Tekislovchi filtrlar
To‘g‘rilangan tok yoki kuchlanish amplitudasining pulslanishi ular spektrida o‘zgarmas tashkil etuvchi bilan bir qatorda karrali chastotaga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tashkil etuvchilar mavjudligidan kelib chiqadi. Bunga ishonch hosil qilish uchun to‘g‘rilangan kuchlanishni Furye qatoriga yoyish kerak. Masalan, ikkita yarim davr davrli to‘g‘rilash sxemasining chiqish kuchlanishi quyidagicha ifodalanadi:
Um-transformatorning ikkilamchi cho‘lg‘amidagi kuchlanish amplitudasi.
O‘zgarmas tashkil etuvchi tok (kuchlanish)ni ajratib olish uchun nagruzka rezistoriga parallel qilib kondensator ulanishini ko‘rdik. Lekin bu ko‘p hollarda yo yetarli bo‘lmaydi, yoki butunlay yaroqsiz bo‘ladi. Shuning uchun o‘zgarmas tashkil etuvchini ajratib olishda maxsus zanjirlar - tekislovchi filtrlardan foydalaniladi. Ularning vazifasi tok yoki kuchlanishning o‘zgaruvchan tashkil etuvchilarini yutib qolishdan iborat. Lekin ular iloji boricha o‘zgarmas tashkil ztuvchi tok yoki kuchlanish miqdorini kamaytirmasligi kerak. Shuning uchun tekislovchi filtrlar asosan reaktiv qarshilikli elementlar - induktivlik g‘altagi va kondensatorlarda tuziladi.
Elementlarning ulanishiga qarab tekislovchi filtrlar - «G-simon» va «P - simon» bo‘ladi. Ularning sxemasi 5- rasmda ko‘rsatilgan.
5-rasm. Tekislovchi G-simon (a) va P-simon (b) filtrlar.
Ikkala holda ham induktivlik g‘altagi - drossel (Др) dan tokning o‘zgarmas tashkil etuvchisi kam qarshilikka uchragan holda o‘tadi. Kondensatorlar esa, o‘zgarmas tokni o‘tkazmaydi. Natijada Rн rezistorda o‘zgarmas kuchlanish hosil bo‘ladi. Uning o‘zgarishsiz qolishi uchun tokning o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi drosselda yutilib qolib, Rн nagruzkada kuchlanish tushuvini hosil qilmasligi kerak. Bu hol drossel qarshiligi kondensator qarshiligidan juda katta bo‘lganda sodir bo‘ladi:
(1)
Bunda н -o‘zgaruvchan tashkil etuvchilarning eng kichik chastotasi. Bu shart bajarilganda o‘zgaruvchan tashkil etuvchilar asosan induktivlik g‘altagida eng ko‘p potensial tushuvini hosil qiladi va uning juda oz qismi kondensatorga to‘g‘ri keladi.
Demak, tekislovchi filtr o‘zgaruvchan tashkil etuvchilarga nisbatan kuchlanish bo‘lgichi vazifasini bajarar ekan.
«P-simon» filtrlar (5b-rasm) ning ishlashi «G-simon» filtrlarnikidan farq qiladi. Lekin qulaylik uchun uni ikki bosqichli filtrlash deb qarash mumkin. Birinchi bosqichda С1 kondensator nagruzka rezistoriga parallel ulangan kondensator kabi ishlasa, ikkinchi bosqich - «G-simon» filtrni tashkil etadi. Shuning uchun (1) tengsizlik quyidagicha ifodalanishi kerak:
(2)
Ko‘pincha «P-simon» filtrlarda С1 = С2 = С qilib olinadi.
Demak, «P-simon» filtrlar «G-simon» filtrlarga qaraganda sifatliroqdir. Lekin to‘g‘rilagich elementida tokning keskin o‘zgarishlari kuzatiladigan bo‘lsa, «P-simon» filtrdan foydalanish mumkin emas. Chunki С1 sig‘im tokni o‘tkazib yuboradi. Bunday hollarda faqat «G-simon» filtr ishlatiladi.
Yuqori kuchlanishli (4-5 kV dan ortiq) qurilmalarda va ayrim kichik kuchlaiishli qurilmalarda drossel o‘rniga rezistor ishlatiladi. Shunda to‘g‘rilagich sxemasi soddalashib, uning og‘irligi kamayadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. К.Адылов. Электрификация сельского хозяйства Узбекистана. Т., «¤збекистон», 1970. 2. К.Адылов. Вопросы экономии электроэнергии и топ-лива в народном хозяйстве. Т., «¤збекистон», 1974. 3. К.Адылов. Использование электроэнергии в сельском хозяйстве Узбекистана. Т., «¤збекистон», 1974. 4. К.Адылов. Справочник электрика. Т., «¤збекистон»,1983. 5.А.S.Каrimov, М. М.Мirhaydarov. Nazariy elektrotexnika. Т., «¤іитувчи», 1979. 6. К.Адылов. О применении глубоких вводов с трансформаторами на напряжение 35/10/6/0,4 и 110/10/6 кв. Журнал«Промышленная энергетика», М., № 9, 1963. 7. К.Адылов, М.У.Азимов, Э.Н.Бабушкина, Л.Р.Холматова. Тексты лекций по социально-экономическим факто-рам безопасности жизнедеятельности. Т., «¤збекистон», 1992. 8. К Адылов. Трансформаторные подстанции 35/0,4 кв. Бюллетень научнотехнической информации института НТИ. Журнал «Новая техника», №10, 1962
Do'stlaringiz bilan baham: |