Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana02.08.2021
Hajmi0,57 Mb.
#136639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
milliy-manaviy tiklanishning yoshlar manaviyatini shakllantirishdagi ahamiyati

 

 

 

 



 

I bob.  Xulq-atvorda shaxs ma’naviyatining namoyon bo’lishi 


 



 



1.1  Xulq-atvor. Shaxs ma’naviy qiyofasida xulq-atvorning o’rni. 

 

O’zbekistonda  xalq  ma’naviy-axloqiy  merosining  jamiyat  hayotidagi  o’rni 



masalasiga  yangicha  qarash  jamiyatning  tadrijiy  rivojlanishi  uchun  nihoyatda  katta 

ahamiyatga  ega  ekanligi  tobora  ayon  bo’lib  bormoqda.  Qadim  davrlardan  to 

hozirgi  zamonamizgacha  yaratilib,  avlodlarning  ezgu  ishlariga  xizmat  qilib  kelgan 

boy  axloqiy,  siyosiy,  huquqiy  merosimizni,  milliy  qadriyatlarimiz,  urf-

odatlarimizni  o’rganib,  xalqqa  yetkazish,  kelajak  asoslarini  yaratishga  xizmat 

qildirish  muhim  vazifalardan  biri  bo’lib,  ulug’  allomalarimizning  axloq,  xulq-odob, 

ta’lim-tarbiya  masalalariga  oid  asarlari,  dono  va  ibratli  so’zlari,  pand-nasihatlari 

yosh  avlodni  barkamol  insonlar  qilib  tarbiyalashda  muhim  ahamiyatga  ega. 

“Axloqshunoslik”  bir  necha  ming  yillik  tarixga  ega  bo’lgan  qadimiy  fan.  U  bizda 

“Axloq  ilmi”,  “Odobnoma”  singari  nomlar  bilan  atab  kelingan.  Yevropada  esa 

“Etika”  nomi  bilan  mashhur,  biz  ham  yaqin-yaqingacha  shu  atamani  qo’llar  edik. 

Bu  termin  dastlab  “manzildoshlik”,  “yashash  joyi”,  keyinchalik  esa  “odat”,  “fe’l”, 

“fikrlash  tarzi”  singari  ma’nolarni  anglatgan  yunoncha  “ethos”  so’zidan  olingan 

bo’lib,  tarixda  birinchi  marta  Aristotelь  tomonidan  alohida  fan  nomi  sifatida 

ishlatilgan. 

O’zbek  tilida  biz  ishlatadigan  “axloq”  so’zi  lug’aviy  kelib  chiqishiga  ko’ra 

arab  tilidagi    “xulq”  so’zining  ko’plik  shaklini  anglatadi.  “Xalaqa”  –  arab  tilida 

“yaratmoq”,  “paydo  qilmoq”  ma’nosidagi  fe’l  bo’lib,  shu  ma’noda  Alloh  taolo 

“Xalloqi  olam”  ya’ni  butun  borliqning  yaratuvchisi  hisoblanadi.  Arab tilida “xoliq” 

–  “yaratuvchi”,  “maxluq”  –  “yaratilgan”  (ya’ni  Alloh  taolo  tomonidan  yaratilgan 

barcha  mavjudotlar,  jumladan,  inson  ham)  ma’nolarini  bildiradi.  “Xulq”  esa  ana 

shu  yaratilgan  mavjudotlardan  har  birining  o’ziga  xos  tabiatini  (tabiiy 

xususiyatlarini)  bildiradi.  Islom  mintaqa  madaniyatida  axloq  ilmi  insonlarning 

tabiiy  xislatlarini  yaxshi  tomonga  o’zgartirib,  axloqiy  fazilatlarga  aylantirish 

masalasini  birinchi  o’ringa qo’yadi. 

Ma’lumki,  inson  va  jamiyat  hayoti  uch  asosiy  soha  –iqtisod,  siyosat  va 

ma’naviyat  yo’nalishlarining  murakkab  chatishuvidan  tashkil  topadi.  SHu 

paytgacha  jahon  ilmida  iqtisod  va  siyosat  yo’nalishlari  chuqur  o’rganilgani  holda 

ma’naviyat  sohasi  alohida  yaxlit  voqelik  sifatida  yetarlicha  tadqiq  etilmadi  va 

alohida  fan  sifatida  shakllanmadi.  Bu  sohaning  muammolari  odatda  o’zaro 

bog’lanmagan,    chala-yarim  holda  “Falsafa”,  “Ruxshunoslik”,  “Jamiyatshunoslik”, 

“Tarbiyashunoslik”,  “Dinshunoslik”  kabi  qator  fanlar doirasida  tilga olindi. Ushbu 

fanlarning  barchasi  bilan  Yevropa  ilmida  uzoq  vaqt  ko’proq  faylasuflar 

shug’ullangani  va    turli  faylasuflar  tomonidan  Borliq  haqiqati  turlicha  talqin 

qilingani  tufayli  bu  fanlarning  har  biri  aslida  ma’naviyatga  oid  muammolarga  o’z 

asosiy  mavzulari  nuqtai  nazaridan  yondoshib,  noto’kis  xulosalar  bilan 

cheklanishga   majbur bo’lishgan.  

Shaxs – o’z ma’naviy  kamolot imkoniyatlarini  yuzaga chiqara boshlagan 

inson (Bu hodisa – o’zlikni  anglash  deb aytiladi.  SHu ma’noda, SHaxs – o’zligini 

anglay  boshlagan inson, deyish ham mumkin). 

Inson - ma’naviy  kamolot imkoniyatiga  ega bo’lgan moddiy mavjudot  (Insonning 



 

ijtimoiy  mavjudot ekanligi  ham uning  ma’naviy  kamolot imkoniga  ega ekanligidan 



kelib  chiqadi). 

 

Ma’naviyat  nuqtai  nazaridan  shaxs  tushunchasiga  yondoshuvimizda  ikki 



holatni  ko’zda tutish lozim:   

1)    Biz  har  bir  o’zga  insonni  shaxs  sifatida  qabul  qilmog’imiz  joiz,  chunki  

unga  yaratilishdan  bu  imkoniyat  Xalloqi  olam  tomonidan  berilgan.  O’zga  inson 

dilidagini  biz  bilmaymiz,  shu  sababli  zohiriy  ko’z  bilan  undan  xatolar  izlashimiz, 

unda ma’naviy  noqislik  ko’rishimiz  Inson odobiga, ma’naviyat talablariga  xilofdir. 

 2)  Har  bir  inson  o’zini  shaxs  sifatida  anglar  ekan,  tinimsiz  ma’naviy 

kamolot  imkoniyatlarini  yuzaga  chiqarish,  ya’ni  o’zligini  anglash  jarayonida 

bo’lmog’i  joiz  sanaladi.  Bu  jarayon  to’xtagan  onidan  uning  SHaxs  sifatidagi 

tanazzuli  boshlanadi.Hozirgi  davrda  O’zbekistonda  amalga  oshirilayotgan  tub 

o’zgarishlar  va  islohotlar  natijasida,  jahon  tsivilizatsiyasi  talablariga  mos  keladigan 

hamda 

milliy  ma’naviyatimiz  an’analariga  asoslangan,  yangicha  yashash 



tamoyillari  ustuvorligini  ta’minlash  vazifalari  hal  qilinmoqda.  Respublikamiz 

jahon  hamjamiyatining  teng  huquqli  a’zosi  sifatida  o’z  taraqqiyot  yo’lini  mustaqil 

belgilab  oldi.  O’tgan  davrning  sinfiy-partiyaviy  mezonlari  va  hukmron  mustabidlik 

mafkurasining  tamoyillari  o’tmishga  aylandi.  Ularning  o’rniga  yangicha  jamiyatni, 

ya’ni  demokratik  tamoyillarga  asoslangan  fuqarolik  jamiyatini  qurish,  jamiyat 

a’zolarining  maqsad-muddaolari,  orzu-intilishlari  va  kelajak  niyatlarini  ifodalovchi 

ma’naviy-axloqiy  rivojlanish  strukturasi  va  uning  omillari  shakllanmoqda.  Bugun 

bu  omillarning  samaradorligini  oshirishga  mazkur  jarayonlar  asnosidagi  turli 

muammolarni  hal  qilish,  turli  vazifalarni  yechish  bilan  bog’liq  bo’lgan  masalalar 

dolzarbligi  bilan  ajralib  turibdi. 

 

O’zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgan  dastlabki  kunlardanoq 



xalqimiz  ma’naviy-axloqiy  merosini  qayta  tiklash  va  undan  jamiyatni  ma’naviy 

yangalashda  unumli  foydalanish  zarurati  tug’ildi.  CHunki,  “jamiyat  taraqqiyotidagi 

har  qanday  o’zgarishlar,  yangiliklar,  ayniqsa,  insoniyat  rivojiga  turtki  beradigan 

jarayonlar,  kashfiyotlar  o’z-o’zidan  yuz  bermaydi.  Buning  uchun  avvalo  asriy 

an’analar,  tegishli  shart-sharoit,  tafakkur  maktabi,  madaniy-ma’rifiy  muhit  mavjud 

bo’lmog’i  kerak.  Millatning  tabiatida,  qonida,  nasl-nasabida  ezgulik  va  ma’rifat 

sari intilish  mafkurasi  va qonuniyati  jo’sh urishi  lozim.”

1

 



Respublikamiz  Prezidenti  I.A.  Karimov,  –  “har  bir  kishi,  millat,  xalq  o’z 

tarixini  bilishni  istaydi,  shuning  uchun  olimlarimiz  o’zbek  xalqining  tarixiy 

o’tmishi,  o’zligi,  ma’naviyati  va  madaniyati  to’g’risida  ilmiy  yaxlit  kontseptsiya 

yaratishlari  zarur,”

2

  –  deb  ta’kidlaydi.  “Biz  xalqni  nomi  bilan  emas,  balki 



madaniyati, 

ma’naviyati  orqali  bilamiz,  tarixining  tag-tomirigacha  nazar 

tashlaymiz.”

3

  Yurtboshimizning  fundamental  ahamiyatga  ega  ushbu  ko’rsatmalari 



o’tmish  ajdodlarimiz  yaratgan  ma’naviy-  axloqiy  merosni  chuqur  o’rganish  va  bu 

masalalarga  ziyolilarimiz  e’tiborini    qaratish  orqali  yosh  avlod  tarbiyasida    va 

                                                                 

1

 Karimov  I.A. “Jamiyat  mafkurasi  xalqni-xalq,  millatni  millat  qilishga xizmat  qilsin”. Toshkent. “O’zbekiston”, 



1998  y. 

2

 Karimov  I.A. “Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo’q”. Toshkent. “O’zbekiston”,  1998  y. 



3

 Karimov  I.A. “Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo’q”. Toshkent. “O’zbekiston”,  1998  y. 




 

yangi  jamiyat  asoslarini  yaratishda  ulardan  unumli  va  o’rinli  foydalanishga  zamin 



yaratadi. 

  

I.A.Karimov  O’zbekiston  Prezidenti  lavozimiga  saylangan  dastlabki 



kunlardan  beri  millatning  ma’naviy-axloqiy  tarbiyasiga  birinchi  darajali  e’tibor 

qaratib  kelmoqda.  Hali  sho’rolar  tuzumi  mavjud  paytidayoq    -  1990  yil  24  mart 

Oliy  Kengash  sessiyasida  O’zbekistonda  birinchi  marta  prezident  lavozimi  joriy 

etilib,  Islom  Abdug’aniyevich  Karimov  ushbu  lavozimga  munosib  topilgach, 

O’zbekiston  Prezidenti  “xalqni  ma’naviy  yuksaltirish,  insonni  axloqiy  va  ma’naviy 

yuksaltirish”  masalasi  davlat  rahbarining  eng  muhim  vazifalaridan  ekanligi  alohida 

ta’kidlab  o’tgan  edi.

4

  “Ma’naviyat”    so’zini  yuqori doiralarda ishlatish mutlaqo urf 



bo’lmagan  o’sha  zamonlarda  bu  mutlaqo  yangicha  yondoshuv,  o’sha  paytlar 

respublika rahbari  uchun katta jasorat edi. 

  

O’zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimovning  milliy  mustaqilligimiz  ikkinchi 



yilida  e’lon  qilingan  “O’zbekistonning  o’z  istiqlol  va  taraqqiyot  yo’li”  risolasida 

alohida 


bob 

“Mustaqil  O’zbekistonni  rivojlantirishning  ma’naviy-axloqiy 

negizlari”  deb  nomlandi  va  unda  ilk  bor  xalq  ma’naviyati  va  axloqining  o’zaro 

bog’liqligi  ta’kidlanib  ularni  rivojlantirish  masalalari  batafsil  tahlil  etildi.

5

 

   



Prezident  I.A.Karimov  doimo  iqtisod,  siyosat  va  ma’naviyat  va  axloqning 

uyg’un  rivojlanishi  zarurligini  ta’kidlab  keladi:  “Davlat  qurilishi,  iqtisodiy 

rivojlanish  jarayonlari  ma’naviy  kamolot,  yuksak  axloqiylik  bilan  to’la  uyg’un 

bo’lmog’i  kerak.»

6

  Chunki  mustaqilligimizning  uch  tayanchi  -  mustaqil  milliy 



siyosat,  iqtisodiy  qudrat  va  xalq  ma’naviyati  bir-biri  bilan  chambarchas  bog’liq. 

Agar  siyosiy  mustaqillik  bo’lmasa,  millat  asta-sekin  o’zligini  yo’qota  boradi, 

iqtisodiy  mustaqillik  bo’lmasa,  siyosiy  mustaqillikning  zamini  mo’rt  bo’ladi. 

Ammo  ma’naviy  mustaqillik  bo’lmasa,  millatning  o’zi  bo’lmaydi.  Faqat  ularning 

o’zaro  uyg’un  rivoji  ta’min  etilsagina,  O’zbekiston  ulug’  yurt  sifatida  jahon 

hamjamiyatida  o’z munosib o’rnini egallay  oladi. 

Insonga  faqat  atrof-voqelik  haqida,  odobu  axloq  qoidalari  haqida  bilim 

berishning  o’zi  uning  ma’naviy-axloqiy  tarbiyasi  uchun  yetarli  bo’lmaydi.  Unda 

iroda  qudrati,  mas’uliyat  tuyg’usini  shakllantirish,  ko’nglida  atrof-tabiatga, 

mehnatga,  kasbga,  ilmga,  o’zga  insonlarga   mehr uyg’otish, dilida ulug’ maqsadlar 

tug’ilishiga  erishish  lozim.  Masalan,  tan  olib  aytish  kerakki,  Vatan  yoki  Adolat 

tuyg’usi  haqida  kitoblarda  yozilganlarni  o’qib  chiqqan  odam  darhol  Vatanning 

qadriga  yetadigan,  yoki  Adolatga  xiyonat  qilmaydigan  bo’lib  qoladi,  deb  tasavvur 

qilish  o’ta  soddalik  bo’lur  edi.  Har  bir  inson  Vatan,  Millat,  Adolat  timsol-

tushunchalarining  o’z  ruhidagi  poydor  ma’naviy  qadriyatlarga  aylanishi  uchun 

o’zgalar  ibratida  sinashi,  bu  yo’lda  riyozat  chekishi,  ularga  nisbatan  ko’nglida 

mehr  uyg’onishi  zarur.  Bunga  turli  yo’llar,  turli  vositalar  bilan,  birinchi  navbatda 

yosh  avlod  tarbiyasiga  samimiy  (chin  ko’ngildan)  va  izchil  yondoshuv,  tinimsiz 

izlanishlar  bilan  erishiladi.   

“Bizning  ulug’  ajdodlarimiz,  -    deb  yozadi  Prezident,  -    o’z  davrida  komil 

inson  haqida  butun  bir  axloqiy  mezonlar  majmuini,  zamonaviy  til  bilan  aytganda, 

                                                                 

4

 I.Karimov. Istiqlol  va ma’naviyat. T.-«O’zbekiston»-1994,  s. 65



 

5

 I. Karimov. Asarlar. 1-jild,  s. 76-85



 

6

 Islom Karimov.Asarlar. 3-jild,  s. 354



 


 

sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini  eslash o’rinli  deb bilaman.”



7

 

Shu gapga kichik  bir misol:    



Ma’lumki,  imon-e’tiqod  ma’naviyatning  umurtqa  pog’onasi  hisoblanadi. 

Xalqimizda  birovni  “imonsiz”  deb  atash  eng  og’ir  haqoratdir.  Biz  dinimiz  islom 

deymiz,  Qur’oni  karimda  yozilishicha,  Alloh  bani  basharni  o’ziga  ibodat  qilish 

uchun  yaratgan.  Lekin  ko’pchilik  islomiy  ibodatlar  deganda,  namoz,  ro’za,  zakot, 

haj  amallarini  ko’z  oldiga  keltiradi.  Buyuk  tasavvuf  piri  Bahouddin Naqshband esa 

Rasululloh  (sav)ning  quyidagi  hadisini  keltiradi:  “Ibodat o’n qismdir, uning o’ndan 

to’qqizi  halol  rizq  topish  harakati,  qolgan  barcha  ibodatlar  o’ndan  birini  tashkil 

etadi.”  Ahmad  Yassaviy  va  Abduxoliq  G’ijduvoniylarning  piri  murshidi 

hisoblangan 

shayx 


Yusuf 

Hamadoniyning 

“Hayot 

mezoni” 


asarida 

Payg’ambarimizning 

yana 

bir 


hadislari 

keltiriladi: 

“Musulmon 

bo’lmagunlaringizcha  jannatga  kirmaysizlar,  bir-birlaringizga  samimiy  mehr 

qo’ymagunlaringizcha  musulmon  bo’lmaysizlar.”      SHu  sababli  biz 

farzandlarimizga  imonning  asosiy  sharti  halollik,  adolat  va  insonga,  tabiatga  mehr 

deb  uqdirishimiz,  nafaqat  uqdirishimiz,  balki  shu  yo’lda  o’zimiz  ibrat  bo’lishimiz 

shart.


8

 

Prezident  kitobida  “inson  ma’naviy  olamining  yuksalishi”  deganda  nimani 



tushunish  kerak,  degan  savolga  aniq  va  lo’nda  javob  berilgan:      “Ollohning  o’zi 

bizga  buyurgan  komil  inson  bo’lish,  halollik  va  adolat  bilan  hayot  kechirish”

9



Ammo  muallif  yana  ta’kidlaydiki,  ushbu  qoidani  tushunish  va e’tirof etishning o’zi 



kifoya  emas,  balki  ayni  shu  e’tiqodga  amal  qilib  yashash    –  “odamzotning 

ma’naviy  boyligini  belgilab  beradigan asosiy mezon”dir. 

 “Takror  aytishga  to’g’ri  keladi – ota-onalar, ustoz-murabbiylar bu masalada 

hushyorlikni  yo’qotmasligimiz,  yoshlar  tarbiyasida  aslo  beparvo  bo’lmasligimiz 

zarur.”

10

  Prezidentning  hushyorlikni  yo’qotmaslik,  beparvo  bo’lmaslik  xususidagi 

uqdirishlarini  to’g’ri  tushunadigan  bo’lsak,  bu  degani  yosh  avlodga  to’g’ri  ta’lim 

berish  bilan  birga,  har  bir  aytgan  so’zimizga  avvalo  o’zimiz  rioya  qilishimiz  kerak 

bo’ladi.  Masalan,  “ilm  ol”  dedikmi,  o’zimiz  umr  bo’yi  ilmimizni  oshirib,  puxtalab 

borishdan  to’xtamasligimiz  kerak;  “halol  va  adolatli  bo’l”  dedikmi,  o’zimiz 

farzandlarimizni  halol  luqma  bilan  boqayotganimizga,  o’z  foydamizni  ko’zlab 

birovga    zulm  bo’ladigan  xatti-harakatdan  saqlanishga  qat’iy  urinmog’imiz  lozim 

bo’ladi. Ana shundagina  bolalarimiz  kelajagidan  xotirjam  bo’lishimiz  mumkin.   

 “O’z-o’zidan  ravshanki,  bugungi  zamon  voqelikka  ochiq ko’z bilan, real va 

hushyor  qarashni,  jahonda  va  yon  atrofimizda  mavjud  bo’lgan,  tobora  kuchayib 

borayotgan  ma’naviy  tahdid  va  xatarlarni  to’g’ri  baholab,  ulardan  tegishli  xulosa 

va saboqlar chiqarib yashashni talab etmoqda.”

11

 



Albatta,  barcha  muammolarni  bir  kunda,  bir  hamla  bilan  yechib  bo’lmaydi. 

Ma’naviy  barkamol  avlodni  tarbiyalash  bir  umrlik  ish.  Mustaqilligimiz  bu  sa’y-

harakatlarimiz  samarali  bo’lishining  ishonchli  kafolatidir.  Ammo  har  bir  ishda 

                                                                 

7

 SHu asar, s.118.



 

 

9



 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas  kuch, s.25.

 

10



 SHu asar, s.15.

 

11



 SHu asar, s.118-119.

 



 

yolg’on  qadamlardan,  oson  yechimlar  qidirishdan  ehtiyot  bo’lmog’imiz  juda 



muhim.  Har  bir  ishda  qiyinchilikni  bo’yniga  olgan  odam  haqiqiy  yutuqqa  erishadi. 

Ayniqsa,  biz  ziyolilar,  yosh  avlod  tarbiyachilari  o’z  vazifamizga  mas’uliyat  bilan 

yondoshsak,    “farzandlarimizni  ona  Vatanga  muhabbat,  boy  tariximizga,  ota-

bobolarimizning  muqaddas  diniga  sadoqat  ruhida  tarbiyalash”

12

dan,  shu  yo’l  bilan 



ular  ongida    “mafkuraviy  immunitet”    hosil  qilishga  urinishdan  charchamasak, 

millatimiz  yana  buyuk  millat  bo’ladi,  avlodlarimiz  ajdodlarimizga  munosib  qudrat 

kasb  etadi.  Muallimning  mehnati  samarasi  uzoq  kelajakka  ulanib  ketadigan    ezgu 

mehnat.  Keling,  avlodni  boqiylikka  eltuvchi  mehnatdan  erinmaylik,  toki 

Prezidentimizning,  xalqimizning  yorug’  orzulari  ushalsin,    “yoshlarimiz  milliy 

o’zligini,  shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam 

tashlaydigan  insonlar  bo’lib yetishsin”. 

Ma’naviyat  sohasi  Hinduston  va  Xitoyda  ko’proq  imon-e’tiqod  va  falsafa 

bilan  bog’liq  holda  talqin  etilgan  bo’lsa,  Yevropa  ilmida  asosan  “Etika”  fani 

tarkibida o’z aksini topdi. Masalan, inson baxti, uning hayotdan maqsadi, umuman, 

inson  hayotining  ma’nosi  masalalari  aslida  ma’naviyatga  oid  muammolar  bo’lib, 

ular  haqida  ko’p  o’rinda      “Axloqshunoslik”    (Etika)  fani  tarkibida  bahs  olib 

borildi.  

  

Axloq  –  mohiyatan  ma’naviyatning  insonlar  aro  munosabatlarda  namoyon 



bo’lishidir.  Inson  ilmi  va  imoni,  dunyoqarashi  va  idroki  uning  xulqida  o’ziga  xos 

tarzda  aks  etib,  ma’naviyati  axloqiy  fazilatlar  sifatida  zohir  bo’ladi.  Ma’naviyat  – 

botiniy  qudrat  bo’lsa,  har  bir  shaxsning  axloqi  o’zgalarga  nisbatan  munosabatida 

bevosita  ko’rinib  turadi.  SHu  sababli  axloq  insof  va  adolat  tuyg’usi,  imon  va 

halollik  kabi  ma’naviyatning  o’zak  tushunchalarini  inson  amaliy  faoliyatida 

yuzaga  chiqaruvchi  hodisadir.  Ma’naviyat  -  o’zlikni  anglash,  deymiz.  O’zligini 

anglab  yetgan  inson  -  ma’naviy  yetuk  shaxs  hisoblanadi.  Uning  bizga  zohir 

bo’luvchi  barcha  insoniy  fazilatlari  qalbidagi  ma’naviyat  nurining  jilolaridir. 

Axloqiy  qusurlar  esa  -  insonning  ko’ngil  ko’zgusidagi  zang  va  chirklarning 

o’zgalar  nigohiga  namoyon  bo’lishi.  Bir  jumla  bilan  ifodalaganda  ma’naviyat 

shaxsning  o’zi  uchun,  o’z  qalbiga  qaratilgan,  dil  ko’zini  yorituvchi  nur,  axloq 

ushbu  ma’naviyatning  mazhari,  o’zgalar  nazdida  namoyon  bo’luvchi  qirralari 

majmui,  desak bo’ladi.

13

 



  

Axloqshunoslik  fani  o’z  mohiyatiga  ko’ra  insonga  tashqaridan  baho  beradi, 

unga  mana  bu  -qusur,  mana  bu  -  fazilat  deb  insonning  mavjud  xislatlarini  tahlil 

qilib  ko’rsatadi.  Bu  fan  mavjud  dalillarni  qiyosiy  o’rganib,  ularga  jamiyatda  qabul 

qilingan  me’yorlardan  kelib  chiqib  baho  beradi.  Ma’naviyat  baho  bermaydi,  u 

imkoniyatlardan  so’zlaydi.  “Ma’naviyat  asoslari”  fani  insonga  uning  ichki 

imkoniyatlarini  ko’rsatadi,  unga  botiniy  qudrat  kasb  etish  yo’llarini  o’rgatadi.  Bu 

fan  inson  qusurlarini  qoralash  bilan  shug’ullanmaydi,  balki  fazilatlarning  manbaini 

qidiradi,  ularni  qanday  hosil  qilishni  o’rgatadi.  Ma’naviyat  nuqtai  nazaridan 

qaraganda  qoralash  yoki  oqlash  qozilik,  sud  ishi,  ilm  bu  bilan  shug’ullanmagani 

                                                                 

12

 SHu asar, s.119.



 

13

 



Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka  erishish 

 ostonasida, T.: «O’zbekiton»,2011  yil.342  b 

Abu Nasr Forobiy «Fozil   odamlar shahri» T.: «G’afur G’ulom»,  1993. 56 b 

 



 

10 


ma’qul.  Axloqshunoslik  inson  xislatlarini  boricha  olib  tahlil  qiladi,  “Ma’naviyat 

asoslari” ularning  hosil bo’lish asoslarini  qidiradi. 

  

 “Ruhshunoslik”  bugungi  rivoji  darajasida  ijtimoiy  fanlardan  ko’ra  tabiiy 



fanlarga  yaqinroq  tursa,  “Axloqshunoslik”  sof  ijtimoiy  fan  sifatida  shakllandi. 

Unda  tarixiy-ijtimoiy  yondoshuv  yuqori,  an’anaga  ko’ra  unda  alohida  inson  axloqi 

jamiyatda  qabul  qilingan  axloq  me’yorlariga  nisbatan  baholanishi  keng  tarqalgan. 

Bu  etikadagi  normativlik  xususiyati  deyiladi.  Ma’naviyat  esa  inson  kamoloti  uchun 

imkon  qidiradi,  uni  normativlash,  ma’lum  me’yorlarga  bo’ysundirish  yo’lidan 

bormaydi. 

  

Ma’naviyat  insonning  Borliq  haqiqati  bilan  nisbatiga  asos e’tiborini qaratadi. 



Ma’naviyat  insonni  fanodan  baqoga  eltuvchi  yagona  yo’ldir.  Asli  falsafa  ham, 

barcha  o’zga  fanlar  ham  Borliq  haqiqatini  izlaydi,  ammo  “Milliy  ma’naviyat 

asoslari”  fani  o’z  izlanishlarini,  birinchidan,  milliy  ma’naviyatimizning  teran 

tomirlari  bilan,  ajdodlarimiz  bizga  qoldirgan  bebaho  ma’naviy  meros  bilan 

bog’laydi,  ya’ni  muayyan  insonlar  qo’lga  kiritgan  tarixiy  tajribaga  tayanadi,  uning 

asosida  xulosalar  qiladi.  Ikkinchidan,  faqat  mantiqiy,  ilmiy  tafakkurga  tayanib 

qolmay, o’zga tafakkur yo’nalishlarga  ham keng e’tibor qaratadi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish