Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/28
Sana29.05.2022
Hajmi0,97 Mb.
#617430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
Maxmudova Sarvinoz

3.2. Egalik kategoriyasi 
Muayyan narsaning uch shaxsdan biriga taalluqli ekanligini anglatuvchi
umumiy ma’nolar va ularni ifodolovchi shakllar tizimi egalik kategoriyasi deyiladi. 
Tegishlilik, egalik ma’nosini ifodalash uchun xizmat qiladigan affikslarni esa egalik 
affikslari deymiz. Egalik affikslari grammatik shaxs ma’nosi bilan birga son 
ma’nosini ham ifodalaydi. Masalan: 
kitob+im, kitob+ing, kitob+i, kitob+imiz, 
kitob+ingiz, kitob+i 
so‘zlaridagi –im,- ing,-i,-imiz,-ingiz,-i affikslari o‘zakdan 
anglashilgan narsaning 1,2,3-shaxsga, ya’ni 
so‘zlovchi, tinglovchi va o‘zgaga
tegishli ekanini ifodalash bilan bir qatorda, mazkur narsaning bitta yoki bir necha 
shaxsga qarashliligini ham bildiradi. Demak, egalik affiksidan anglashilgan birlik va 
ko‘plik tushunchasi narsaga emas, balki so‘zlovchi, tinglovchi, o‘zga kabi 
grammatik shaxslarga dahldor bo‘ladi.
Egalik affikslari unli va undosh bilan tugagan so‘z va so‘z shakllariga 
qo‘shilib kelishiga ko‘ra ikki xil variantga ega bo‘ladi:
Shaxslar 
Bir shaxsga tegishli 
Ko‘p shaxsga egishli 
Unlidan 
so‘ng 
Undoshdan 
so‘ng 
Unlidan 
so‘ng 
Undoshdan 
so‘ng 
1- shaxs 
(so‘zlovchi) 
olma+m 
kitob+im 
olma+miz 
kitob+im 
2- shaxs 
(tinglovchi) 
olma+ng kitob+ing olma+ngiz kitob+ing 
3- shaxs 
(o‘zga) 
olma+si 
kitob+i 
olma+si 
kitob+i 
Egalik affikslar ot va otdan boshqa so‘zlar bilan qo‘llanganda quyidagi 
xususiyatlarga ega bo‘ladi:
1. O‘zakka egalik qo‘shimchalari qo‘shish bilan tovush tushishi, orttirilishi 
yoki o‘zgarishi mumkin: 
og‘iz+im=og‘zim, bo‘yin+im=bo‘ynim, obro‘-
obro‘+y+im, parvo+y+im, o‘rtoq+im-o‘rtog‘im, eshik+im-eshigim. Ba’zi 
so‘zlarga egalik affiksi qo‘shaloq qo‘shiladi: bun+i+si, qay+si+si, singl+i+si 


12 
2. Egalik affiksining 1,2- shaxsi asosdan anglashilgan narsa va belgini faqat 
kishilarga nisbatlaydi. 3-shaxs orqali esa asosdan anglashilgan narsa va belgi 
kishilardan boshqa narsalarga ham nisbatlanadi: 
Mening ko‘ylagim, sening 
ko‘ylaging, uning ko‘ylagi, dalaning havosi, qushlar ovozi kabi. 
3. Egalik qo‘shimchalari otdan boshqa so‘zlarga qo‘shilib keladi:
o‘qishing, 
hammang, qahramonim,qanaqasi, o‘qiganim, oqi, qorasi kabi. Barchasi, beshovi 
kabi so‘zlar tarkibida ular betaraf xususiyatga ega bo‘ladi. Kishilik olmoshlari esa 
egalik qo‘shimchasini qabul qilmaydi. 
4. Egalik qo‘shimchalari o‘zi qo‘shilgan so‘zning boshqa so‘z bilan 
bog‘lanishida ishlatiladi. Bu vaqtda egalik qo‘shimchasi qo‘shilgan so‘z qaratqich
kelishigi bilan aloqaga kirishadi. Biroq, egalik affiksi o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zning 
sintaktik vazifasini ko‘rsatmaydi:
mening kitobim, sening kitobing
kabi. Agar 
qaratqich kelishigidagi so‘z ko‘plikdagi kishilik olmoshi bilan ifodalansa, 
qaralmishda egalik affiksi qo‘llanmasligi ham mumkin: 
bizning xonadon, bizning 
oila
kabi.
5. Egalik affiksini olgan ot yoki otlashgan so‘z ba’zan chiqish kelishigidagi 
so‘z bilan ham bog‘lanishi mumkin. Bunda egalik shaklidagi so‘z ko‘pincha 
otlashgan so‘zlardan bo‘ladi: 
tanishlardan bittasi, Mehmonlardan kattasi. 
6. Egalik affiksi bosh kelishikdagi so‘z bilan birikib, izohlovchi-izohlanmishli 
birikma hosil qilishi mumkin: 
Zarafshon daryo+si, chet tillar institut+i, sut 
kombinat+i. 
7. Odatda, ot va otdan boshqa so‘zlarga avval ko‘plik affiksi, keyin egalik 
affiksi qo‘shiladi.Egalik affiksidan so‘ng kelishik affiksi qo‘shilishi mumkin: 
kitob+lar+im+dan, yaxshi+lar+i+ga.
Egalik affikslarini olgan qarindoshlik, 
yaqinlik ma’nosidagi otlar hurmat ma’nosini ifodalaganda esa, o‘zakka avval egalik 
keyin ko‘plik affiksi qo‘shiladi: 
dada+m+lar, uka+m+lar kabi. 
8.Egalik affikslari ba’zi so‘zlar tarkibida grammatik ma’nosini yo‘qotib, o‘zi 
qo‘shilgan so‘z bilan birga boshqa turkumga ko‘chishi mumkin:
ertasi, kechasi 
(ravish) chamasi, yaxshisi (modal so‘z).


13 

Egalik affikslarining omonimiyasi va sinonimiyasi. Egalik kategoriyasiga xos 


1, 2-shaxs affikslari so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi ba’zi qo‘shimchalar bilan 
shakldoshlik hosil qiladi: a) egalik va ot yasovchi qo‘shimchalar: 
bola+m, olma+m 
|| chida+m, to‘pla+m;
b) egalik va tuslovchilarning 1-shaxsi va ot yasochi 
qo‘shimchalar: 
ota+m, aka+m || keldi+m, yozdi+m || to‘pla+m, bog‘la+m; 
v) 
egalik va tuslovchilarning 2-shaxsi hamda ot yasovchi qo‘shimchalar: 
ona+ng, 
kitob+ing || o‘qi+ng, yoz+ing || yiri+ng; g) 
egalik affiksining 2-shaxs birligi va 
qaratqich kelishigining men, sen olmoshlariga qo‘shiladigan –ing shakli o‘zaro 
omonim bo‘ladi:
 kitob+ing || men+ing, sen+ing.
Egalik yoki –niki affiksi qo‘shilib kelgan so‘z ot kesim vazifasida 
ishlatilganda sinonimik munosabatda bo‘lishi mumkin: 
Bu- mening kitobim || bu 
kitob- meniki
. Biroq bunday holda egalik affikslari o‘zi qo‘shilib kelgan otning shaxs 
va sonini ko‘rsata olish xususiyati bilan qarashlilik shaklidan farqlanadi.

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish