Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 2,03 Mb.
bet42/111
Sana28.01.2023
Hajmi2,03 Mb.
#904621
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   111
Bog'liq
c2cd6025c00ac082f3681c05a05fd0b0 Kiberxavfsizlik asoslari

Elektron hujjatlarni yo‘q qilish. Elektron shaklda saqlanadigan shaxsiy va tashkilotga tegishli ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish usullarining ko‘payishi sababli elektron ommaviy axborot vositalariga ishonish muammosining dolzarbligi oshmoqda. Misol sifatida, markaziy
razvedka boshqarmasi va AQSh milliy xavfsizlik agenti Edvard Snoudenga tegishli yangiliklarni olish mumkin. Xususan, 2013 yil iyun oyining boshida u NSA tashkilotiga tegishli hujjatlarni oshkor qildi. Bunga ko‘ra G20 sammitining chet ellik mehmonlari, shu jumladan Dmitriy Medvedovni Amerika va Buyuk Britaniya razvedka idoralari tomonidan kuzatilayotgani aytilgan. Maxfiy agentlar PRISM dasturi yordamida noutbuk va telefonlarda saqlanayotgan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni uddasidan chiqishgan. Buyuk Britaniya hukumati aloqa markazining xodimlari BlackBerry kodini buzib, qo‘ng‘iroqlarni tinglash va sammit ishtirokchilarining yozishmalarini o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishgan.
Elektron vositalardagi ma’lumotlardan xalos bo‘lishning eng oson yo‘li uni Korzinkaga yuborish yoki, yanada radikal usuli, formatlash. Bu usul aksariyat foydalanuvchilar tomonidan ishonchli usul deb qaralsada, aslida bunday emas. Bu usul ma’lumotlarni fizik yo‘qolishini ta’minlamaydi. Bu holda maxsus dasturlar (Recuva, Wise Data Recovery, PC Inspector File Recovery, EaseUS Data Recovery Wizard Free, TestDisk and PhotoRec, Stellar Data Recovery) yordamida ularni qayta tiklash imkoniyati mavjud.
Hozirgi kunda amalda elektron hujjatlarning saqlagichlari sifatida quyidagi vositalardan foydalanilmoqda:

  • qattiq disklar: noutbuk va kompyuterdagi qattiq disklar;

  • magnit lentalar (zaxira nusxalashdagi);

  • floppi-disk: 3.5 va 5.25 dyumli va boshqa;

  • ZIP disklar;

  • optik disklar: CD, DVD, Blue Ray va HD DVD;

  • flesh xotiralar va h.

AQSh hukumati tomonidan konfidensial axborotni saqlash va o‘chirib tashlash bo‘yicha qator normativ hujjatlar ishlab chiqilgan (Code of Federal Regulations). Masalan, AQShning markaziy arxiv markazlarida elektron saqlagichdagi ma’lumotlarni yo‘q qilishning quyidagi uchta usulidan foydalaniladi:
Shrederlash. Kuchli sanoat maydalagichlari deyarli barcha ko‘chma saqlaguvchilarni: CD, DVD, disket, magnit lentalar va h. maydalash natijasida ularni 25 mm. li qismlarga bo‘lib tashlaydi (3.15-rasm).

3.15-rasm. Shrederlash jarayoni


Magnitsizlantirish. Maxsus qurilma ichida joylashtirilgan saqlagichning xususiyatlari o‘zgartiriladi va shu bilan o‘qib bo‘lmaslik ta‘minlanadi. Agar kuchli magnitsizlantirish amalga oshirilsa ma’lumotlar saqlagichdan o‘chiriladi va saqlagichning o‘zi neytral magnit holatiga kiradi. Ushbu ma’lumotni yo‘q qilish usuli dattiq disklar va ba’zi ko‘chma qurilmalarda qo‘llaniladi (3.16-rasm).




3.16-rasm. a) UE-02 qurilmasi


3.16-rasm. b) Kuchli magnit maydoni ta’siri natijasida USB flesh saqlagichining o‘zgarishi


Yanchish. Shrederlash jarayonidan tashqari AQSh federal arxiv markazlari tomonidan qattiq diskni yanchish orqali uni jismonan yo‘q qilish usuli ham mavjud. 5.5 tonna og‘irlikdagi tosh ostida kompyuter va noutbuklarning qattiq disklari tamomila yo‘q qilinadi. Ushbu mexanizm maksimal hajmi 2.5×10×15 sm. bo‘lgan, 3.5, 2.5 va 1 dyumli disklar (SATA, PATA, SCSI) ni maydalash uchun mo‘ljallangan.
Yuqorida keltirilgan usullarning maqsadi aksariyat ma’lumot eltuvchilarini fizik yo‘q qilish. TOP SECRET bo‘lmagan axborot saqlangan holda esa saqlagichlardan qayta foydalanish talab etiladi. Buning uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:

  • saqlagich xotirasiga takroran yozish;

  • maxsus dasturlar yordamida saqlagichni tozalash (formatlashdan oldin ma’lumotni o‘chirish).

Ushbu usul ma’lumotni kafolatli yo‘q qilish imkonini bermasada, amaliyotdagi aksariyat holatlar uchun yetarli hisoblanadi.
Umumiy holda elektron saqlagichlardagi axborotni yo‘q qilishda quyidagi 3.17-rasmda keltirilgan usullardan foydalaniladi.






Nurlanishli

Impulsli magnit maydon

Kam o‘zgaruvchi magnit maydon

Doimiy magnit maydon

Tozalashga asoslangan

Qayta yozishga asoslangan

Sintez (termo-ximik)
3.19-rasm. Elektron saqlagichlardan ma’lumotlarni yo‘q qilish usullari

AQShning Cornell kompaniyasi tomonidan elektron axborotni saqlagichlardan qayta foydalanishda va ularni yo‘q qilish uchun quyidagi tavsiyalar beriladi (3.6-jadval).


3.6-jadval Elektron saqlagichlardan qayta foydalanish va yo‘q qilish uchun
tavsiyalar


Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish