1
Barkamol avlod orzusi. T: SHarq, 1999, 9-bet.
2
Prezident I.A.Karimovning Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi: -Xalq so’zi, 1999 yil 8 dekabr.
1.2.
Ma’naviyatning inson va millat kamolotidagi hamda jamiyat
taraqqiyotidagi o’rni.
O’zbek tilining davlat tili darajasiga aylanishi borasida bir qator ijodiy ishlar
amalga oshirildi. Jumladan, davlat idoralarida ish yuritish, shaharlarda ko’chalar va
joylarni nomlashda tarixiy haqiqat tiklanmoqda. Ma’naviy merosimiz sanalgan
ko’plab asarlar o’zbek tiliga tarjima etilmoqda. Xullas, mustaqillik yillari biz
uchun o’zbek tilining xalq va davlat hayotidagi asosiy ahamiyati va o’rnini tiklash
borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. SHu tariqa millatning qadr-qimmati,
mustaqil davlatimizning qadr-qimmati mustahkamlandi, maktablar va oliy o’quv
yurtlarida o’zbek tilini rusiyzabon yoshlarning o’rganishi uchun ham katta
imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Mustaqillik yillari ma’naviyatimizning muhim elementi hisoblangan ta’lim
va tarbiya tizimiga milliy ruh bag’ishlashda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida «Ta’lim to’g’risida
qonun», «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» va «Sog’lom avlod dastur»ining
qabul qilinishi milliy ma’naviyatimizning yuksalishida, mamlakatimizning
kelajakda
rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin egallashi,
millatimizning obro’-e’tiborining oshib borishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
Bugungi kunda mamlakatimizning eng iqtidorli 2000 dan ortiq yoshlari
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning oliy o’quv yurtlarida ta’lim olmoqdalar.
«Mahalla», «Kamolot», «Sog’lom avlod uchun», «Nuroniy», «Ulug’bek»,
«Umid», «Ustoz» kabi jamg’armalar ham Prezidentimiz tashabbusi bilan vujudga
keldi. Ular bugungi kunda ta’lim, tarbiya va milliy ma’naviyatimizni rivojlantirish
ishlariga katta yordam bermoqda. Eng muhimi bugungi kunda mustaqilligimiz
ta’minlandi,
millatimiz
qadrini,
g’ururini,
or-nomusini,
milliy-ma’naviy
merosimizni tiklash borasidagi harakatimiz Prezidentimiz rahnamoligida haqiqatga
aylandi.
Bu haqiqat. Bundan hech kim, xatto muxoliflarimiz ham ko’z yumolmaydi.
Bu muvaffaqiyatlarimiz o’tmishda faqat orzu edi, xolos. Qilingan ishlar, ma’naviy
merosimizni o’zlashtirish, milliy o’zligimizni anglash va boshqa ko’plab ma’naviy
hayotimizda sodir etilgan o’zgarishlar mustaqilligimizning mevasi hisoblanadi.
SHuning bilan bir qatorda milliy-ma’naviy tiklanish borasida ko’lami
jihatidan juda katta vazifalar turibdi. Biz millatimiz tarixi va merosini chuqur
o’rganishimiz lozim bo’ladi. Zero, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek,
«Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz,
tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz»
1
.
Yuqorida keltirilgan yutuqlarni qo’lga kiritishimizni xalqimiz adolatli
ravishda Prezidentimiz nomi bilan bog’laydi.
Milliy-ma’naviy tiklanishimiz borasida Prezidentimiz tomonidan amalga
oshirilgan muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ishlar qatoriga yana
quyidagilarni qo’shish lozim bo’ladi:
a) milliy-ma’naviy tiklanishimizning ilmiy-nazariy kontseptsiyasini ishlab
1
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. 9-bet.
chiqqanligi va istiqbolda ma’naviy taraqqiyotimizning XXI asrdagi vazifalarini
belgilab berganligi;
b)
milliy-ma’naviy
tiklanishning
mamlakatimizning
totalitarizmdan
demokratik jamiyatga o’tish sharoitidagi o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy asoslab
berganligi va uning faqat milliy, ijtimoiy-ma’naviy tafakkurimizda emas, shuning
bilan birga umumijtimoiy-falsafiy tafakkur taraqqiyotida yangi yo’nalish boshlab
berganligini ham ta’kidlash lozim bo’ladi.
Islom Karimov tomonidan amalga oshirilgan barcha ishlar xalqimizning
qaddini ko’tarmoqda, o’zligini anglashga va mamlakatimizning rivojlanishiga
xizmat qilmoqda, millatimiz abadiyligini mustahkamlamoqda.
Mazkur mavzuda ma’ruza o’qilganda yuqorida keltirilgan har bir g’oyaning
mohiyati va mazmunini tushuntirishda muallim masalani har tomonlama kengaytirgan
holda talabalarga yetkazishga e’tiborini qaratishi lozim bo’ladi. Eng muhimi, talabalar
o’qilgan ma’ruzadan kelib chiqqan holda, ko’tarilgan masalalarni kengroq, chuqurroq
o’rganib, amaliy mashg’ulotlarda, referat yozishda mustaqil fikr yuritish hamda chuqur
o’zlashtirishlari lozim. O’qituvchi ma’naviyat tushunchasini bayon etar ekan, oxirgi
yillar mobaynida ko’pchilik ziyolilarimiz ma’naviyat nima degan savolga javob
izlab, qizg’in izlanish ishlari olib borayotganliklarini aytish joiz bo’ladi. Bunga
sabab ma’naviyatning ko’p qirrali tushuncha ekanligidir. U inson faoliyatining
barcha qirralarini, uning yaqqol ko’zga tashlanuvchi zohiriy va yashirin, ichki
ruhiy - botiniy tomonlarini ham qamrab olganligidadir. Hozirda matbuotda ushbu
mavzuga bag’ishlab ko’plab maqola va mulohazalar e’lon qilinmoqda, kitoblar
chop etilmoqda. Ochig’ini aytish kerak, bu so’z, bu tushuncha «sovetlar tuzumi
davrida» ko’p ham tilga olinmas, muhokama qilinmas edi. Albatta, bu holatning
o’z sabablari mavjud bo’lgan. Bular haqda keyingi ma’ruzalarimizda alohida
to’xtaymiz.
O’qituvchi, avvalo, ma’naviyat - insonni jamiki boshqa mavjudotlardan
ajratib turishini alohida uqdirib o’tishi lozim. Inson - tabiatning, barcha
mavjudotning gultoji deyilganda uning ushbu xislati, ya’ni yuksak ma’naviyat
egasi bo’la olish imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni boshqa jonzotlarda
ko’rmaymiz.
Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga
ruhiy oziq va qudrat bag’ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanish bilan
kifoyalanish - ongsiz va ruhsiz maxluqotlarga xos. Ma’naviyatga intilish esa ruh va
ong egasi bo’lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma’naviyat odamning ruhiy va
aqliy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
Yuqorida aytganimizdek, ma’naviyat juda keng qamrovli tushuncha bo’lib,
uni bir jumlada ifodalash nihoyatda mushkul.
Ma’naviyat ko’proq inson qalbiga, botiniy tomoniga qaratilganligi bilan
ajralib turadi. SHu ma’noda ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy bir nur sanaladiki,
bu ilohiy nur hech bir jonzotda yo’q. Ma’naviyat shunday sehrli tilsimki, uni tugal
yechishga bashar qudrati yetmaydi. SHunday ekan, o’qituvchi dars davomida
«ma’naviyat» tushunchasiga bir yo’la mukammal ta’rif berishga urinmasligini,
mavzuga muqaddima tarzida yondashib, uning ba’zi jihatlarini aks ettiruvchi
ta’riflarni berib o’tishini maslahat beramiz.
Bu borada ham Prezidentimiz Islom Karimovning nazariy qarashlariga,
milliy qadriyatlarimizni, tarixiy va madaniy merosimizni tiklash borasidagi amaliy
faoliyatlariga tayanishimiz, uni o’zimiz uchun dasturulamal qilib olishimiz
maqsadga muvofiq. Yurtboshimiz «Turkiston» gazetasi muxbirining savollariga
javoblarida, ma’naviyat ham borliq, tabiat, jamiyat kabi uzluksiz harakatdagi
jarayon ekanligini, inson fikri, tafakkuri, his-tuyg’usi tinim bilmaganidek, ularning
mahsuli bo’lmish ma’naviyat ham doimo o’zgarish va yangilanishda bo’lishini
uqdirib: «Ma’naviyat avvalambor odamni ruhan poklanishga, qalban ulg’ayishga
chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun
qiladigan, vijdonini uyg’otadigan kuch...
1
» deb ta’riflagan edilar. Bu ta’rifda inson
faoliyatining barcha ma’naviy qirralari qamrab olingan bo’lib, biz bundan buyon
ma’naviyat haqida so’z yuritganimizda unga metodologik asos sifatida tayanamiz.
Ba’zan savol bo’lib qoladi: ―Ma’naviyat ilmmi?‖ Yo’q, ma’naviyat ilm
emas, balki inson va jamiyat hayotining bir sohasi. Ilm o’zi nima? Bugungi o’zbek
tilida ―ilm‖ so’zi kamida ikki ma’noni bildiradi: 1) amaliy bilimlar majmui, ya’ni
insonning hayot haqida hosil qilgan har qanday bilimlari (ruscha - ―znanie‖), 2)
nazariy bilimlar majmui, ya’ni biror soha bo’yicha yoki turli sohalar bo’yicha
insoniyat yaratgan nazariy bilimlar tizimi (ruscha – ―nauka‖). Birinchi ma’nodan
farq qilish uchun ikkinchisini ―ilm-fan‖ deb atasak ish oydinlashadi. Har ikki
ma’noda ham ilmning ma’naviyatga aloqasi yo’q emas, birinchi ma’noda ilm
(bilim) shaxs ma’naviyatining tarkibiy jihati hisoblanadi, ikkinchi ma’noda
madaniyatning tarkibiy qismi sifatida ma’naviyatning moddiy voqelikdagi izlari
shaklida o’zligini namoyon qiladi.
―Ma’naviyat‖ hodisasi asl mazmuniga ko’ra haqiqiy ma’nodagi ―ilm‖
hodisasini ham o’z ichiga qamrab oladi, ammo faqat undan iborat emas, ammo
―Ma’naviyat asoslari‖ yoki mohiyatan olganda ―ma’naviyat nazariyasi‖ bu endi
ilmning (―nauka‖ ma’nosida) yangi bir tarmog’i bo’lib, bugungi kunda mustaqil
O’zbekistonda alohida fan sifatida shakllanib bormoqda. 2001-2002 o’quv yilida
―Milliy istiqlol g’oyasi: huquq va ma’naviyat asoslari‖( 2010-2011 o’quv yilidan
―Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi‖ deb ataldi) yo’nalishida
(bakalavriat darajasida), magistraturada esa alohida ―Ma’naviyat asoslari‖
yo’nalishi sifatida kadrlar tayyorlashning yo’lga qo’yilishi bilan endi fanning bu
sohasi tarmoqlanib, ―Ma’naviyatning rivojlanish tarixi‖, ―Ma’naviyatning ilmiy
asoslari‖, ―Ma’naviyatning diniy asoslari‖, ―Axloqning ma’naviy asoslari‖,
―Ma’naviyat tizimida san’at‖ (yoki ―San’atning ma’naviy asoslari‖), ―Islom
ma’naviyati‖, ―Markaziy Osiyo (xalqlari) ma’naviyati‖ kabi turli yo’nalishlari,
qismlari har biri alohida o’z qiyofasiga ega bo’lib bormoqda. Hozircha bular ichida
birmuncha mukammal shakllanganlari 1) ―Ma’naviyat asoslari‖ (yoki ―Ma’naviyat
nazariyasi‖), 2) ―Ma’naviyatning rivojlanish tarixi‖ va 3) ―Milliy mustaqillik va
1
T urkiston gazetasi, 1999 yil fevralь.
ma’naviyat‖ (yoki ―Mustaqil O’zbekistonda xalq ma’naviyatini rivojlantirishning
dolzarb muammolari‖) fanlari bo’lib, ushbu kursda ularning birinchisi haqida gap
boradi.
1
O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning har bir nutqi, ma’ruzasi, alohida
asarlarida ma’naviyat masalalariga maxsus e’tibor qaratishi bejiz emas. Uning bu
sohaga bag’ishlangan asarlarida bildirilgan nazariy fikr va xulosalar yurtimizda
ma’naviyat nazariyasiga oid alohida fan yo’nalishining shakllanishiga katta ta’sir
ko’rsatmoqda. Ayniqsa, ―Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch‖ asari bu sohaning
mustahkam oyoqqa turishida katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Mustaqillik yillarida, birinchi navbatda, Prezidenti I.A. Karimovning
tashabbusi tufayli, bu mavzuga O’zbekiston ijtimoiy fan vakillarining e’tibori ham
kuchaydi. Qator risolalar, o’quv qo’llanma va dasturlar chop etildi
2
. Matbuotda
kun sayin bu mavzuda katta-kichik maqolalar e’lon etilmoqda. Ushbu kitob va
maqolalarda har kim aqli yetganicha ma’naviyat tushunchasiga ta’rif berishga,
hech bo’lmaganda, munosabat bildirishga urinib kelmoqda. Ba’zan bir kishining
o’zi bir maqolaning ichida turli ta’riflarni keltirgan holatlar ham uchraydi.
Ma’naviyat nihoyatda keng qamrovli tushuncha bo’lganligidan bunga hayron
bo’lmasa ham bo’ladi. Undan tashqari keltirilgan ta’riflarni barchasini
dabdurustdan bekorga chiqarish, butkul noto’g’ri deb baholash ham insofdan emas,
chunki ularning ko’pchiligida masalaning qaysidir qirrasi o’z aksini topgan bo’lishi
mumkin.
Ammo, bir achchiq haqiqatni tan olish kerak, hanuzgacha ko’pchilik ilm ahli
masalaga jiddiy yondoshishga, ilgari nazariy tizim darajasida ko’rib chiqilmagan
inson va jamiyat hayotidagi muhim yo’nalish, hassos bir sohaga kamoli e’tibor
bilan razm solishga muvaffaq bo’la olmayotirlar. Sababi, ko’pchilik ijtimoiy fan
vakillari hanuz 70 yil davomida onglariga singdirilgan begona nazariyalar, asossiz
metodologik qoliplardan xalos bo’lishlari qiyin kechayotir. Yana bir sabab -
ularning ko’pchiligi o’z vaqtida ajdodlar ma’naviy merosidan benasib
qoldirilganliklari tufayli bugungi kunda ham milliy ma’naviyatimiz mohiyatini
to’g’ri anglab yetish imkonini topa olmayotirlar. Faqat bu emas. Inson ruhida
shunday ojizlik ham bor-ki, nazarida oson yo’l turganda, qiyinroq, mashaqqatliroq
yo’lni tanlashga erinadi. Uning ustiga tirikchilik tashvishlari, kundalik mayda-
chuyda yumushlar. Xullas, jiddiy nazariy tadqiqotga na fursat bor, na bilim, na
havsala. Natijada, topshiriqni qanday qilib bo’lsa ham tezlik bilan bajarish
1
M.Imomnazarov, M.Lapasov, M.Sobirova MA’NAVIYaTSHUNOSLIK (Teoriya i istoriya natsional ьnoy duxovnosti)
Toshkent - 2012
2
E. Yusupov. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. T., “Universitet”,1998, 184 sah.; S.Otamuratov, J.
Ramatov, S.Xusanov. Ma’naviyat asoslari (Ma’ruzalar matni). T. 2000, 228 sah.; B. Ziyomuhammadov, S.
Ziyamuhammedova, S. Qodirova. Ma’naviyat asoslari. T., “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi”, 2000, 192
sah.
zaruriyati ustun kelib nazariy jihatdan nihoyatda no’noq va chuqur mulohaza qilib
ko’rilmagan ta’riflar qog’oz yuziga tusha beradi, muallif o’zi yaxshi anglab
yetmagan mavzuda dadil kitoblar yozib nashrga topshira beradi. Ba’zi misollar
keltiramiz: ―Ma’naviyat – bu kishining egallagan foydali bilimlari amaliy hayotda
sinalaverib, ko’nikma va malaka darajalaridan o’tgan va ruhiga singib, hayot
tarzida aks etadigan ijobiy ijtimoiy sifatlar majmuidir.‖
Ikkinchi bir kitobda
shunday ta’rif keltiriladi: ―Ma’naviyat ko’proq insonning ichki, botiniy, yashirin
dunyosini aks ettirishdir....ma’naviyat – insonning ruhiyatini, uning o’z-o’zini
anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go’zallik
bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyatini, aql-
zakovatini, yuksak maqsad va g’oyalarni qo’ya bilish, ularni amalga oshirish
uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir...‖
Do'stlaringiz bilan baham: |