliyati
O‘zbekiston
Respublikasi
Maktabgacha
ta’limvazirligi
tomonidan
tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi.
Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ota-
onalarni o‘z ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan
tanishtirishi shart.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan
shartnoma bolalarning davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lishi vaqtini,
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari
hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi.
Ota-onalar:
o‘z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, davlat maktabgacha ta’lim
muassasasida ta’lim berish tilini tanlash;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ta’lim-tarbiya berish
uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan
hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun
davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta’lim
muassasasidan olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga
ham ega bo‘lishlari mumkin.
Ota-onalar quyidagilarga majbur:
belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta’lim
muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovini o‘z vaqtida to‘lash;
bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalari
shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish, bolani davlat maktabgacha ta’lim
muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham olishlari mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari
o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va
unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida
olib boriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq
amalga oshiriladi.
Tegishli pedagogik ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy
sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar davlat maktabgacha ta’lim muassasasida
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan
shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquqlari,
majburiyatlari va imtiyozlari qonun hujjatlarida, davlat maktabgacha ta’lim
muassasasi ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
Xodimlarning vazifalari lavozim yo‘riqnomasi va tarmoq tarif-malaka
ma’lumotnomasida belgilab qo‘yiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi
huquqlarga ega:
davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda o‘z ustavida
belgilanadigan tartibda qatnashish;
o‘z kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham
ega bo‘lishi mumkin.
Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur:
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama
intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan
vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta’lim-tarbiya berish orqali
maktabgacha ta’lim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat
qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat,
atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;
o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda
takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham
olishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlariga ish haqi miqdorlari
(lavozim maoshlari) qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Muassasa rahbari
pedagog xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida ustamalar, qo‘shimcha haq hamda
boshqa to‘lovlar turi va miqdorlarini ish haqiga yo‘naltiriladigan mavjud
mablag‘lar doirasida belgilaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi pedagog xodimlar belgilangan
tartibda sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |