Vazirligi mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti



Download 125,8 Kb.
bet11/13
Sana17.10.2022
Hajmi125,8 Kb.
#853589
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
fuqarolik jamiyati

uchinchidan, bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish. Xususiy biznes va tadbirkorlikni muntazam rivojlantirish;
to‘rtinchidan, inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek oshkoralikni, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni amaliy hayot mazmuniga singdirish;
beshinchidan, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti sifatida jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining mavqei va ahamiyatini keskin kuchaytirish. Nodavlat va jamoat tashkilotlarining faolligini oshirish fuqarolarning xususiy hayoti sohasiga davlat aralashuvini kamaytirish, qonun vositasida cheklash bilan bog‘liq. Ushbu yo‘nalishda jamoatchilik nazorati alohida o‘rin tutadi. Qonunlar ijrosini ta’minlash, me’yoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi;
oltinchidan, sudhuquqiy tizimni isloh qilish. Bu sohadagi eng muhim vazifa sud-huquq idoralarining mustaqilligi va ta’sirchan faoliyatini amalda ta’minlashdir. Sudlar tom ma’noda mustaqil bo‘lgan holdagina qonunlarning qat’iy ijrosi, ularning haqiqiy ustuvorligi so‘zsiz ta’minlanadi. Qayerda sud mustaqil bo‘lmas ekan, shu yerda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar. «Qonun ustuvorligini, insonning huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlamasdan turib, fuqarolik jamiyati haqida so‘z yuritishga hech qanday asos qolmaydi»;
yettinchidan, islohotlarni inson manfaatlariga bo‘ysundirish. Ularga baho berishda asosiy omil va mezon inson ekanligini yodda tutish.
Yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish konsepsiyasini yanada takomilashtirishda SH.Mirziyoyevning 2018-yil 28-yanvarda parlament palatalarining qo‘shma majlisidagi «Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» nomli ma’ruzasi alohida ahamiyat kasb etdi. Unda respublika Prezidenti shunday deydi: «Bizning asosiy uzoq muddatli va strategik vazifamiz avvalgicha qoladi – bu demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish jarayonlari va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidan izchil va qat’iyat bilan borishdir».
Mazkur ma’ruzada mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasi haqida gapirar ekan, birinchi muhim vazifa – o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahalla, mahalla qo‘mitalari va qishloq fuqarolik yig‘inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Ikkinchidan – siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining davlat ahamiyatiga molik eng muhim qarorlarni qabul qilishdagi roli va ta’sirini tubdan kuchaytirish, zarurligini ko‘rsatdi.
Ushbu vazifalarni hal etishda 2018-yil 11-aprelda qabul qilingan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun alohida ahamiyat kasb etdi. Qonun aholining ijtimoiy, siyosiy faolligini kuchaytirishda, chinakam ko‘p partiyaviylikni rivojlantirishda, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda g‘oyat muhim rol o‘ynadi. U parlamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining huquqiy maqomini aniq belgilab berdi.
Davlatimiz rahbari 2020-yil 12-noyabrda parlament palatalari qo‘shma majlisida bayon etgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish masalasiga ana bir karra urg‘u berdi. Ushbu hujjatda davlatimiz Konstitutsiyasida partiyalar partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritishiga doir muhim prinsiplar mustahkamlanganligi va fuqarolik jamiyati barcha institutlarining jadal rivojlanishi tegishli tegishli huquqiy va tashkiliy shart–sharoitlar yartilganligi alohida ta’kidlandi.
Fuqarolik jamiyati institutlari jamiyat ishlarini boshqarish borsidagi davlat faoliyatini to‘ldiradi, chunki ular o‘z ko‘lami, ommaviyligi va moslashuvchanligi tufayli ijtimoiy hayotda yuzaga keladigan muammolarni aniqlashi hamda davlat idoralrining imkoniyatlri cheklangan o‘rinlarda, ayniqsa mahalliy darajalarda keng harakat qilishi mumkin. Bu tashkilotlar, institutlar va guruhlar alohida shaxsga uning hokimiyat manbai ekanligini, uning layoqati va harakati, obro‘si yuksak qadriyat ekanligini anglashga yordam beradilar. Insonlar ushbu tashkilot va birlashmalar orqali o‘zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlarini ruyobga chiqaradilar.
Fuqarolik jamiyatidagi mavjud manfatlarni qanoatlntirish, ruyobga chiqarish uchun tegishli tashkiliy tuzilmalar va institular shakllanadi, zurur mexanizmlar vujudga keltiriladi.
Davlatimiz rahbari SH.Mirziyoyev, – yurtimizda aholi keng qatlamlari tomonidan faoliyat qo‘llab-quvvatlanayotgan 5100 dan ziyod jamoat va nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bundan tashqari fuqarolar yig‘inlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahallalar soni 10 mingdan ortiqdir. Hozirgi kunda O‘zbekistonda siyosiy partiyalar – 4 ta, Milliy madaniy markazlar – 40 dan ziyod, Jamg‘arma va xayriya tashkilotlari – 69 ta, Jamiyatlar – 77 ta, Uyushmalar – 22 ta, Assotsiatsiyalar –57 ta, Federatsiyalar – 53 ta, Tarmoq kasaba uyushmalari – 14 ta, Ijtimoiy harakatlar – 2 ta, Milliy qo‘mitalar – 5 ta, Ayollar va bolalar tashkiloti – 48 ta, Xalqaro jamoat tashkilotlar – 62 ta, Vakolatxonalar va ularning filiallari – 70 ta, Diniy tashkilotlar – 2000 dan ziyod bo‘lib, ularning barchasi jamoat va nodavlat tashkilotlari, ya’ni fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonda baynalmilal milliy madaniy markazlarning tashkil topib, ko‘payib borayotganligi ham fuqarolik jamiyati shakllanishining namoyon bo‘lishidir. 1992-yil yanvar oyida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston Baynalmilal madaniyat markazi tashkil qilindi. Unga milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatildi. Milliy markazlar har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm rusumlarini tiklash, tarixiy Vatan bilan aloqa va munosabatlarni jonlantirish, milliy ehtiyojlarni qondirishga keng yo‘l ochilmoqda.
Milliy madaniy markazlar – 1989-yilda – 12 ta, 2012-yilda – 90 ta, 2018-yilda – 130 tadan ortiq. Hozirgi kunda 140 dan ziyod milliymadaniy markazlar respublika jamoat tashkilotlari qatorida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis palatalarining 2020-yil noyabrdagi noyabrdagi qo‘shma majlisida bayon etgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da fuqarolik jamiyatiga erishish manfaatlaridan kelib chiqib, taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida demokratik o‘zgarishlarni qator muhim yo‘nalishlarda yanada chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari belgilandi. Avvalo, davlat fuqarolik jamiyati prinsiplariga mos tarzda tashkillashtirilishi, hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini keskin qisqartirish, aniqrog‘i, davlat idoralarining vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish nazarda tutilmoqda.

Download 125,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish