II bob. Prezidenti I.A.Karimov asarlarining yuksak ma’naviyatli shasni
shakllantirishdagi ahamiyati.
21
2.1. Yuksak ma’naviyatli shasni shakllantirishda yuksak axloqiy
meyorlar.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas
kuch” asarida bugungi kun yosh avlod ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy
mezonlar birma-bir batafsil ta’riflab berilgan.
22
Biz bu o’rinda kitobni to’liq
takrorlashga harakat qilmasdan
23
undagi eng muhim jihatlarga diqqatni qaratib
o’tamiz.
Ajdodlarimiz merosiga birinchi darajali ahamiyat ajratiladi: “Ajdodlarimiz
tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq
og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida
saqlanayotgan
ming-minglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix,
adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo,
astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho
asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega
bo’lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi.” Unda “Avesto” yodgorligi,
“Alpomish” dostoni, Navro’z bayrami kabi ko’hna tarixdan bizgacha yetib kelgan
ulug’ meros bag’rida yashiringan ibratli saboqlar, ularning bugungi kun yosh avlod
tarbiyasidagi ahamiyati batafsil ochib beriladi. SHunday qilib, yosh avlod
ma’naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar, yoki ma’naviy hayot mezonlari
deganda nimani tushunish kerakligi haqida Prezidentimizning yangi kitobida aniq
ko’rsatmalar berilgan. “Mezon” tarozu degani, ya’ni aniq o’lchov, meyor,
Yevropa terminologiyasida “kriteriy”. Demak, biz yoshlarning ma’naviy
tarbiyasida nimalarga tayanishimiz kerak, yoshlarga kimlarni ibrat qilib
ko’rsatishimiz durust bo’ladi, qaysi o’lchov, qanday meyorlarni asos qilib
olishimiz lozim – bular hammasi kitobda aniq ko’rsatib, nomma-nom sanab
berilgan. Bular – ulug’ ajdodlarimiz yaratgan ulkan va qutlug’ ma’naviy (ilmiy,
badiiy,
falsafiy)
meros,
ularning
ibratli
hayotlari,
muqaddas
dinimiz,
qadriyatlarimizda ifodalangan buyuk va boqiy haqiqatlar, yuksak tuyg’ular.
Prezident I.Karimov kitobida bu haqiqatlarni, bu tuyg’ularni yosh avlod
ongiga singdirishning uch tabarruk makoniga alohida e’tibor qaratadi: ularning
birinchisi –oila, ikkinchisi – mahalla, uchinchisi – ta’lim-tarbiya tizimi. Agar shu
uch makonda ma’naviy muhit ko’ngildagidek bo’lsa, hamma ish ko’ngildagidek
bo’ladi, agar ular tanazzulga qarab ketsa, butun jamiyat halokatga yuz tutadi.
Afsuski, muayyan sabablarga ko’ra bugungi kunda har uch makonda ham
muammolar ancha-muncha yig’ilib qolgan va ularni hal qilish, har uch makondagi
ma’naviy muhitni poklash, vaziyatni to’g’ri izga solish yo’lida bevosita
Prezidentimiz jonkuyarligi va tashabbuslari bilan, xalqimizning fidoiy farzandlari,
ayniqsa, haqiqiy ziyolilarimizning samimiy urinishlari bilan davlatimiz va faol
jamoatchiligimiz katta o’zgarishlarni amalga oshirmoqda. Hali bu yo’lda qiladigan
ishlar ko’p, ammo hozirdanoq bu sa’y-harakatlarning samaralari borgan sari
yorqinroq ko’zga tashlanib borayotganini ham mamnuniyat bilan e’tirof etish
mumkin.
22
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch, S.29-64.
23
Bu mavzuga “Ma’naviyatning rivojlanish tarixi” kitobida mufassal to’xtalinadi.
22
“Biz, - deydi Prezident, - iqtisodiy o’nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy
rivojlanishni ma’naviy o’nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish
harakatlari bilan tamomila uyg’un bo’lishini istaymiz”
24
. CHunki xalq ma’naviyati
o’nglanmaguncha, na ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda, na iqtisodiy sohada jiddiy
yangilanishlar quvvatga kirishi qiyin.
Ma’naviyat juda murakkab, serqirra, shu bilan birga xalq diliga nihoyatda
yaqin, tushunarli hodisa. Uni, bir tomondan, soxta «ilmiy» murakkab ta’riflar bilan
mavhumlashtirmay, shu bilan bir paytda siyqa, odmi «targ’ibot»ga aylantirmay,
xalq ongiga tiniq yetkazmoq, yosh avlod ruhiga esh qilmoq lozim. Bunda qanday
me’yorlarga rioya etish zarurligini 1992 yildayoq O’zbekiston Prezidenti aniq
tavsiflab bergan edi:
“Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
Vatanparvarlik”
25
.
Mustaqillik ma’naviyatining asosini tashkil etuvchi bu to’rt negiz o’zaro
chuqur ichki uyg’unlikka ega. SHu bilan birga bugungi kun uchun dolzarbligi
jihatidan alohida inson shaxsining o’z ichki imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi
masalasi birinchi o’ringa chiqib turipti. “Erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni
shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifadir”
26
, deb ta’kidladi
I.A.Karimov 1999 yili 14 apreldagi ma’ruzasida. Davlatimiz va Prezidentimizning
milliy ma’naviyatimizni rivojlantirishga e’tibori, aslida va birinchi navbatda, har
bir insonning haqiqiy erkinligini ta’minlashga bo’lgan asosli e’tiborini ko’rsatadi.
CHunki o’zligini anglamagan odam, unga qancha imkon va sharoit yaratib
bermang, voqean hur va ozod bo’la olmaydi. Ammo o’zligini anglash degani,
o’zining Vatanga, millatga, bashariyatga, Borliq haqiqatiga nisbatini to’g’ri
belgilay bilish degani, bunga erishish osonlik bilan bo’lmaydi. “Ma’naviyat
asoslari” fani ayni shu yo’nalishda bilim berishga qaratilgan.Prezidentning milliy
ma’naviyatimizni rivojlantirish va yosh avlod ma’naviy tarbiyasiga e’tibori keyingi
yillarda yanada kuchaydi. Uning 2008 yili “Ma’naviyat” nashriyotida chop etilgan
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli alohida asari bunga yana bir yorqin
dalildir. 4 bob, 174 sahifali bu kitobda “ma’naviyat” tushunchasiga oid
Prezidentning oldin bildirgan mulohazalari va ta’riflari chuqurlashtirilgan va
mukammallashtirib
bir
tizimga
keltirilgan,
ma’naviyatni
shakllantiruvchi
mezonlar, ma’naviy va moddiy hayot uyg’unligi kabi masalalar keng omma uchun
tushunarli shaklda batafsil bayon qilingan, yuksak ma’naviyatli insonlarning
hayotga munosabatlari va ularning ma’naviyati sayoz, hayotga yengil-elpi qarovchi
kishilardan farqi ochib ko’rsatilgan. Prezident o’z asarida milliy g’oya va
24
Karimov I.A. Asarlar. 3-jild, s. 35.
25
Karimov I.A. Asarlar. 1-jild, s. 76.
26
Karimov I.A. Asarlar. 7-jild, s. 381.
23
ma’naviyat nisbati, mustaqillik davri jamiyatimizdagi milliy-ma’naviy tiklanish va
yuksalish jarayoni, islohotlarning ma’naviy ahamiyati haqidagina emas, balki
bugungi kunda jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari sharoitida ma’naviy
tarbiya masalalari naqadar dolzarblashgani va endi bu masalalar faqat milliy
hududda chegaralanib qolmay umumbashariy muammoga aylanayotganiga jiddiy
e’tibor qaratadi.
Kommunistik aqidaparastlar diktaturasi 70 yil davomida, izchil sur’atda
million-million xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosatini olib bordi. Bu tuzum
turli millat, turli o’lkalarni majburiy ravishda bir partiya izmiga bo’ysundirgan
qurama
mamlakat
aholisini
millatsiz,
ma’naviyatsiz, mustaqil o’y-fikrsiz
“kommunizm
quruvchilari”
atalmish
qiyofasiz
mavjudotlarga,
dunyoga
hukmdorlik orzusida bo’lgan kichik bir guruhning irodasini quloq qoqmay ijro
etuvchi ulkan mexanizmning “parrak” va “vintcha”lariga aylantirish niyatida edi.
Va, aytish mumkinki, ushbu manfur niyatlar ancha-muncha amalga oshib ulgurdi,
ya’ni, XX asrning 70-yillariga kelib «Sovet Ittifoqi» atalmish ulkan bir hududda
voqean «manqurtlar saltanati» shakllandi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi Oliy
majlisining birinchi yig’ilishida Prezident I.A. Karimov bu haqda shunday fikr
bildirgan edi: “Bu tuzum o’z xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o’z
avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi.” Darhaqiqat, o’sha davrda
xalq ongiga “markscha-lenincha” totalitar mafkurani singdirish, uning barcha
faoliyatini markaz izmiga so’zsiz bo’ysundirish ishonib topshirilgan aksariyat
rahbarlar va ijtimoiy fan vakillari ayni shunday manqurtlarga tamomila aylanib
bo’lgan edi.
Insonlar ongining eski aqidalar asoratidan poklanishi oson savdo emas.
Ayniqsa, yurtning yetakchilari bo’lishi lozim bo’lgan ziyolilarimiz ruhiga singib
ketgan ko’nikmalarni yengib o’tish mashaqqati har qadamda sezilib qolyapti.
Insonlar tafakkurini eski andazalar, tor qoliplar tugal tark etishi qiyinchilik bilan
amalga oshmoqda. Tafakkurimiz, qarashlarimizdagi yangi tamoyillar hanuz ancha
yuzada, ongimizning sirtqi qatlamlarida qolib ketmoqda, ba’zan yangi
qadriyatlarni ham eski o’lchovlar bilan baholashga urinmoqdamiz.SHunday ekan,
yangicha,
mustaqil
tafakkur
zarurati
hanuz
dolzarb,
milliy
mafkurani
shakllantirish, xalq ma’naviyatini yuksaltirish bugunning ham eng muhim
vazifasidir. Sababi insonlar ongida tub o’zgarishlar yuz bermas ekan,
O’zbekistonning buyuk kelajagini qurish orzusi shirin xayolligicha qola beradi.
“O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz,- deb yozgan edi I.A.Karimov
mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq, - bu gul bilan qoplangan yo’l emas,
totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan
ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”.
27
27
Karimov I.A. Asarlar. 1-jild, s. 359.
24
Mustaqillik ma’naviyatining bosh mezoni, asos-poydevori mas’uliyat
tuyg’usidir. Ushbu tuyg’u, afsuski, ko’pchiligimizda yetishmaydi. Bu masalada
mustaqillikning dastlabki qadamlaridan barchaga namuna bo’lib kelayotgan shaxs
O’zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov bo’lib, bu lavozimga ilk
saylangan kunlaridan beri xalq ma’naviyatini yuksaltirishga birinchi darajali
e’tibor qaratib kelmoqda. Hali sho’rolar tuzumi to’la barham topmasidan 1990 yil
24 mart Oliy Kengash sessiyasida O’zbekistonda birinchi marta prezident lavozimi
joriy etilib, Islom Abdug’anievich Karimov ushbu lavozimga munosib topilgach,
O’zbekiston Prezidentining birinchi nutqidayoq “xalqni ma’naviy yuksaltirish,
insonni axloqiy va ma’naviy yuksaltirish” masalasi davlat rahbarining eng muhim
vazifalaridan ekanligi alohida ta’kidlab o’tgan edi.
28
Ma’naviyat degan so’zni
yuqori doiralarda ishlatish mutlaqo urf bo’lmagan o’sha zamonlarda bu mutlaqo
yangicha yondoshuv, katta jasorat edi.
Milliy mustaqilligimizning ikkinchi yilida Prezident “O’zbekistonning o’z
istiqlol va taraqqiyot yo’li” risolasini e’lon qildi. Ushbu kitobning alohida bobi
“Mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari” deb
nomlandi va unda ilk bor xalq ma’naviyatini rivojlantirish masalalari batafsil tahlil
etildi.
29
1995 yil fevral oyida ilk bor ko’ppartiyaviylik asosida o’tkazilgan erkin va
demokratik saylovlar hosilasi bo’lmish O’zbekiston respublikasi birinchi chaqiriq
Oliy majlisining birinchi yig’ilishida Prezident I.A.Karimov “O’zbekistonning
siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” mavzuida katta
ma’ruza qilib, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy rivojiga oid muhim masalalar
bilan bir qatorda millatning ma’naviy takomili yo’nalishida ham yangicha
yondoshuvlar, dolzarb muammolarning puxta o’ylangan yechimlarini xalq
namoyandalari muhokamasiga havola etdi. Ma’ruzaning “Yuksak ma’naviyat -
kelajak poydevori”
30
deb nomlangan faslida mustaqillikning dastlabki to’rt yilida
bu sohada erishgan yutuqlarni tilga olish barobarida kelajak yo’nalishlarni ham
batafsil tahlil etib berdi. “Endigi asosiy vazifa,-deb fikrini izhor etdi yurtboshimiz,-
kishilarimizning
mustaqil
fikrlashga
o’rganishi, o’ziga ishonchining orta
borishidir”
31
. Buning uchun har birimiz “bosib o’tgan yo’limizni tanqidiy
baholab”, “buyuk madaniyatimiz tomirlariga, qadimiy merosimiz ildizlariga
qaytib, o’tmishimizdagi boy an’analarni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq
etmog’imiz kerak”.
32
1994 yilda I.A.Karimovning “Istiqlol va ma’naviyat” nomli kitobi, 1997-98
28
Islom Karimov. Istiqlol va ma’naviyat, s. 65.
29
Karimov I.A. Asarlar. 1-jild, s. 76-85.
30
O’sha kitob, s. 33-42.
31
O’sha kitob, s. 34.
32
O’sha kitob, s. 7.
25
yillarda bu mavzu yanada mukammallashib, «Ma’naviy yuksalish yo’lida» («Na
puti duxovnogo Vozrojdeniya») kitobi o’zbek va rus tillarida nashr etildi
33
.
Prezidentning ushbu kitoblari tarkibida va undan keyin e’lon qilingan «Xalqni
Vatan manfaatlari birlashtiradi» (Yozuvchilar bilan suhbat), «Yuksak malakali
mutaxassislar – taraqqiyot omili» (O’zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi
Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining ochilishi marosimida so’zlangan
nutq), «Vatan –hamma narsadan mo’’tabar» (Mustaqillikning besh yilligidagi
bayram tabrigi), «Ma’naviy qadriyatlar va milliy o’zlikni anglashning tiklanishi»
(“O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari” kitobida), «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni
millat qilishga xizmat etsin» («Tafakkur» jurnali bosh muharriri savollariga
javoblar), «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» (Tarixchi olimlar bilan suhbat), «Milliy
istiqlol mafkurasi - xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir» («Fidokor»
gazetasi muxbiri bilan suhbat), «Egali yurt erkini bermas» (2000 yil avgust Oliy
majlis sessiyasida so’zlangan nutq), «Alloh qalbimizda, yuragimizda» kabi qator
asarlarida ma’naviyat masalalariga oid muhim fikrlar, yangicha g’oyalar olg’a
surilgan.
1994 yil bahorida “Ma’naviyat va ma’rifat” respublika jamoatchilik
markazini tuzish haqida Prezidentning Farmoni chiqdi. 1996 yil sentyabrda ushbu
markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida
yana alohida Farmon bo’ldi va uning asosida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror
qabul qildi. Nihoyat, 1999 yilga kelib, bu markaz Respublika Ma’naviyat va
ma’rifat kengashiga aylantirildi.
2008 yili “Ma’naviyat” nashriyotidan O’zbekiston Prezidentining Islom
Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli ma’naviyat
masalalariga bag’ishlangan alohida risolasi bosilib chiqdi. Kitob 4 bobdan iborat
bo’lib, “Ma’naviyat – insonning ulg’ayish va kuch-qudrat manbaidir” deb
nomlangan birinchi bobida “ma’naviyat” tushunchasi, ma’naviyatli va
ma’naviyatsiz insonlar, ma’naviyatni shakllantiruvchi mezonlar ma’naviy va
moddiy hayot uyg’unligi kabi masalalar keng omma uchun tushunarli tilda batafsil
bayon qilingan. Kitobning ikkinchi bobi “Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va
yuksalish” deb atalgan va unda avvalo milliy g’oyaning ma’naviy hayotdagi o’rni,
mustaqillik davri jamiyatimizdagi milliy-ma’naviy tiklanish va yuksalish jarayoni,
tilimiz va dinimiz, milliy va diniy bayramlarimiz mavqeining qayta tiklanishi,
islohotlarning ma’naviy ahamiyati haqida so’z boradi. Uchinchi bobga
“Ma’naviyatga tahdid – o’zimiz va kelajagimizga tahdid” deb nom qo’yilgan
bo’lib, unda ma’naviyat va ma’naviy tarbiya masalalari bugungi kunda jahonda
33
Islom Karimov. Ma’naviy yuksalish yo’lida. T.-«O’zbekiston»-1998 (Islam Karimov. Na puti
duxovnogo Vozrojdeniya. T.-«O’zbekiston»-1997)
26
kechayotgan globallashuv jarayonlari sharoitida naqadar dolzarblashgani va endi
bu masalalar faqat milliy hududda chegaralanib qolmay umumbashariy
muammoga aylanayotgani tahlil etiladi. Dunyodagi eng buyuk jasorat ma’naviy
jasoratdir, deb xulosa qiladi I.Karimov “Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam
poydevori” deb nomlangan oxirgi bobda. Prezidentning chuqur ishonchiga ko’ra
ma’naviy tarbiyaning ibtidosi har bir inson qalbiga quloq tutish va ko’ngliga yo’l
topishdan boshlanadi va bu sohada ziyolilarimizning o’rni va mas’uliyati o’ta
muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |