Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


II bob.   Prezidenti I.A.Karimov asarlarining yuksak ma’naviyatli shasni



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana02.08.2021
Hajmi0,57 Mb.
#136639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
milliy-manaviy tiklanishning yoshlar manaviyatini shakllantirishdagi ahamiyati

II bob.   Prezidenti I.A.Karimov asarlarining yuksak ma’naviyatli shasni 

shakllantirishdagi ahamiyati.  

 


 

21 


         2.1. Yuksak ma’naviyatli shasni shakllantirishda yuksak axloqiy 

meyorlar. 

 

O’zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimovning  “Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas 

kuch”  asarida  bugungi  kun  yosh  avlod  ma’naviyatini  shakllantiradigan  asosiy 

mezonlar  birma-bir  batafsil  ta’riflab  berilgan.

22

  Biz  bu  o’rinda  kitobni  to’liq 



takrorlashga  harakat  qilmasdan

23

  undagi  eng  muhim  jihatlarga  diqqatni  qaratib 



o’tamiz.   

        Ajdodlarimiz  merosiga  birinchi  darajali  ahamiyat  ajratiladi:  “Ajdodlarimiz 

tafakkuri  va  dahosi  bilan  yaratilgan  eng  qadimgi  toshyozuv  va  bitiklar,  xalq 

og’zaki  ijodi  namunalaridan  tortib,  bugungi  kunda  kutubxonalarimiz  xazinasida 

saqlanayotgan 

ming-minglab  qo’lyozmalar,  ularda  mujassamlashgan  tarix, 

adabiyot,  san’at,  siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, 

astronomiya,  me’morlik,  dehqonchilik  va  boshqa  sohalarga  oid  qimmatbaho 

asarlar  bizning  buyuk  ma’naviy  boyligimizdir.  Bunchalik  katta  merosga  ega 

bo’lgan  xalq  dunyoda  kamdan-kam  topiladi.”  Unda  “Avesto”  yodgorligi, 

“Alpomish”  dostoni,  Navro’z  bayrami  kabi  ko’hna  tarixdan  bizgacha  yetib  kelgan 

ulug’  meros  bag’rida  yashiringan  ibratli saboqlar, ularning bugungi kun yosh avlod 

tarbiyasidagi  ahamiyati  batafsil  ochib  beriladi.  SHunday  qilib,    yosh  avlod 

ma’naviyatini  shakllantiradigan  asosiy  mezonlar,  yoki  ma’naviy  hayot  mezonlari 

deganda  nimani  tushunish  kerakligi  haqida  Prezidentimizning  yangi  kitobida  aniq 

ko’rsatmalar  berilgan.  “Mezon”  tarozu    degani,  ya’ni  aniq  o’lchov,  meyor, 

Yevropa  terminologiyasida  “kriteriy”.  Demak,  biz  yoshlarning  ma’naviy 

tarbiyasida  nimalarga  tayanishimiz  kerak,  yoshlarga  kimlarni  ibrat  qilib 

ko’rsatishimiz  durust  bo’ladi,  qaysi  o’lchov,  qanday  meyorlarni  asos  qilib 

olishimiz  lozim  –  bular  hammasi  kitobda  aniq  ko’rsatib,  nomma-nom  sanab 

berilgan.  Bular  –  ulug’  ajdodlarimiz  yaratgan  ulkan  va  qutlug’  ma’naviy  (ilmiy, 

badiiy, 


falsafiy) 

meros, 


ularning 

ibratli 


hayotlari, 

muqaddas 

dinimiz, 

qadriyatlarimizda  ifodalangan  buyuk  va boqiy haqiqatlar, yuksak tuyg’ular.     

 Prezident  I.Karimov  kitobida  bu  haqiqatlarni,    bu  tuyg’ularni  yosh  avlod 

ongiga  singdirishning  uch  tabarruk  makoniga  alohida  e’tibor  qaratadi:  ularning 

birinchisi  –oila,  ikkinchisi  –  mahalla,  uchinchisi  –  ta’lim-tarbiya  tizimi.  Agar  shu 

uch  makonda  ma’naviy  muhit  ko’ngildagidek  bo’lsa,  hamma  ish  ko’ngildagidek 

bo’ladi,  agar  ular  tanazzulga  qarab  ketsa,  butun  jamiyat  halokatga  yuz  tutadi. 

Afsuski,  muayyan  sabablarga  ko’ra  bugungi  kunda  har  uch  makonda  ham 

muammolar  ancha-muncha  yig’ilib  qolgan  va  ularni  hal  qilish,  har  uch  makondagi  

ma’naviy  muhitni  poklash,  vaziyatni  to’g’ri  izga  solish  yo’lida  bevosita 

Prezidentimiz  jonkuyarligi  va  tashabbuslari  bilan,  xalqimizning  fidoiy  farzandlari, 

ayniqsa,    haqiqiy  ziyolilarimizning    samimiy  urinishlari  bilan  davlatimiz  va  faol 

jamoatchiligimiz  katta  o’zgarishlarni  amalga  oshirmoqda.  Hali  bu  yo’lda  qiladigan 

ishlar  ko’p,  ammo  hozirdanoq  bu  sa’y-harakatlarning  samaralari  borgan  sari 

yorqinroq  ko’zga  tashlanib  borayotganini  ham  mamnuniyat  bilan  e’tirof  etish 

mumkin.      

                                                                 

22

 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas  kuch, S.29-64.



 

23

 Bu mavzuga  “Ma’naviyatning  rivojlanish  tarixi” kitobida   mufassal to’xtalinadi.



 


 

22 


 

“Biz,  -  deydi  Prezident,  -  iqtisodiy  o’nglanish,  iqtisodiy  tiklanish,  iqtisodiy 

rivojlanishni  ma’naviy  o’nglanish,  ma’naviy  poklanish,  ma’naviy  yuksalish 

harakatlari  bilan  tamomila  uyg’un  bo’lishini  istaymiz”

24

.  CHunki  xalq  ma’naviyati 



o’nglanmaguncha,  na  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlarda,  na  iqtisodiy  sohada  jiddiy 

yangilanishlar  quvvatga  kirishi  qiyin. 

Ma’naviyat  juda  murakkab,  serqirra,  shu  bilan  birga  xalq  diliga  nihoyatda 

yaqin,  tushunarli  hodisa.  Uni,  bir  tomondan,  soxta «ilmiy» murakkab ta’riflar bilan 

mavhumlashtirmay,  shu  bilan  bir  paytda  siyqa,  odmi  «targ’ibot»ga  aylantirmay, 

xalq  ongiga  tiniq  yetkazmoq,  yosh  avlod  ruhiga  esh  qilmoq  lozim.  Bunda  qanday 

me’yorlarga  rioya  etish  zarurligini  1992  yildayoq  O’zbekiston  Prezidenti  aniq 

tavsiflab  bergan edi: 

“Umuminsoniy  qadriyatlarga  sodiqlik;  

Xalqimizning  ma’naviy  merosini  mustahkamlash  va rivojlantirish; 

Insonning o’z imkoniyatlarini  erkin  namoyon qilishi;   

Vatanparvarlik”

25



Mustaqillik  ma’naviyatining  asosini  tashkil  etuvchi  bu  to’rt  negiz  o’zaro 



chuqur  ichki  uyg’unlikka  ega.  SHu  bilan  birga  bugungi  kun  uchun  dolzarbligi 

jihatidan  alohida  inson  shaxsining  o’z  ichki  imkoniyatlarini  erkin  namoyon  qilishi 

masalasi  birinchi  o’ringa  chiqib  turipti.  “Erkin  fuqaro  ma’naviyatini,  ozod  shaxsni 

shakllantirish  masalasi  oldimizda  turgan  eng  dolzarb  vazifadir”

26

,  deb  ta’kidladi 



I.A.Karimov  1999  yili  14  apreldagi  ma’ruzasida.  Davlatimiz  va  Prezidentimizning 

milliy  ma’naviyatimizni  rivojlantirishga  e’tibori,  aslida  va  birinchi  navbatda,  har 

bir  insonning  haqiqiy  erkinligini  ta’minlashga  bo’lgan  asosli  e’tiborini  ko’rsatadi. 

CHunki  o’zligini  anglamagan  odam,  unga  qancha  imkon  va  sharoit  yaratib 

bermang,  voqean  hur  va  ozod  bo’la  olmaydi.  Ammo  o’zligini  anglash  degani, 

o’zining  Vatanga,  millatga,  bashariyatga,  Borliq  haqiqatiga  nisbatini  to’g’ri 

belgilay  bilish  degani,  bunga  erishish  osonlik  bilan  bo’lmaydi.  “Ma’naviyat 

asoslari”  fani  ayni  shu  yo’nalishda  bilim  berishga  qaratilgan.Prezidentning  milliy 

ma’naviyatimizni  rivojlantirish  va  yosh  avlod  ma’naviy  tarbiyasiga  e’tibori  keyingi 

yillarda  yanada  kuchaydi.  Uning    2008  yili  “Ma’naviyat”  nashriyotida  chop  etilgan 

“Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch”  nomli  alohida  asari  bunga  yana  bir yorqin 

dalildir.  4  bob,  174  sahifali  bu  kitobda  “ma’naviyat”  tushunchasiga  oid 

Prezidentning  oldin  bildirgan  mulohazalari  va  ta’riflari  chuqurlashtirilgan  va 

mukammallashtirib 

bir 

tizimga 


keltirilgan, 

ma’naviyatni 

shakllantiruvchi 

mezonlar,  ma’naviy  va  moddiy  hayot  uyg’unligi  kabi  masalalar  keng  omma  uchun 

tushunarli  shaklda  batafsil  bayon  qilingan,  yuksak  ma’naviyatli  insonlarning 

hayotga  munosabatlari  va  ularning  ma’naviyati  sayoz,  hayotga  yengil-elpi  qarovchi 

kishilardan  farqi  ochib  ko’rsatilgan.      Prezident  o’z  asarida  milliy  g’oya  va 

                                                                 

24

 Karimov I.A. Asarlar. 3-jild,  s. 35.



 

25

 Karimov I.A. Asarlar. 1-jild,  s. 76.



 

26

 Karimov I.A. Asarlar. 7-jild,  s. 381.



 


 

23 


ma’naviyat  nisbati,  mustaqillik  davri  jamiyatimizdagi  milliy-ma’naviy  tiklanish  va 

yuksalish  jarayoni,  islohotlarning  ma’naviy  ahamiyati  haqidagina  emas,  balki 

bugungi  kunda    jahonda  kechayotgan  globallashuv  jarayonlari  sharoitida  ma’naviy 

tarbiya  masalalari  naqadar  dolzarblashgani  va  endi  bu  masalalar  faqat  milliy 

hududda  chegaralanib  qolmay  umumbashariy  muammoga  aylanayotganiga  jiddiy 

e’tibor qaratadi.

 

 

Kommunistik  aqidaparastlar  diktaturasi  70  yil  davomida,  izchil  sur’atda 



million-million  xalqlarni  yalpi  manqurtlashtirish  siyosatini  olib  bordi.  Bu  tuzum 

turli  millat,  turli  o’lkalarni  majburiy  ravishda  bir  partiya  izmiga  bo’ysundirgan 

qurama 

mamlakat 

aholisini 

millatsiz, 

ma’naviyatsiz,  mustaqil  o’y-fikrsiz 

“kommunizm 

quruvchilari” 

atalmish 

qiyofasiz 

mavjudotlarga, 

dunyoga 

hukmdorlik  orzusida  bo’lgan  kichik  bir  guruhning  irodasini  quloq  qoqmay  ijro 

etuvchi  ulkan  mexanizmning  “parrak”  va  “vintcha”lariga  aylantirish  niyatida  edi. 

Va,  aytish  mumkinki,  ushbu  manfur  niyatlar  ancha-muncha  amalga  oshib  ulgurdi, 

ya’ni,  XX  asrning  70-yillariga  kelib    «Sovet  Ittifoqi»  atalmish  ulkan  bir  hududda 

voqean  «manqurtlar  saltanati»  shakllandi.  Mustaqil  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 

majlisining  birinchi  yig’ilishida  Prezident  I.A.  Karimov  bu  haqda  shunday  fikr 

bildirgan  edi:  “Bu  tuzum  o’z  xalqining  tarixini,  uning  ruhi  va  urf-odatlarini,  o’z 

avlod-ajdodini  bilmaydigan  manqurtlarga  tayanar  edi.”    Darhaqiqat,  o’sha  davrda 

xalq  ongiga  “markscha-lenincha”  totalitar  mafkurani  singdirish,  uning  barcha 

faoliyatini  markaz  izmiga  so’zsiz  bo’ysundirish    ishonib  topshirilgan  aksariyat 

rahbarlar  va  ijtimoiy  fan  vakillari  ayni  shunday  manqurtlarga  tamomila  aylanib 

bo’lgan edi.  

Insonlar  ongining  eski  aqidalar  asoratidan  poklanishi  oson  savdo  emas. 

Ayniqsa,  yurtning  yetakchilari  bo’lishi  lozim  bo’lgan  ziyolilarimiz  ruhiga  singib 

ketgan  ko’nikmalarni  yengib  o’tish  mashaqqati  har  qadamda  sezilib  qolyapti. 

Insonlar  tafakkurini  eski  andazalar,  tor  qoliplar  tugal  tark  etishi  qiyinchilik  bilan 

amalga  oshmoqda.  Tafakkurimiz,  qarashlarimizdagi  yangi  tamoyillar  hanuz  ancha 

yuzada,  ongimizning  sirtqi  qatlamlarida  qolib  ketmoqda,  ba’zan  yangi 

qadriyatlarni  ham  eski  o’lchovlar  bilan  baholashga  urinmoqdamiz.SHunday  ekan, 

yangicha, 

mustaqil 

tafakkur 

zarurati 

hanuz 

dolzarb, 



milliy 

mafkurani 

shakllantirish,  xalq  ma’naviyatini  yuksaltirish  bugunning  ham  eng  muhim 

vazifasidir.  Sababi  insonlar  ongida  tub  o’zgarishlar  yuz  bermas  ekan, 

O’zbekistonning buyuk kelajagini  qurish orzusi shirin  xayolligicha  qola beradi. 

“O’z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo’limiz,-  deb  yozgan  edi  I.A.Karimov 

mustaqilligimizning  dastlabki  yillaridayoq,  -  bu  gul  bilan  qoplangan  yo’l  emas, 

totalitarizm  merosidan  xalos  bo’lish  va  poklanish,  mafkuraviylik  illati  yetkazgan 

ziyon-zahmatlarni  bartaraf etishning  qiyin,  uzoq davom etadigan yo’lidir”.

27

 



                                                                 

27

 Karimov I.A. Asarlar. 1-jild,  s. 359.



 


 

24 


Mustaqillik  ma’naviyatining  bosh  mezoni,  asos-poydevori  mas’uliyat 

tuyg’usidir.  Ushbu  tuyg’u,  afsuski,  ko’pchiligimizda  yetishmaydi.  Bu  masalada 

mustaqillikning  dastlabki  qadamlaridan  barchaga  namuna  bo’lib  kelayotgan  shaxs 

O’zbekistonning    birinchi  Prezidenti    I.A.Karimov  bo’lib,  bu  lavozimga  ilk 

saylangan  kunlaridan  beri  xalq  ma’naviyatini  yuksaltirishga  birinchi  darajali 

e’tibor  qaratib  kelmoqda.  Hali  sho’rolar  tuzumi to’la barham topmasidan  1990 yil 

24  mart  Oliy  Kengash  sessiyasida  O’zbekistonda  birinchi marta prezident lavozimi 

joriy  etilib,  Islom  Abdug’anievich  Karimov  ushbu  lavozimga  munosib  topilgach, 

O’zbekiston  Prezidentining  birinchi  nutqidayoq  “xalqni  ma’naviy  yuksaltirish, 

insonni  axloqiy  va  ma’naviy  yuksaltirish”  masalasi  davlat  rahbarining  eng  muhim 

vazifalaridan  ekanligi  alohida  ta’kidlab  o’tgan  edi.

28

  Ma’naviyat  degan  so’zni 



yuqori  doiralarda  ishlatish  mutlaqo  urf  bo’lmagan  o’sha  zamonlarda  bu  mutlaqo 

yangicha  yondoshuv, katta jasorat edi. 

Milliy  mustaqilligimizning  ikkinchi  yilida  Prezident  “O’zbekistonning  o’z 

istiqlol  va  taraqqiyot  yo’li”  risolasini  e’lon  qildi.  Ushbu  kitobning  alohida  bobi 

“Mustaqil  O’zbekistonni  rivojlantirishning  ma’naviy-axloqiy  negizlari”  deb 

nomlandi  va  unda  ilk  bor  xalq  ma’naviyatini  rivojlantirish  masalalari  batafsil  tahlil 

etildi.

29

 



  

1995  yil  fevral  oyida  ilk  bor  ko’ppartiyaviylik  asosida  o’tkazilgan  erkin  va 

demokratik  saylovlar  hosilasi  bo’lmish  O’zbekiston  respublikasi  birinchi  chaqiriq 

Oliy  majlisining  birinchi  yig’ilishida  Prezident  I.A.Karimov  “O’zbekistonning 

siyosiy-ijtimoiy  va  iqtisodiy  istiqbolining  asosiy  tamoyillari”  mavzuida  katta 

ma’ruza  qilib,  mamlakatning  siyosiy  va  iqtisodiy  rivojiga  oid  muhim  masalalar 

bilan  bir  qatorda  millatning  ma’naviy  takomili  yo’nalishida  ham  yangicha 

yondoshuvlar,  dolzarb  muammolarning  puxta  o’ylangan  yechimlarini  xalq 

namoyandalari  muhokamasiga  havola  etdi.  Ma’ruzaning  “Yuksak  ma’naviyat  - 

kelajak  poydevori”

30

  deb  nomlangan  faslida  mustaqillikning  dastlabki  to’rt  yilida 



bu  sohada  erishgan  yutuqlarni  tilga  olish  barobarida  kelajak  yo’nalishlarni  ham 

batafsil  tahlil  etib  berdi.  “Endigi  asosiy  vazifa,-deb  fikrini  izhor  etdi yurtboshimiz,-

kishilarimizning 

mustaqil 

fikrlashga 

o’rganishi,  o’ziga  ishonchining  orta 

borishidir”

31

.  Buning  uchun  har  birimiz  “bosib  o’tgan  yo’limizni  tanqidiy 



baholab”,  “buyuk  madaniyatimiz  tomirlariga,  qadimiy  merosimiz  ildizlariga 

qaytib,  o’tmishimizdagi  boy  an’analarni  yangi  jamiyat  qurilishiga  tatbiq 

etmog’imiz  kerak”.

32

  



  

1994  yilda  I.A.Karimovning  “Istiqlol  va  ma’naviyat”  nomli  kitobi,  1997-98 

                                                                 

28

 Islom Karimov. Istiqlol  va ma’naviyat, s. 65.



 

29

 Karimov I.A. Asarlar. 1-jild,  s. 76-85.



 

30

 O’sha kitob,  s. 33-42.



 

31

 O’sha kitob,  s. 34.



 

32

 O’sha kitob,  s. 7.



 


 

25 


yillarda  bu  mavzu  yanada  mukammallashib,  «Ma’naviy  yuksalish  yo’lida»  («Na 

puti  duxovnogo  Vozrojdeniya»)  kitobi  o’zbek  va  rus  tillarida    nashr  etildi

33



Prezidentning  ushbu  kitoblari  tarkibida  va  undan  keyin  e’lon  qilingan  «Xalqni 



Vatan  manfaatlari  birlashtiradi»  (Yozuvchilar  bilan  suhbat),  «Yuksak  malakali 

mutaxassislar  –  taraqqiyot  omili»  (O’zbekiston  respublikasi  Prezidenti  huzuridagi 

Davlat  va  jamiyat  qurilishi  akademiyasining  ochilishi  marosimida  so’zlangan 

nutq),  «Vatan  –hamma  narsadan  mo’’tabar»  (Mustaqillikning  besh  yilligidagi 

bayram  tabrigi),  «Ma’naviy  qadriyatlar  va  milliy  o’zlikni  anglashning  tiklanishi» 

(“O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va 

taraqqiyot  kafolatlari”  kitobida),  «Jamiyatimiz  mafkurasi  xalqni  xalq,  millatni 

millat  qilishga  xizmat  etsin»  («Tafakkur»  jurnali  bosh  muharriri  savollariga 

javoblar),  «Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo’q»  (Tarixchi  olimlar  bilan  suhbat),    «Milliy 

istiqlol  mafkurasi  -  xalq  e’tiqodi  va  buyuk  kelajakka  ishonchdir»  («Fidokor» 

gazetasi  muxbiri  bilan  suhbat),  «Egali  yurt  erkini  bermas»  (2000  yil  avgust  Oliy 

majlis  sessiyasida  so’zlangan  nutq),  «Alloh  qalbimizda,  yuragimizda»  kabi  qator 

asarlarida  ma’naviyat  masalalariga  oid  muhim  fikrlar,  yangicha  g’oyalar  olg’a 

surilgan.   

1994  yil  bahorida  “Ma’naviyat  va  ma’rifat”  respublika  jamoatchilik 

markazini  tuzish  haqida  Prezidentning  Farmoni  chiqdi.  1996  yil  sentyabrda  ushbu 

markaz  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  va  samaradorligini  oshirish  to’g’risida 

yana  alohida  Farmon  bo’ldi  va  uning  asosida  Vazirlar  Mahkamasi  maxsus  qaror 

qabul  qildi.  Nihoyat,  1999  yilga  kelib,  bu  markaz  Respublika  Ma’naviyat  va 

ma’rifat  kengashiga  aylantirildi.   

2008  yili  “Ma’naviyat”  nashriyotidan  O’zbekiston  Prezidentining  Islom 

Karimovning  “Yuksak  ma’naviyat  –  yengilmas  kuch”  nomli  ma’naviyat 

masalalariga  bag’ishlangan  alohida  risolasi  bosilib  chiqdi.  Kitob  4  bobdan  iborat 

bo’lib,  “Ma’naviyat  –  insonning  ulg’ayish  va  kuch-qudrat  manbaidir”  deb 

nomlangan  birinchi  bobida    “ma’naviyat”  tushunchasi,  ma’naviyatli  va 

ma’naviyatsiz  insonlar,    ma’naviyatni  shakllantiruvchi  mezonlar  ma’naviy  va 

moddiy  hayot  uyg’unligi  kabi  masalalar  keng  omma  uchun  tushunarli  tilda  batafsil 

bayon  qilingan.  Kitobning  ikkinchi  bobi  “Mustaqillik  –  ma’naviy  tiklanish  va 

yuksalish”    deb  atalgan  va  unda  avvalo  milliy  g’oyaning ma’naviy hayotdagi o’rni, 

mustaqillik  davri  jamiyatimizdagi  milliy-ma’naviy  tiklanish  va  yuksalish  jarayoni, 

tilimiz  va  dinimiz,  milliy  va  diniy  bayramlarimiz  mavqeining  qayta  tiklanishi, 

islohotlarning  ma’naviy  ahamiyati  haqida  so’z  boradi.  Uchinchi  bobga 

“Ma’naviyatga  tahdid  –  o’zimiz  va  kelajagimizga  tahdid”  deb  nom  qo’yilgan 

bo’lib,  unda  ma’naviyat  va  ma’naviy  tarbiya  masalalari  bugungi  kunda    jahonda 

                                                                 

33

 Islom Karimov. Ma’naviy yuksalish  yo’lida.  T.-«O’zbekiston»-1998  (Islam Karimov. Na puti 



duxovnogo  Vozrojdeniya.  T.-«O’zbekiston»-1997) 

 



 

26 


kechayotgan  globallashuv  jarayonlari  sharoitida  naqadar  dolzarblashgani  va  endi 

bu  masalalar  faqat  milliy  hududda  chegaralanib  qolmay  umumbashariy 

muammoga  aylanayotgani  tahlil  etiladi.  Dunyodagi  eng  buyuk  jasorat  ma’naviy 

jasoratdir,  deb  xulosa  qiladi  I.Karimov  “Vatanimiz  taraqqiyotining  mustahkam 

poydevori”  deb  nomlangan  oxirgi  bobda.  Prezidentning  chuqur  ishonchiga  ko’ra 

ma’naviy  tarbiyaning  ibtidosi  har  bir  inson  qalbiga  quloq  tutish  va  ko’ngliga  yo’l 

topishdan  boshlanadi  va  bu  sohada  ziyolilarimizning  o’rni  va  mas’uliyati  o’ta 

muhimdir.   

 

 


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish