Vazirligi o‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


Ob’ektga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizimlar



Download 1,04 Mb.
bet18/95
Sana19.02.2023
Hajmi1,04 Mb.
#912791
TuriReferat
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95
Bog'liq
Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazm

Ob’ektga yo‘naltirilgan taqsimlangan tizimlar

Yuqorida qayd etilganidek, taqsimlangan tizimlarni yaratishda eng muhim masala bu oraliq muhit faoliyatini yaratish hisoblanadi.
Unikal oraliq muhitni yaratish ( ya’ni, har xil sistemaviy dasturiy ta’minot negizida shakllantirilgan kompyuterlarni yagona tizim shakliga keltirishni ta’minlaydigan muhitni yaratish) bir tarafdan katta xarajatlarni talab qiladi,


104




ikkinchi tarafdan - to‘liq bo‘lmagan yechimlar asosida yaratilgan tizim ko‘zlangan maqsadga javob bermay qoladi.
Yangi taqsimlangan tizimni yaratish uchun kam bo‘lmagan xarajatlar evaziga unikal oraliq muhit dasturiy ta’minoti (DT) ni yaratish o‘rniga oraliq sathga mos keladigan mavjud DT lardan foydalanish (middleware) maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ammo oraliq muhit uchun yaratilgan har qanday dasturiy ta’minot rejalashtirilgan oraliq muhit vazifasini bajaravermaydi.
Taqsimlangan tizimlar uchun o‘zining holati (ma’lumotlari) bilan xarakterlanuvchi ob’ektlarga bo‘linish va bu holatlarga kirishni ta’minlovchi interfeyslar juda muhim hisoblanadi. Chunki, bir mashinada joylashgan interfeys orqali boshqa mashinadagi resurslarga (ob’ektlarga) kirishga to‘g‘ri keladi. Boshqa so‘z bilan, har xil platformadagi kompyuterlarda saqlanayotgan ma’lumotlarga kirish uchun maxsus interfeys dasturlari talab etiladi.
Taqsimlangan ob’ektga bog‘langan foydalanuvchi ilovasi ishga tushganida uning manzil kengligida o‘rinbosar (proxy) deb nomlanuvchi ob’ekt interfeysi joriy etilishi axborotni taqsimlangan rejimda taqdim etilishini ta’minlaydi.
Ob’ektning muhim xususiyatlaridan biri - bu uning saqlanishi hisoblanadi. Saqlangan ob’ekt - bu o‘zining joriy serveri joriy kengligida bo‘lmay turib, ya’ni serverga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjudlikni davom ettiruvchi ob’ekt hisoblanadi. Amaliyotda bu shuni bildiradiki, ob’ektlar bilan ishlovchi server uni qo‘shimcha xotira qurilmasida saqlaydi. Server o‘zining ishini to‘xtatishi mumkin, ammo uni yangilab saqlangan ob’ekt holatini o‘qishi va unga yo‘naltirilgan so‘rovlarni qayta ishlashga kirishishi mumkin. Bunday hususiyatga ega bo‘lmagan ob’ektlar faqatgina ularni server boshqarganda mavjud bo‘ladi.
CORBA (Common Object Request Broker Architecture) andozasiga mos qilib yaratilgan dasturiy ta’minot TT oraliq muhitining yuqori talablariga javob beradigan dasturiy mahsulotlaridan biri hisoblanadi.
Bu ideologiyada tizim taqsimlangan ob’ektlar texnologiyasi negizida yaratiladi - tizim bir necha o‘zaro bir-birlari bilan munosabatda bo‘ladigan komponentalardan (ob’ektlardan) tarkib topadi.


105




TT lami taqsimlangan ob’ektlar texnologiyasidan foydalanib yaratishda ob’ektga yo‘naltirilgan usulning hamma afzalliklaridan foydalaniladi. Ular:

  • qayta ishlash jarayonlarining vaqtini qasqartirilishi;

  • xatolar sonini keskin kamayishi;

  • dastur komponentalarini qayta ishlatish mumkinligi;

  • kelajakda tizimni o‘zgartirish osonligi.

Bunday tizimlarning yana bir muhim afzalligi - «ingichka» mijoz ob’ektini yaratish mumkinligi hisoblanadi (2.5 - rasm). Dasturchilarga tizimdagi mavjud komponentalardagi resurslar asosida tez va samarali ko‘pfunksional ilovalarni yaratishlari uchun qulay imkoniyatlar yuzaga keladi, bu yangi tizimni ishlab chiqishda mablag‘larni sezilarli darajada iqtisod qilinishiga olib keladi.
Komponenta (modul) asosidagi taqsimlangan ilovalar bir-biriga bog‘lanmagan holda yaratilishi va o‘zgartirilishi mumkin. Butun tizim avtonom modullarga bo‘linadi, ular asosidagi faoliyat boshqalariga bog‘liq bo‘lmagan holda alohida bajarilishi, lekin kerak bo‘lganida bir modul boshqalari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi mumkin.
Buning uchun modullar (komponentalar) bunday munosabatlarga imkon yaratadigan maxsus protokol va interfeyslar bilan birgalikda ishlash qobiliyaiga ega bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Modullarda qo‘llanilgan usullar bir-biridan izolyatsiyalangani sababli, ular bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlab chiqiladi.
Shunday qilib, komponentani ishlatish darajasi tizimning boshqa qismidagi boshqaruv kodining xolatiga bog‘liq bo‘lmaydi. Bu xolat bir nechta komandalarni ilovalarning har xil bo‘limlari bilan parallel ishlashiga imkon yaratadi.
Tizimda modulli yondoshuv bo‘lganligi sababli, yuzaga kelgan muammoni yechish uchun ilovaning ma’lum bir funksional qismini almashtirish butun tizimni global o‘zgarishiga olib kelmaydi. Boshqaruv kodi faqat o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan modullarda o‘zgartiriladi. Bu sodda va tez bajariladi.
CORBA tizimining vazifasi - izolyatsiyalangan tizimlarning integratsiyasini amalga oshirish, ya’ni har xil tilda yozilgan va har xil tugunlarda ishlayotgan dasturlarni bir - biri bilan o‘zaro munosabatda ishlay olishlarini, xuddi dasturlarni


106


bitta jarayonning adres maydonida joylashib, birgalikda ishlayotganlaridek xolatini ta’minlab berish.


CORBA tizimi komponentalar (ya’ni, ob’ektlar) munosabatlarining infrastrukturasi OSI modelining taqdim etish va amaliy sathlarida tashkillashtiriladi. U taqsimlangan tizimning hamma ilovalarini ob’ektlar deb, qabul qilishga imkon yaratadi.
Ob’ektlar navbatma-navbat mijoz yoki server vazifasini bajarishlari mumkin - agar ob’ekt boshqa ob’ektdagi ilovaga so‘rov bilan murojaat qilsa - mijoz rolini, boshqa ob’ekt undagi ilovaga so‘rov bilan murojaat qilsa - server rolini o‘ynaydi.
CORBA ob’ekt modeli mijozlar va serverlar orasidagi munosabatlarni aniqlab beradi.
«Mijoz» ob’ekt modellari serverlar tomonidan taqdim etiladigan xizmatlarga so‘rov bilan murojat qiladigan ilovalar ko‘rinishida bo‘ladi.
«Server» ob’ekt modellari o‘z tarkibida bir muncha mijozlar tomonidan taqsimlanadigan xizmatlar to‘plamini saqlaydi. Bunday ob’ektlarning interfeyslari ma’lum bir ob’ekt klientlari tomonidan chaqirilishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar to‘plamini tavsiflaydi. Operatsiya so‘ralayotgan servisga yo‘l ko‘rsatadi.
«Server» ob’ektlarining faoliyati «Mijoz» ob’ekt modellari tomonidan so‘raladigan xizmatlarni bajaradigan ilovalar asosida tashkil etiladi.
CORBA modeli asosida ikki, uch darajali mijoz-server tizimlariga qaraganda ancha egiluvchan TT larni yaratish mumkin.
CORBA modelining asosiy komponenti bu ob’ekt so‘rovlarining brokeri (Object Request Broker - ORB) hisoblanadi.
Uning asosiy vazifasi - ob’ekt-mijoz so‘rovlarini bajarish mexanizmini taqdim etish, ya’ni - berilgan so‘rovga taalluqli ob’ektni qidirish, kerakli ma’lumotlarni jo‘natish, ob’ektni qayta ishlash jarayoniga tayyorlash. Broker mijoz va server ilovalari o‘rtasidagi munosabatlarning shaffofligini ta’minlaydi.
CORBA modeliga alternativ qilib, Microsoft Windows operatsion tizimi asosida TT ning oraliq muhitini tashkil etish maqsadida bir nechta ob’ektli modellar ishlab chiqilgan. Ular: Microsoft COM, DCOM, COM+, .NET.


107






  1. Download 1,04 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish