Reja:
Kirish.
I BOB
. O’zbekistonning milliy tiklanishda
ma’naviyatshunoslikning tutgan o’rni.
1.1.
Ma’naviy ma’rifiy islohatlar – jamiyat taraqqiyotining ustuvor
yo’nalishi sifatida.
1.2
. Madaniy hayot va uning milliy tiklanishdagi ahamiyati.
II BOB
. Milliy qadriyatlarning milliy tiklanishda tutgan o’rni.
2.1.
Umuminsoniy
kadriyatlar
va
ularning
jahon
hamjihatligini
mustahkamlashdagi ahamiyati
2.2
Milliy kayta tiklanishning axamiyati.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
.
Mavzuning dolzarbligi:
Har qanday jamiyat taraqqiyoti, uning u yoki bu vaqt
va makondagi darajasi ko’p jihatdan fuqarolar ma’naviyati, turmush tarzi,
kishilarning ma’naviy-moddiy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda ularning qay darajada
qondirilishiga bog’liqdir. Mustaqillik davrigacha va undan keyingi o’tgan tarixan
qisqa muddat ichida ro’y bergan holatlar, jamiyat ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy,
ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy-mafkuraviy sohasidagi o’zgarishlar bizga sho’rolar
mustabid tuzumi hamda istiqlol yillarida O’zbekistonning real hayotida xolisona
javob izlashga va unga erishishga imkon beradi.
Uzoq ming yilliklar tarixi shundan dalolat beradiki, o’zbek milliy davlatchilik
tarixi eng avvalo ma’naviyat-ma’rifatning jamiyat hayotida muhim o’rin
egallaganligi bilan chambarchas bog’liqdir. Ushbu azaliy an’anaga mustaqillik
yillarida ham alohida e’tibor berilishi juda ahamiyatli bo’ldi. Qayd etish lozimki,
istiqlolning dastlabki davrlaridanoq madaniyatning metodologiyasi o’zgardi.
Agarda, sho’rolar mustabid tuzimi davrida madaniyatning asosiy vazifasi jamiyat
a’zolarining kommunistik mafkura va soxta g’oyaga e’tiqodini mustahkamlashga
safarbat etish bo’lsa, istiqlol davrida uning maqsadi tamomila o’zgardi.
Xo’sh, bular nimalarda ko’rindi? Xususan, eng avvalo, mamlakat xukumati,
Prezidentning ma’naviy-ma’rifiy omillariga nisbatan munosabati shakllandi.
Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy islohatlar davlat siyosatining asosiy ustuvor
yo’nalishi, deb hisoblandi. Joylarda ma’naviyat bilan bog’liq shularning amalga
oshirilishi
uchun
butun
ma’suliyatning
hokimlar,
vazirliklar,
idoralar,
tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmalariga yuklatilishi juda katta ijtimoiy
ahamiyat kasb etdi.
Ma’naviyati yuksak millat va davlatnigina kelajagi buyuk bo’lishi mumkin
ekanligi to’g’risidagi ijtimoiy fikr shakllana boshlandi. Darhaqiqat iqtisodiy-siyosiy
omillarning har qanday davlat, millat hayotidagi o’rni va roli kattadir. Biroq,
ma’naviy omillargina jamiyatda sodir bo’lgan barcha muammolarni had etishga
qodir omil ekanligi endi haqiqatdir.