Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana01.06.2022
Hajmi0,55 Mb.
#624560
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
inson qadr-qimmatini uluglash milliy manaviy tiklanish konsepsiyasining asosiy maqsadlaridan biri ekanligi.

1
 
Yana bir allomamiz shunday deb 
yozgan edilar: «Ma’naviyat moddiy hayotni aks ettiradi va jamiyatda mavjud 
bo’lgan ma’naviy hodisalar yig’indisi sifatida ko’zga tashlanadi.»
2
 
Bu ta’riflarda, 
birinchidan, ma’naviyat yaxlit va mustaqil hodisa emas, balki ―ijtimoiy sifatlar 
majmui‖, ―ma’naviy hodisalar yig’indisi‖sifatida talqin qilinmoqda.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1
 
S.Otamuratov, J. Ramatov, S.Xusanov. Ma’naviyat asoslari (Ma’ruzalar matni). T. 2000, b.30. 
2
E.Yusupov. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. T.-«Universitet»-1998, b. 5. 


II BOB.
Milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasining asosiy 
maqsadlari.
 
 
2.1.
Prezidentimiz ishlab chiqqan milliy-ma’naviy tiklanish 
kontseptsiyasi. 
Milliy-ma’naviy tiklanishimizda yoshlarimiz ma’naviyatini yuksak darajaga 
ko’tarish, ularning hozirgi zamon fan, texnika va texnologiya yutuqlarini chuqur 
o’zlashtirishlari katta omil ekanligi Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslangan. 
Haqiqatdan ham jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalari ko’rsatib 
turibdiki, qaysi mamlakat yoshlari zamonaviy fan, texnika va texnologiya 
yutuqlarini qanchalik mukammal egallasa, mamlakat taraqqiyotiga qo’shadigan 
hissalari shunchalik samarali bo’ladi, ma’naviyat yuksaladi va mamlakatning 
hozirgi zamon jahon tsivilizatsiya tizimiga kirib borishi tezlashadi. 
Prezidentimiz ishlab chiqqan milliy-ma’naviy tiklanish kontseptsiyasida 
insoniyatning asrlar davomida yaratgan va umumjahon mulkiga aylangan barcha 
boyliklarini milliy ma’naviyatimizning ajralmas qismiga aylantirish ham asosiy 
o’rinni egallaydi. Jumladan, u «Fidokor» gazetasi muxbiri bergan savollariga 
bergan javoblarida dunyo xalqlari ma’naviy mulkiga aylangan faylasuflarning 
asarlari haligacha o’zbek tilida yoshlarimizga yetib bormaganligini qattiq tanqid 
qilib shunday ta’kidlaydi: «Dunyo tan olgan ko’p ulug’ faylasuflarning asarlari 
hanuzgacha o’zbek tilida nashr etilmagani tufayli aksariyat ziyolilar, xususan, 
yoshlarimiz ularning g’oyaviy qarashlari bilan yaxshi tanish emas Sokrat va 
Platon, Nitsshe va Freyd kabi olimlarning hozirgi zamon chet el faylasuflarining 
kitoblarini ham tushunarli qilib, izoh va sharhlar bilan o’zbek tilida chop etish 
nahotki mumkin bo’lmasa?»
1

Yuqorida keltirilganlardan ko’rinib turibdiki Prezidentimiz milliy-ma’naviy 
rivojlanishimizni jahon xalqlarining ilg’or ma’naviyat tafakkuri taraqqiyoti bilan 
uyg’un ravishda rivojlantirish vazifasini kun tartibiga qo’ymoqda. 
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tiklanishning 
ilmiy-nazariy kontseptsiyasi juda katta amaliy ahamiyatga egadir. Bu mustaqillik 
yillarida ma’naviy taraqqiyotimizda qo’lga kiritilgan yutuqlar misolida o’z 
tasdig’ini topdi. 
Ma’naviyatning inson va millat kamolotidagi hamda jamiyat taraqqiyotidagi 
o’rnini aniq bilib olish hamda shu asosda uni rivojlantirish, uning mohiyatini 
hamda mazmunini ilmiy tahlil qilishni taqozo etadi. 
Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, sobiq sho’rolar tizimi sharoitida 
ma’naviyat bugungi holatda o’rganilmagan. U ma’naviy madaniyatning tarmog’i 
sifatida yoki olimlar asarlarida tilga olingan xolos. 
Bu juda murakkab masalaga shu darajada «e’tiborsizlik» ataylab qilingan. 
CHunki u shaxs va millatning ichki ruhiy salohiyati bilan bog’liq bo’lgan omildir, 
shuning uchun shaxsning ruhiy olamiga kirib borish, uni mustaqil fikr yuritishga, 
millatning esa ma’naviy-ruhiy olamini yuzaga chiqarish, uning o’zini o’zi 
anglashga, o’z mustaqilligini qo’lga kiritish va o’zi xohlagan taraqqiyot yo’lidan 
1
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. Toshkent: O’zbekiston, 2000 yil, 34-35 betlar.


borishiga yo’l qo’ymaslik davlatning rasmiy siyosati darajasiga ko’tarilgan edi. 
To’g’ri, milliy madaniyat haqidi ko’p yozilgan va ko’p gapirilgan, ammo 
nomi aytilsa ham amalda «yagona» sovet adabiyoti, san’ati, axloqi va hakozolar 
shaklida aks ettirilgan. Bundan ko’zlangan maqsad shaxs va millatni ma’naviy 
qashshoq qilish, uni totalitarizm tuzumiga xizmat qildirish va itoatda ushlab turish 
edi. 
Sho’rolarning xuddi mana shu jirkanch maqsadlarini talaba yoshlarga keng 
tushuntirib berishga ma’ruzachi e’tiborini qaratishi zarur. 
Ma’naviyatni shaxs, millat, davlat va jamiyatning qudratli kuchi sifatida 
o’rganish faqat mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyingina 
boshlandi. Uni bu shaklda o’rganish esa hech mubolag’asiz aytish mumkinki, 
mustaqillik sharoitidagi milliy tafakkur taraqqiyotimizda yangi yo’nalishdir. Bu 
yo’nalishning paydo bo’lishini va uning kontseptual g’oyalarini nazariy jihatdan 
ishlab chiqish Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog’liqdir. Uning asarlari
risolalari, ma’ruzalarida ma’naviyat tushunchasi mohiyati ochib berilgan. Bu 
ma’naviyatni mustaqil omil sifatida o’rganish uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. 
CHunki har qanday ilgari surilayotgan g’oyalarning mohiyati ochib berilmas ekan, 
uning jamiyat taraqqiyotida millat va shaxs kamolotidagi rolini belgilash mumkin 
bo’lmaydi. 
Prezidentimiz milliy taraqqiyotimizning dasturi darajasiga aylangan birinchi 
asari «O’zbekistonning o’z istiqloli va taraqqiyot yo’li» dayoq ma’naviyatning 
inson hayotidagi ahamiyatini ochib berib shunday yozgan edi: «Ma’naviyat 
insonga havodek, suvdek zarur. Sahrodagi sayyoh har doim buloqdan chanqog’ini 
bosadi. Xuddi shuningdek inson ham necha-necha azoblar va qiyinchilik bilan 
ma’naviyat chashmasini izlaydi»
1

Mamlakatda o’tkazilayotgan islohatlar va uning vazifalarini belgilab 
berishda Prezidentimiz yana ma’naviyatni rivojlantirish masalasiga qaytib shunday 
yozadi: «Moddiy islohatlar, iqtisodiy islohatlar – o’z yo’liga. Ularni hal qilish 
mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin, ammo ma’naviy 
islohatlar – qullik, mu’telik iskanjasidan ozod bo’lish, qaddini baland tutish, ota-
bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga voris bo’lish – bundan og’irroq va 
bundan sharafliroq vazifa yo’q, bu dunyoda»
2

Prezidentimiz ma’naviyat tushunchasi mazmunini ochib berar ekan: «Er, oila, ot a-
ona, bolalar, qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga 
sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik – ma’naviyatning 
ma’nosi ana shunday keng»
3
– deb ta’kidlaydi. 
Ma’naviyat o’z-o’zidan shakllanadigan narsa emas, u avvalo har bir 
insonning ichki ma’naviy salohiyatini shakllantirish yo’lida barcha moddiy va 
ma’naviy boyliklarni o’zlashtirish, Vatan va millat manfaatlari yo’lida halol, 
fidoyilik bilan mehnat qilish jarayonida shakllanadi. SHu ma’noda ham 
Prezidentimiz «Ma’naviyat – taqdirning ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida 
1
Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. (Nutqlar, maqolalar suhbatlar). T: O’zbekiston, 1993, 7 8-bet.
2
Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T: O’zbekiston, 1996, T. 1, 202-bet.
3
Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. (Nutqlar, maqolalar suhbatlar). T: O’zbekiston, 1993, 7 8-bet.


kamol tapishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo’l bilan mehnat qilishi kerak»
1
ligini ta’kidlaydi. 
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan xuddi mana shu kontseptual 
g’oyaning mohiyatini tushuntirib berish katta ahamiyatga molikdir. О’zining 
kundalik hayotida millat va Vatan manfaatlari yo’lida fidoyilik ko’rsatish 
ruhiyatiga ega bo’lsin. 
Prezidentimiz asarlarini qunt bilan o’rganib borar ekansiz, ularda oldingi 
asarlarda ilgari surilgan g’oyalar keyingilarida ijodiy rivojlantirilgan, mazmunan 
va mohiyatan boyitilganligini ko’ramiz. Eng asosiysi shundaki, ana shu boyitish 
jarayonida jamiyat va millatimiz taraqqiyotida sodir bo’lgan ijobiy o’zgarishlar 
bilan bir qatorda yuzaga kelgan yangi muammolarni hal etishning nazariy asoslari 
o’z ifodasini topgan. Jumladan, u Oliy Majlisning XIV-sessiyasidagi «O’zbekiston 
XXI asrga intilmoqda» mavzusidagi ma’ruzasida ma’naviyat tushunchasiga 
quyidagi fundamental ta’rifni beradi: «Ma’naviyat... insonni ruhiy poklanish va 
yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-
irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan vijdonini uyg’otadigan qudratli botiniy 
kuch...»
2
dir. 
Bu ta’rif o’zining mazmuni va mohiyati bilan ma’naviyat tushunchasini 
o’zida to’la aks etgan. Unda insonning ichki ruhiy olamini ifodalovchi barcha 
komponentlar o’z ifodasini topgan va uning inson barkamolligini ta’minlashdagi 
katta kuch ekanligi belgilab berilgan. SHu munosabat bilan ma’naviyatning 
jamiyatni rivojlanishidagi roli haqida Prezidentimiz tomonidan keltirilgan quyidagi 
fikrlarining mohiyatini tushunib olib, uni bevosita har birimiz o’zimizning 
kundalik vazifamizga aylantirishimiz millatimiz va mamlakatimiz taraqqiyotini 
ta’minlash uchun muhim amaliy ahamiyatga egadir. «Barchamiz yaxshi anglab 
olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan 
islohatlarimizning samaradorligi, avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, tarixiy 
merosimizning keng o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va 
san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liqdir»
3

Prezidentimiz ma’naviyatning mohiyatini ochib berish bilan bir vaqtda bu 
sohada amalga oshirilishi kerak bo’lgan islohatlarning strategik yo’nalishlarini 
ham belgilab beradi. SHu jumladan, u «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga 
bergan javoblarida quyidagilarni ta’kidlaydi: «... avvalambor yoshlarimizning 
iymon-e’tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni o’z mustaqil 
fikrga ega bo’lgan barkamol insonlar qilib tarbiyalash. Ularning tafakkurida 
o’zligini unutmaslik, ota-bobolarning muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylash va 
hurmat qilish fazilatlarini qaror toptirish, ularning, men o’zbek farzandiman, deb 
g’urur va iftixor bilan yashashiga erishishidir»
4

Bu ko’rsatilgan kontseptual vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshira olsak 
prezidentimiz tomonidan jamiyatni ma’naviy yangilash borasida belgilab bergan 
1
Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. (Nutqlar, maqolalar suhbatlar). T: O’zbekiston, 1993, 7 9-bet.
2
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T: O’zbekiston, 1999, 17-bet.
3
O’sha asar 18-bet.
4
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkura – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. Toshkent: O’zbekiston, 2000 y, 12-13 betlar.


ko’rsatmalarini bajara olishimiz mumkin bo’ladi. Belgilangan bu vazifalar 
Vatanimiz va millatimiz istiqboli uchun o’ta muhim ahamiyatga ega ekanligini 
taraqqiyotimizning o’tgan davri to’la tasdiqladi. 
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tiklanish va 
ma’naviy yangilanish kotseptsiyasining juda katta nazariy va metodologik 
ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlash lozim.
Bu kontseptsiya sobiq sho’rolarning totalitar tuzumi sharoitida boy milliy-
ma’naviy madaniyatimizning inqirozga yuz tutganligini va uning sabablarini 
tushunishga sobiq sho’rolarning o’tkazgan zo’ravonligi, zulmi va jinoyatkorona 
xatti-harakatlariga 
qaramasdan, 
milliy-ma’naviy 
merosimizning 
ildizlari 
mustahkam bo’lganligi uchun bu zo’ravonliklarga bardosh berib, o’z salohiyati va 
xususiyatlarini saqlab qololganligini tushunib yetishga, xuddi shuningdek, ana shu 
omil mustaqilligimiz sharoitida kuch, qudrat, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularimiz 
uchun manba bo’layotganligini tushunib yetishga.
Har bir millat, u son jihatdan kichikmi, yoki kattami undan qat’iy nazar 
mustaqillik ularning har biri uchun havo va suvdek zarur ekanligini, faqat 
mustaqillik millatni milliy-ma’naviyatini saqlab qolishga, uni rivojlantirishga va 
keyingi avlodga yetkazish baxtiga muyassar etadigan asosiy omil ekanligini 
tushunishga, bu esa har bir millatdoshimiz va vatandoshimizning mustaqillikdek 
ulug’ ne’matni saqlab qolishi uchun fidoiylik ko’rsatishi ma’naviyatning yuksak 
belgisi ekanligini qalban his etishga imkon beradi. 
Milliy-ma’naviy tiklanishning mohiyatini, «ma’naviyat» tushunchasi, uning 
shaxs, millat kamoloti, davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o’rnini bilib olishga, uni 
rivojlantirish uchun merosimizni chuqur o’zlashtirish, tinmay izlanish, ma’rifat, 
fan, texnika va texnologiya yutuqlarini sabot bilan o’zlashtirish hamda 
Prezidentimizning bugungi taraqqiyotimizni ta’minlaydigan «kuch – bilim va 
tafakkurda» – degan ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan kontseptual 
g’oyasiga izchillik bilan amal qilishimiz; milliy mustaqilligimizni mustahkamlash 
va islohatlarni amalga oshirish jarayonida milliy-ma’naviy tiklanishimiz oldida 
turgan vazifalar ko’lamini bilib olishga va uni amalga oshirishda umummilliy 
safarbarlik harakatini avj oldirishda fidoiylik ko’rsatish zarurligini. 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish