Eshitish analizatorlarining yoshga nisbatan rivojlanishi
Tovush qabul qilish
Tovushni uzatish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Eshituv organi tovushlarni eshitish va muvozanat funksiyasini bajaradi, Eshitish analizatori
3 qismga - tashqi, o‘rta va ichki qismga bo‘linadi. Tashqi quloq, quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lidan iborat. Quloq suprasi tovushni tutish va yo‘nalishini bilishga xizmat qiladi.Tashqi eshituv yo‘lining uzunligi 2,5 sm. Eshituv yo‘li devorchalarida maxsus bezchalar bo‘lib, ular yopishkoq moddani ishlab chiqaradi. Tashqi quloq bilan o‘rta quloq o‘rtasida 01 mm qalinlikdagi nog‘ora parda joylashgan. Uning shakli ovalsimon, bo‘lib elastikdir. Nog‘ora parda havo to‘lqinlarining ta’sirida tebranib, bu tebranish eshituv suyakchalari yordamida o‘rta quloqka o‘tkaziladi. O‘rta quloq nog‘ora bo‘shlig‘idan, eshituv suyakchalaridan ya’ni - bolg‘acha, sandon va uzangi va evstaxiydan iborat. O‘rta quloq bo‘shlig‘i evstaxiy nayi yordamida burun xaliga to‘tashadi. Eshituv suyakchalari nog‘ora pardasidagi barcha tebranishlarni takrorlab uni 50 martaga ko‘paytiradi. O‘rta quloq bo‘shlig‘idagi bosim tashqi bosimga barobar bo‘lgandagina nog‘ora pardasi normal ravishda tebranadi. O‘rta quloq bo‘shlig‘i evstaxiy nayi orqali burun halqumiga to‘tashganligi tufayli nog‘ora pardasining ikki tomonidagi bosim muvozanatlanib pardasining ikki tomonidagi bosim xaddan tashqari ko‘p farq qiladigan bo‘lsa, parda yirtilib ketishi mumkin. Ichki quloq chiranoq yarim aylana kanallar - labirint va daqlizdan iborat. Labirint ichida endolimfa suyuqligi bor. Bu erda gavda holatini sezuvchi nerv uchlari joylashgan. Bu er muvozanat organi hisoblanadi. Bolalarda muvozanat oragani ba’zan ko‘zg‘aluvchan bo‘lib, buning natijasida dengiz kasalligi vujudga keladi. Chig‘anoq eshitish organi, uning ichida tovush sezuvchi Kortiev organi joylashgan. Odam qo‘log‘ining tovush sezadigan muayyan chegarasi bo‘lib, sekundiga 16 dan 20000 gs gacha bo‘lgan tovush to‘lqinlarini sezadi. Yosh ortishi bilan quloqning tovushni sezish chegarasi kamayib boradi. Eshitish organi sog‘lom bo‘lishi uchun uning gigienasiga rioya qilish kerak. Quloqni toza saqlash kerak, quloqni kovlash mumkin emas. O‘rta quloqning yallig‘lanishi, ya’ni ottit kasalini oldini olishga harakat qilish kerak. Qulog‘i yaxshi eshitmaydigan bolalarni oldingi partalarga o‘tkazish tavsiya etiladi.O‘rta quloq nog‘ora bo‘shlig‘i va eshituv (Evstaxiy) nayidan tashkil topgan. Nog‘ora bo‘shlig‘i chakka suyagining toshsimon qismi bag‘rida joylashgan bo‘lib, tashqi tomondan bo‘shliq sifatida nog‘ora pardasi bilan chegaralanadi. Ko‘rish va eshitish organlarining gigienasi. Ko‘riv va eshituv organlari normal ish faoliyat olib borishi uchun tashqi ta’sirlovchilar me’yorda bo‘lishi zarur. Ko‘zning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun tarsport vositalarida harakatlanayotgan vaqtda o‘qish, yorug‘lik haddan tashqari kam yoki ko‘p bo‘lgan sharoitda o‘qish, televizorni 2,5 m masofadan kam oraliqda va kun davomida ko‘rish, yotgan holatda kitob yoki gazeta mutolaa qilish, mobil telefonlarda uzoq vaqt termulib ishlash yoki
o‘yinlar o‘ynash tavsiya etilmaydi. Quloqning ham o‘z normasida faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlash nazarda tutiladi.
Eshituv suyakchalari nog‘ora pardasidagi barcha tebranishlarni takrorlab uni 50 martaga ko‘paytiradi. O‘rta quloq bo‘shlig‘idagi bosim tashqi bosimga barobar bo‘lgandagina nog‘ora pardasi normal ravishda tebranadi. O‘rta quloq bo‘shlig‘i evstaxiy nayi orqali burun halqumiga tutashganligi tufayli nog‘ora pardasining ikki tomonidagi bosim muvozanatlanib turadi. Bosim farq qiladigan bo‘lsa, eshitish o‘tkirligi buziladi. Nog‘ora
pardasining ikki tomonidagi bosim xaddan tashqari ko‘p farq qiladigan bo‘lsa, parda yirtilib ketishi mumkin. Ichki quloq chig‘anoq yarim aylana kanallar - labirint va dahlizdan iborat. Labirint ichida endolimfa suyuqligi bor. Bu erda gavda holatini sezuvchi nerv uchlari joylashgan. Bu er muvozanat organi hisoblanadi.
Odatda, biz qandaydir ovozlarni eshitishimiz mumkin. Reaktiv samolyot tovushi, do'stlar suhbati, qushlar ovozi, shamol yoki o‘t-o‘lan ovozi. Biz atrofimizdagi tovushlarni ko‘p vaqt bilmaymiz yoki his etmaymiz. Sababi miya mashina shovqini yoki uzoq tovushlarni bloklab tashlaydi. Lekin birorta yangi ovozni eshitganimizda, unga eshitish qobiliyatimizni yo‘naltiramiz.
Eshitish analizatorining adekvat ta’sir etuvchisi tovush to‘lqinlari bo‘lib, ular turli zichlikka ega bo‘lgan muhitda har xil tezlik bilan tarqaladi. Quloq va yuqori nafas yo‘llarida ko‘pgina muhim
analizatorli o‘rin topgan. Shulardan biri eshitish analizatoridir. U ekstraretseptor analizatorlar, ya’ni signallarni masofadan qabul qilib analizlovchilar turkumiga kiradi.
Eshitish analizatori filogenetik eng kech shakllangan, murakkab tuzilishga va universal xususiyatlarga ega bo‘lgan tuzilmadir. Eshitish analizatorining adekvat ta’sir etuvchisi tovush to‘lqinlari bo‘lib, ular turli zichlikka ega bo‘lgan muhitda har xil tezlik bilan tarqaladi. Tovush to‘lqinlarining fazodagi harakatini sinusoidlar ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Bunda amplituda tebranishlarning eng katta chegarasi, davr — nuqtaning to‘liq aylanish vaqti, ya’ni fazaning 360 gradusga o‘zgarishi, faza — tebranishning shu ondagi holati deb tushuniladi.
Boshqa ta’sir etuvchilardan farqli, tovush to‘lqinlarining eshitish analizatoriga ta’sirining
o‘ziga xos xususiyatlari bor. Ulardan birinchisi, sog‘lom odam eshitish analizatori havo
orqali 16 dan 20.000 Gs gacha bo‘lgan oraliqdagi tovush to‘lqinlarini qabul qiladi. Bu ikki chegara odam qulog‘ining eshitish diapazonini tashkil qiladi. 16 Gs dan past tovushlar infratovushlar
va 20.000 Gs dan yuqori tovush to‘lqinlari ultratovushlar deb yuritiladi.
Suyak to‘qima orqali odam qulog‘i chastotasi 225 ming Gs gacha bo‘lgan ultratovushlarni qabul qila oladi. Eshitish diapazonidagi 16 Gs dan 500 Gs gacha bo‘lgan to‘lqinlar past chastotali, 500 dan 3000 Gs gacha — o‘rta, 3000 Gs 8000 Gs dan tepasi — o‘ta yuqori chastotali tovushlar deyiladi.
Eshitish analizatorining turli chastotadagi tovush to‘lqinlariga har xil ta’sirchanligi uning ikkinchi o‘ziga xos xususiyatidir. Bizning qulog‘imiz 1000—3000 Gs oralig‘idagi tovushlarga eng
ta’sirchandir. Shu optimal eshitish chegaralaridan uzoqlashgan sari eshitish organining ta’sirchanligi pasayib boradi va 200 Gs dan 10.000 Gs atrofida tovushning bo‘sag‘a kuchi 1000 martacha ortadi.
Eshitish analizatorining boshqa xususiyatlaridan biri — ototopika — tovush manbayining joyi va yo£nalishini aniqlash, tovush to‘lqinlarining absolyut kattaligi va oraliqlarini farqiga bog`liq bo`ladi.
Tovush to`lqinlari bir-biridan balandligi, jarangdorligi va tembri bilan farqlanadi.
Tovush balandligi uning chastotasi, tovushning 1 sek. Ichidagi tebranishlar soni bilan belgilanadi va u Gs larda o‘lchanadi. Tovushning jarangdorligi uning jadalligini aks ettirib, u quvvat yoki bosim birliklarida o‘lchanishi mumkin. Lekin bu birliklar katta sonli chegaralar darajasida bir-biridan farqlanishi sababli ularni amaliy ishda qo‘llash juda ko‘p noqulayliklar tug‘diradi. Tovushlar telefon ixtirochisi A.Bel nomi bilan yuritiladi va ≪bel≫ birligida belgilanadi. Buni yanada qulaylashtirish maqsadida har bir ≪bel≫ teng 10 qismga bolinadi va desibellar (db) deb ataladi.
Odamning umri uzluksiz tovushlar dunyosining ta'siri ostida o‘tadi: qushlar, hayvonlar, odamlar ovozi, musiqa ohanglari, texnika vositalarining tovushi - bularning barchasi odamning eshitish a'zosiga ta'sir qiladi va tovush sifatida qabul qilinadi. Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir, chunki bola nutqining rivojlanishi uchun uning eshitish qobiliyati normal bo‘lishi kerak, ya'ni u eshitgan so‘zlarini takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi. Bola tug‘ilishidanoq eshitish a'zosining faoliyati buzilgan bo‘lsa, u tovushni eshitmaydi, natijada aytilgan so‘zlarni takrorlay olmaydi, ya'ni uning nutqi rivojlanmaydi. Shuning uchun ham tug‘ma karlar gung ham bo‘ladi. Shuningdek, eshitish qobiliyati past bo‘lgan odamning nutqi ham yaxshi rivojlanmaydi. Eshitishning ahamiyati shundan iboratki, odam hayotidagi ba'zi voqyealarni ko‘rgandagiga nisbatan, ularning mazmunini eshitganida to‘liqroq tushunha oladi. Masalan, odam biror spektaklni televizordan ovozsiz tomosha qilganda olgan tushunchasiga nisbatan shu spektaklning mazmunini radio orqali eshitganda to‘liqroq tushunadi. Binobarin, eshitish a'zosining faoliyati normal bo‘lishi avvalo har bir odamda bolaligidan boshlab nutq paydo bo‘lishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bolaning keyingi hayoti davrida esa eshitish va nutqning birgalikda rivojlanishi uning tarbiyalanishida, bilim olishida, hunar o‘rganishida, musiqa san'atini tushunishi va barcha ruhiy faoliyatining shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Eshitish a'zosi - quloqning tuzilishi. Eshitish a'zosi bo‘lgan quloq bosh suyagining chakka qismida joylashgan. U uch qismga bo‘lib o‘rganiladi: tashqi, o‘rta va ichki quloq.
Tashqi quloq - quloq suprasi va tashqi eshitish yo‘lidan iborat. Quloq suprasi elastik xususiyatga ega bo‘lgan tog‘aydan tashkil topgan, ustidan teri bilan qoplangan. Tashqi quloq yo‘lining oxirida biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topgan 0, 1 mm qalinlikdagi nog‘ora parda bo‘lib, u tashqi quloq yo‘lini o‘rta quloq bo‘shlig‘idan ajratib turadi.
Tashqi quloq yo‘lini qoplab turuvchi terida juda ko‘p mayda bezlar bo‘lib, ulardan yog‘simon suyuqlik ajraladi. Ba'zan shu suyuqlik to‘planib qolishi tufayli quloq bitadi. Bunday hollarda paxtadan yasalgan pilik yoki gugurt cho‘pi uchiga o‘raglan bint (paxta ) yordamida tashqi quloq yo‘lini artib tozalash lozim. Yuvinish paytida quloqqa suv kirganda ham shunday qilinadi. Tashqi quloq yo‘li kirlanishining oldfini olish uchun haftada bir-ikki marta yumshoq sochiq uchini iliq suv bilan namlab, quloq yo‘lini artib turish maqsadga muvofiqdir.
O‘rta quloq bo‘shlig‘i Yevstaxiy naychasi yordamida burun halqumiga tutashgan. O‘rta quloqda bir-biri bilan ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari (bolg‘acha, sandon, uzangi) tovush to‘lqinlari ta'sirida nog‘ora pardada hosil bo‘lgan tebranishni ichki quloqqa o‘tkazadi.
Ichki quloq - bo‘shliq va ilonizi kanalchalar tizimidan, ya'ni suyak labirintdan iborat. Suyak labirintning ichida parda labirint joylashgan, ular orasidagi torgina bo‘shliqda perilimfa suyuqligi bo‘ladi. Suyak labirintda chig‘anoq bo‘lib, uning ichida tovushni sezuvchi hujayralar, ya'ni eshitish retseptorlari joylashgan.
Suyak labirintning dahliz va yarim doira kanalchalar deb ataluvchi qismidagi xaltasimon tuzilmalarda odam tanasining fazodagi muvozanatini ta'minlovchi vestibulyar analizatorning retseptorlari joylashgan.
Eshitish a'zosining funksiyasi. Tashqi, o‘rta va ichki quloqning har biri o‘ziga xos funksiyani bajaradi. Quloq suprasi tovush to‘lqinlarini to‘plash va uni quloqning tashqi yo‘liga yo‘naltirish vazifasini o‘taydi. Ayrim sut emizuvchi hayvonlarda (it, ot, quyon, qo‘y va boshqalarda) quloq suprasining muskullari yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular tovush kelgan tomonga quloqlarini harakatlantira oladilar. Odamda quloq suprasini harakatlantirish imkoni bo‘lmasa-da, u tovushni to‘plash va uni eshitish yo‘li tomon yo‘naltirish imkoniyatiga ega.
Tashqi eshitish yo‘li tovush to‘lqinlarini nog‘ora parda tomon o‘tkazadi. Tovush nog‘ora pardani tebrantiradi, uning tebranishi eshitish suyakchalari orqali ichki quloqning chig‘anog‘i hamda yarim doira kanalchalardagi perilimfa va endolimfa suyuqliklarini to‘lqinlantiradi. Ularning to‘lqinlanishi chig‘anoq ichidagi eshitish retseptorlarini qo‘zg‘atadi. Bu retseptorlar juda mayda sezuvchi nerv tolalari bo‘lib, endolimfa to‘lqinlanganda ular silkinadi va qo‘zg‘aladi. Tolalarning soni 24 mingdan ko‘proq bo‘lib, ularning ayrim to‘plamlari maxsus tovushlarni qabul qilish xususiyatiga ega.
Ma'lum tovushni qabul qiladigan sezuvchi tolalar yaxshi rivojlanmasa yoki kasallansa, odam mazkur tovushni aniqlash qobiliyatini yo‘qotadi. Bolalarni yoshlikdan har xil musiqa ohanglarini tinglash va chalishga o‘rgatish ana shu sezuvchi tolalar yaxshi rivojlanishiga imkon beradi.
Retseptorlarning qo‘zg‘alishi eshitish nervi orqali miya ko‘prigi, o‘rta miyada joylashgan po‘stloq osti eshitish markaziga, undan esa bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining chakka qismida joylashgan oliy eshitish markaziga borib, uni qo‘zg‘atadi. Bu markazda joylashgan nerv hujayralarida tovush ta'siri analiz va sintez qilinib, uning mazmuni aniqlanadi.
Odam sekundiga 16-20 ming marta tezlikda tebranuvchi tovush to‘lqinlarini qabul qilish imkoniga ega. Yuksak rivojlangan hayvonlarda, ayniqsa, itlarda tovush to‘lqinlarini qabul qilish xususiyati, odamga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular odam eshitmaydigan kuchsiz tovushlarni ham eshita oladi. Shuni ham aytish kerakki, yoshlarning kuchsiz tovushlarni eshita olish qobiliyati yaxshi bo‘lib, yosh kattalashgan sari bu qobiliyat pasaya boradi. Agar odamga kuchli tovush har kuni uzoq muddat davomida ta'sir qilib tursa, u shovqinga moslashib qoladi. Shuning uchun ham sershovqin korxonalarda ishlaydigan odamlar kuchli tovushga o‘rganib qolib, kuchsiz tovushni yaxshi eshitmaydigan bo‘lib qolishi mumkin. Kuchli tovush ta'siriga moslashmagan odam esa sershovqin korxonalarda bo‘lganida o‘zini yomon sezadi.
Quloq odam uchun eng muhim organlardan biri bo’lib, u nafaqat bizni o’rab turgan har qanday tovushlarni eshitishimizga imkon beradi, balki muvozanatni saqlashga yordam beradi, shuning uchun eshitish qobiliyatini yo’qotish xavfidan qochish kerak.
Eshitish organi uch qismga bo’linadi:
Tashqi quloq
O’rta quloq
Ichki quloq.
Do'stlaringiz bilan baham: |